Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
252
Education and innovative research 2021 y. №6
ikkilanmay qo‘llay olishga tayyorlashga yordam beradi. Umumta’lim maktablarda
dars jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib dars
jarayonlarini tashkil etish orqali, o‘qituvchi tomonidan dars uchun qo‘yilgan
maqsadga erishish va o‘quvchiga darsni o‘zlashtirish osonlashadi. Bu esa qisqa
vaqtda ko‘p narsaga, dars samaradorligini oshirish erishish imkonini beradi.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogik
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik
tayyorgarlik haqida so‘z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi.
Avvalo, “texnologiya” so‘zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq.
“Texnologiya” so‘zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish
maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-
ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni
anglatadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zida uni “texno” - hunar yoki san’at,
“logos” – fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati
haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi.
O‘quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini,
tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish
orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi
asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga
yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni
hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.O‘quvchilarni
texnologiya fanini to‘liq o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy
usullaridan foydalanish, yangi information pedagogik texnologiyalarni tadbiq
qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va
uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar
hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va
maketlaridan foydalanilanish, texnologiya faniga oid televizor, radioda berilgan
eshittirishlarni ko‘rish, o‘rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda
berilgan ma’lumotlarni o‘rganib borish, texnologiya faniga oid atamalarni
topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot
manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish;
fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy axborotkommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanganimizda fan bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy
mashg‘ulotlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimotlar
namoyish qilganimizda o‘quvchilar ko‘rish orqali chuqurroq tasavvur va bilimga
ega bo‘ladilar.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning
asosiy maqsadi – o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon
davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy
va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish
kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning
asosiy vazifalari:
Образование и инновационные исследования (2021 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
253
http://interscience.uz
materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;
texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehna
operatsiyalarini bilish;
texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat
operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish;
texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;
texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi
hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;
buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat
operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;
ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda
tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda
rivojlantirishdan iborat.
Bizningcha texnologiya darslarida axborot komunikatsion
texnologiyalaridan foydalanish katta ijobiy natija beradi. Chunki oldin
o‘quvchilarga texnologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlar jarayonida buyumlar
tayyorlash jarayonini o‘qituvchi tomonidan birma-bar namoyish qilib berilar edi,
bu ortiqcha vaqt sarflanishiga, ayrim paytlarda o‘qituvchining qayta ko‘rsatib
berishiga ham to‘g‘ri kelar edi. Bugungi kunda esa axborot komunikatsion
texnologiyalaridan foydalanib tasvirga olingan mehnat operatsiyalarining
videodarslarini o‘quvchilarga havola etib, o‘quvchilar ishini o‘qituvchi
tomonidan bemalol nazorat qilish imkonini beradi, o‘quvchilarning bilim
darajalarini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
Axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning yana bir
ahamiyatli tomoni shundaki, o‘quvchilarga malakali duradgorlar, chilangarlar,
oshpazlar, tikuvchilar va turli sohadagi hunarmandlarimiz tomonidan bajarilgan
o‘quv mashg‘ulotlari “Master klass” larni namoyish etish orqali ularda turli xil
mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini ham
yaxshi yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi. Biz yuqorida texnologiya darslarida
axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning ayrimlarini ko‘rsatib
o‘tdik.
Xulosa qilib aytganda texnologiya darslarida axborot-kommunikatsion
texnologiyalaridan keng foydalanilsa, o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda
texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim,
ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar
tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga
kirisha olish kompetensiyalarini shakllanadi, texnologiya ta’limi darslari sifati
samarali bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Texnologiya fani o‘quv dasturi (1-9-sinf). Toshkent. – 2017-yil.
2. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion
pedagogik texnologiyalar. – T.: Nihol nashriyoti, 2016. – 279-b.
3. Qo‘ysinov O.A., V.N. Sattorov, H.S.Yakubova. Mehnat ta’limidan amaliy
mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi. (Metodik qo‘llanma). TDPU, 2011. –
62-b.
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №6)
ISSN 2181-1709 (P)
254
Education and innovative research 2021 y. №6
4. Muslimov N.A. va boshqalar. Mehnat ta’limi metodikasi va kasb tanlashga
yo‘llash.–T:. Sharq. 2014.
5. Diane Belcher, Ann M. Johns, Brian Paltridge. New directions in English
for specific purposes research. The University of Michigan Press. 2011.
6. Sharipov Sh. Qo‘ysinov O., Abdullayeva Q. Texnologiya. 7-sinf darsligi.
–T:. Sharq.– 2017-y.
Dostları ilə paylaş: |