Texnologik xarita



Yüklə 73,69 Kb.
səhifə4/5
tarix15.11.2022
ölçüsü73,69 Kb.
#69265
1   2   3   4   5
2 5305381472192954880

Texnologik xarita

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: suhbat, tushuntirish, noan`anaviy usullardan foydalanish.
Shakl: jamoa, guruhda ishlash
Jihoz: darslik, multimedialiilovali disk, ko‘rgazma va tarqatma materiallar.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:
Ta`limiy: Tilshunoslik qoidalari bilan tanishtirish.Til birliklari haqida ma`lumot berish.O`quvchilar savodxonligini oshirish.Tinish belgilarini ishlatish ko`nikmalarini hosil qilish.
Tarbiyaviy: o’quvchilarda mehnatga muhabbat tuyg’ularini uyg’otish, kasb egalariga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, imlo malakalarini takomillashtirish.
Tayanch kompetensiya elementlari: axborot bilan ishlash kompententsiyasi, o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi
Nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish,yozish):
O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiroqlarini tinglab tushuna oladi: gapda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanishi va ma’lum bir vazifani bajarishini bilib oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

metod

Vaqt

I-bosqich
Tashkiliy qism

O‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o‘quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

kayfiyat mashqi

2 daqiqa

2-bosqich Ehtiyoj



Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo‘lgan qoidalar belgilanadi.

suhbat

2 daqiqa

3-bosqich
Darsning borishi

1. O‘tgan darsni so‘rab baholash, uy vazifasini tekshirish.
2. Darslik bilan ishlash.
3. Darslikdagi qoida ustida ishlash
4. Savol-javob
5. Multimedia ilovasidagi topshiqni bajarish

suhbat

mustaqil ish


qoidalarni eslab qolish
izlanish

4 dаqiqa

7 daqiqa
3 daqiqa


5 daqiqa
6 daqiqa

4-bosqich
Mustahkamlash

1. Darslik bilan ishlash.
2. Multimedia ilovasidagi topshiqni bajarish

mustaqil ish
namoyish suhbat

5 daqiqa
7 daqiqa

5-bosqich
Dars yakuni va baholash

O‘quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi.

baholash


2 daqiqa


6-bosqich
Uyga vazifa berish

Uyga topshiriq qilib berilgan mashqni bajarib kelish

tushuntirish

2 daqiqa

Maqsad: a) o’tilgan mavzularni mustahkamlash;
b) og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish;
d) qish fasli go’zalligini his eta bilishga o’rgatish.
Darsning jihozi: qish fasli tasvirlangan rasmlar, o’quvchilarning qishki ta’tilda tushgan suratlari.
Darsning uslubi: suhbat, guruhlarda ishlash
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish; Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko’rish;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Guruhlarga bo’linish. Topshiriqlarni bajarish.
Guruhlarga bo'lish. Guruhlarga bo'lishda tabiat hodisalaridan foydalaniladi. Stol ustiga kichik-kichik tarqatmalar: shamol, yomg'ir, jala, do'l, qor so'zlari yozilgan qog'ozchalar teskari holatda qo'yiladi. Kim qaysi yozuvli qog'ozchani olsa, „Sherigingizni toping" deb buyruq berilishi bilan o'sha holatni harakat orqali bajarib, tovush chiqarmasdan sherigini topadi.
Masalan: shamol so'zi yozilgan bo'lsa, qo'llarini baland ko'tarib, u yoqdan bu yoqqa tebrantiradi; yomg'ir so'zi yozilgan bo'lsa, qo'llarini qarsillatib harakat qiladi; do'l so'zi yozilgan bo'lsa, qo'llarini tizzalariga tez-tez urib, shapillatadi; qor so'zi yozilgan bo'lsa — kapalakka o'xshab uchadi.
Yuqoridagi harakatlar orqali o'quvchilar 6—7 kishidan iborat 5 guruhga bo'linadilar va belgilangan joyga o'tiradilar.
3. Guruhlar ishi quyidagicha baholab boriladi. Buning uchun 4 xil rangda (qizil, moviy, sariq, yashil) bir nechta doirachalar yasab olinadi va quyidagicha tarqatiladi:
— har bir topshiriqni to'g'ri, tez bajargan guruhga moviy doirachalar (3 ball);
— vaqtdan biroz yutqazgan, lekin to'g'ri bajargan guruhlarga yashil doirachalar (2 ball);
— topshiriqlarni bajarishda orqada qolgan, xatoliklarga yo'l qo'ygan guruhlarga sariq doirachalar (1 ball) tarqatib boriladi.
Qizil doirachalar esa trening qoidasini buzgan guruhlarga „jarima" tariqasida beriladi. Qizil doirachalari bor guruhning to'.plagan ballaridan 3 balldan olib tashlanadi.
4. Guruhlar ishi.
1 - topshiriq.
Chiziqlar o'rniga gapning mazmuniga mos so'zlar qo'yib yozing. Gapning ega va kesimini aniqlang (3 daqiqa).
1- guruhga: O'quvchilar — tayyorlandilar.
2- guruhga: Bolalar — kuylayaptilar.
3- guruhga: Dildora — qiziqadi.
4- guruhga: Navbatchi — keldi.
5- guruhga: Qushtar— uchib keladilar.
2- topshiriq. Berilgan so'zlarni bir-biriga bog'lab, gap tuzing.
1- guruhga: Tovuq, don, erta, Xolida, turib, sepadi.
2- guruhga: Ra'no, parvarish, sevadi, gullarni, doimo, shuning uchun, ularni, qiladi.
3- guruhga: Shohruh, buzilib qolsa, velosipedini, tuzatadi, o'zi.
4- guruhga: Kutubxonaga, ko 'pgina, va, kitoblarni, Dono, a 'zo bo'ldi, o'qidi.
5- guruhga: Kelajagi, asrashimiz, O'zbekiston, davlat, buyuk, uni, kerak, biz.
3- topshiriq. Berilgan so'zlardan o'zakdosh so'zlar hosil qiling.
1- guruhga: ov, tuz 4- guruhga: bosh, tish.
2- guruhga: sut, ish. 5- guruhga: paxta, meva.
3- guruhga: gul, suv.
4- topshiriq. Topishmoqni toping — topqirlikda o'zing.
1- guruhga: Qat-qat qatlama, aqling bo'lsa tashlama.
2- guruhga: Qo'lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
3- guruhga: Kessa kesilmas, chopsa chopilmas.
4- guruhga: Qoziq ustida qor turmas.
5- guruhga: Tilla sandiq ochildi, ichidan zar sochildi.
5- topshiriq.
Guruhlarga quyidagi so'zlar beriladi. Berilgan so'zlarga so'z o'zgartuvchi qo'shimchalar qo'shiladi.
1 — ferma; 2 — maktab; 3 — deraza; 4 — qozon; 5 — kitob.
Har bir guruh xohlagan kinofilm yoki biron-bir ertakdan kichik bir parchani sahnalashtiradi. Boshqa guruhlar bu ko'rinish qaysi kinofilmdan yoki qaysi ertakdan parcha ekanligini topadilar.
5. Guruhlar ishini yakunlash va baholash. O'qituvchi o'quvchilarning qanday ishlaganini aytadi, rag'batlantiradi, qancha, qaysi rangdagi doirachalar yig'ganini hisoblab, to'plagan ballarini aytadi. G'olib guruhlar va har qaysi guruhlardagi faol o'quvchilar reyting ball tizimida baholanadi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _________________________


3-sinf Ona tili
Sinf: ______________________ Sana : ______________________
83-dars
Mavzu:Mustahkamlash. 202-204-mashq.

Yüklə 73,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin