ERGASHEVA CHAROS
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
REJA:
1.Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy
etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli
bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir.
2.Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi,
mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi
3.Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda
fotosuratlar, rasmlar, animatsiya
4.Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari
ishtirok etadi, o‘yin elementlari
KIRISH
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT’dan samarali
foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal
vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga
qiziqishlarini qondiradi. Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa
ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri
rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa,
jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan
o‘zlashtirilishiga yordam beradi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim
jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun
xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir. Ma’lumki,
boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish
sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta
mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab
«ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun
o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan
ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha
tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim
olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni,
mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim
dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va
emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning
aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan
rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga
axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan
foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz. Ахborot
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni
didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va
differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi.
Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil
ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va
mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari
va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv
yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim
olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok
etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi. АKT’dan foydalanilganda
ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun
o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida
tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va
sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali
ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha
o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish
katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha
mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy
topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik
materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test
sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin.
Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun
uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-
tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.1-sinfda o‘qish darsida
elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-
harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi
turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar,
g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni
oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini
beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim
etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli
darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi.
Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda
rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars
rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish
mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli
materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir
o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam
beradi.Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish
darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda
masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar
bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich
sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash
mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion
kartinkalardan foydalanish mumkin. Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan
foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan
bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish
mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika,
badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha
qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas,
balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol
bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu
mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.«Tabiatshunoslik» fani
bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin.
Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat
boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari»,
«O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar.
Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni
turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar,
sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari
rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri
tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar
bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga
darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi. Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda
o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda
bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi
kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari
krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni
mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.Barcha o‘quv fanlarida
qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda
fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin. Microsoft Power
Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan
foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi,
ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va
fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha
axborotlardan foydalanish mumkin.Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i
ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi
barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli
axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish,
qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga
mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga
turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot
tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi. Axborot olishning boshqa bir
usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan
avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin.
Ishni
o‘rganilgan
material
bo‘yicha
dialog
ko‘rinishida
olib
borish
mumkin.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdanmustaqilfoydalanishni, kerakli
axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi
loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-
sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham
topshiriq-larni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi
ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va
amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar. Boshlang‘ich sinflarda fikrlash
operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim.
Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash,
muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi
dastlabki ko‘nikma va malakalar to‘plami ko‘rinishida qaraladi. Kompyuterni
o‘qishda yordamchisi, ijodkorlik, o‘zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida
tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o‘quvchilarida fikrlash uslubi
shakllanib bo‘ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs
o‘quvchini SHK’da axborot bilan amaliy ishlashga o‘rgatishi kerak. Boshlang‘ich
maktabda kompyuterni o‘zlashtirib o‘quvchilar undan o‘z faoliyatlari vositasi sifatida
boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo‘llash bilan olib
boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug‘dirmaydi.Katta sinflarda informatika
darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur
sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda
elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o‘quv o‘yinlarini tashkil
qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda
foydalaniladi. Ta’lim natijasida o‘quvchilar o‘quv va oddiy amaliy masalalarni
yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga
oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy
topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power
Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga
tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar
va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o‘zgartirishlarni, saqlash,
foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija,
yo‘l ko‘rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter
yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar. Shunday qilib, ushbu kursni
boshlang‘ich
maktabda
o‘rganish
o‘quv
jarayonini
modernizatsiyalash,
samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini
hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs
o‘qituvchiga ta’limni erkin boshqarish va o‘quv axborotlarini taqdim etish turli
usullarini qo‘llash imkonini beradi.Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida
o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik
malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam
beradi; o‘quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o‘quvchilarni aniq hayotiy
muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar
va o‘quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda
o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil
ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani
axborot bilan ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning
muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ta’lim jarayonida AKTdan
foydalanish faqat asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari
ishlarini tashkil etishda AKT’dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli
hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish va shu kabilardan iborat
bo‘ladi.
Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va
undan foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda
ko‘rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning
jamiyatdagi o‘rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham “Axborot asri” – deb nom
olgani bejiz emas. Yangi avlod uchun 25 yil avvalgi hayotda shaxsiy kompyuterlar
bo’lmaganligini tasavvur qilish mushkul…Endilikda axborot texnologiyalari nafaqat
mustaqil fan sifatida shakllanib ulgurdi, balki iqtisodning eng jadal suratlar bilan
rivojlanayotgan sohasiga aylandi va millionlab odamlarning hayot tarzini belgilab
berdi. Ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi jarayonlarni kompyuter yordamida
boshqarish axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o’rganishga bo’lgan ehtiyojni
kun sayin oshirib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizning umumta’lim
maktablari minglab kompyuter sinflari bilan ta’minlangan. Bu kompyuterlarning
barchasini yagona kompyuter tarmog’iga ulab, ta’limning yaxlit texnik tizimini
tashkil etish rejalashtirilgan . Prezidentimiz I.A.Karimovning 2005 yil 28 sentabrdagi
“O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish
to’g’risida”gi qaroriga muvofiq “Ziyonet” axborot tarmog’i tashkil etildi va
mamlakatimizning eng chekka hududidagi maktablarida ham ishlash imkoniyatlari
yaratildi. Tarmoqning asosiy vazifasi: yoshlar uchun milliy axborot resurslarini
shakllantirish va rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy va aqliy jihatdan kamol
toptirishiga ko’maklashadigan axborotdan keng ko’lamda foydalanishlarini
ta’minlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va jismoniy tarbiya, sport turlarini
ommalshtirish, o’quvchilar va yoshlar uchun masofadan turib ta’lim olish usullarini
va boshqa axborot kommunikasiya xizmatlarini ta’lim tizimiga joriy etishda
ko’maklashishdan iboratdir. Kompyuter savodxonligi bo’yicha orttirilgan bilim va
ko’nikmalar o’qituvchilarning pedagogic mahoratini yuksaltirib, ularning amalda
qo’llanishi darslarga o’zgacha joziba bag’ishlaydi, o’quvchilarning fanga bo’lgan
qiziqishi, izlanishi yanada o’rtadi.
Jarayon deganda oldinga qo‘yilgan maqsadga
erishishga yo‘naltirilgan harakatlarning muayyan yig‘indisi, jamlanmasi tushuniladi.
Axborot texnologiyalarning maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab
chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul
qilishdan iboratdir.Axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va
boshqarishning barcha sohalarida davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining fan
va ta’lim sohasidagi asoslari bo‘lgan ko‘plab zamonaviy texnika vositalari:
kodoskop, audio va video magnitofonlar, televizor, kompyuter, skaner, mikrofon,
kolonka, videoko‘z, videoproyektor va nusxa olish apparatlaridan dars berish
jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar
yaratadi. Axborot texnologiyasi – bu ob’yekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi
ma’lumotlarni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko‘rinishga
keltiruvchi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash o‘zatishning vosita va usullari
majmuasidan foydalanish jarayonidir.Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu
usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab qaysi usuldan
foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalari
yordamida darslarning samaradorligini oshirish mumkin. Hozirda amaliyot shuni
ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tinglovchilarni o‘qitish ikki
barobar samarali bo‘lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to‘rtdan bir qismi
xotirada qoladigan bo‘lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali
amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35 -
70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o‘quv dasturlar audio, video va grafika
ko‘rinishida mujassamlashtirilgan holatda tinglovchilarga berilsa, materiallarni
xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmoqda.Ta’lim sohasida multimedia
vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari :Ta’lim jarayonida
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyatining
mavjudligi.Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqini
yanada oshishi.Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni
tejash imkoniyatiga erishilishi.Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab
qolinishi va uni amaliyotda qo‘llash mumkinligiDarhaqiqat, bugun O‘zbekiston
qo‘lga kiritayotgan salmoqli yutuqlar, barcha sohalarda olib borilayotgan izchil
islohotlarning yuksak natijalari va samaralari jahon hamjamiyatini hayrat va havasga
solmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotidagi bu tarixiy evrilishlarning boisi esa, albatta,
erkin va ozod, tinch-osoyishta hayotimizning mevasidir. Tarixiy xotira ham, shu
ma'noda, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning farovon kelajagini
ta'minlash, boy milliy merosimiz va qadriyatlarimiz, urf-odat, an'analarimizni
e'zozlash, yurtimizni taraqqiy etgan ilg‘or mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun
fuqarolarimizda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Kelajagi buyuk
va ertangi kuni porloq yurtga, millatga har tomonlama sog‘lom, ma'nan yetuk yoshlar
zarur. Shu bois, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan e'tibor bizda davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Prezidentimizning: "Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi
kuch bo‘lib hayotga kiryapti. Men bu yoshlarga o‘zimga ishongandek ishonaman",
degan so‘zlari zamirida ham ana shu haqiqat mujassam.
Mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar yangi ta’lim standartlarini ishlab chiqish,
yangi o‘quv fanlarini, yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini kiritish bilan bir
qatorda, o‘qitish mеtodikasini o‘zgartirish ehtiyojini ham yuzaga kеltirdi. Jamiyatni
axborotlashtirish va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» vazifalarini amalga oshirish
sharoitlarida o‘qitish jarayonlarini — pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini
qo‘llamay o‘tkazishni tasavvur qilish qiyin. O‘quv jarayonida ulardan birgalikda
foydalanish esa yanada yaxshiroq va samaraliroq natija beradi.O‘quvchilarga
Yunеsko ta’rifi bo‘yicha: «Pеdagogik tеxnologiya — bu tеxnik va inson rеsurslarini
hisobga olish va ularning ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini o‘z oldiga
qo‘yuvchi hamkorliklari bilan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini tashkil
qilish, qo‘llash va bеlgilash tizimli mеtodi» ekanligini eslatib o‘tish kеrak. Ushbu
tushunchadan, aynan tizimli yondashish pеdagogik tеxnologiyani ta’limga boshqa
yondashishlardan farq qilishi ko‘rinib turibdi. Bu esa rеjalashtirishga, aniqrog‘i,
o‘quv mashg‘ulotini loyihalashtirishga yondashishni o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi.
M. V. Klarinning yozishicha: «Pеdagogik tеxnologiyaning umumiy ko‘rsatmasi: aniq
bеrilgan maqsadlar bilan o‘quv jarayonini boshqarish yo‘lidagi didaktik
muammolarni hal qilish, ularga erishish aniq ta’riflarga va tushunchaga ega bo‘lishi
kеrak» .Shunda o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish jarayoni quyidagi tartibda
amalga oshiriladi (1-jadval).Ushbu jadvaldan o‘qituvchi o‘z bilimlari, mеtodik
tajribasi va imkoniyatlaridan kеlib chiqib, auditoriyasini, sharoitlarni va shu kabilarni
hisobga olgan holda, ta’lim mеtodlari va vositalarini o‘zi tanlashi ko‘rinib turibdi.
Bular esa ta’lim ham an’anaviy, intеrfaol stratеgiyalar, mеtod hamda uslublar va
albatta axborot tеxnologiyalari bo‘lishi ham mumkin. Ta’lim axborot
tеxnologiyalarini ta’lim faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan elеktron
vositalar va usullar ularning to‘plami sifatida qarash mumkin.Nizomiy nomidagi
TDPU uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalari bilan «Pеdagogik tеxnologiyalar» va
«Pеdagogik mahorat» fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishda, o‘z tajribam
bo‘yicha intеrfaol mеtodlar, multimеdiali taqdimotlar va quyidagi to‘rtta pеdagogik
tеxnologiyalar qoidalaridan foydalanish juda samarali bo‘ladi:Ta’lim olish
sharoitlarini yarating va o‘qish davomida talabalarning o‘quv harakatlari yakuniy
nazorati vaqtida ko‘zlangan harakatlarga aniq mos kеladigan qilib yo‘naltiring
(ekvivalеnt amaliyot qoidasi).Talabalarga yakuniy xulq-odobi bilan o‘xshash, ammo
bir xil bo‘lmagan xulqiy harakatlarida mashq qilish imkoniyatini taqdim eting
(o‘xshashlik amaliyoti qoidasi).
Talabalarga har bir harakat natijalarini darhol xabar qiling («natijalarni bilish»
qoidasi); ushbu tamoyil joriy baholashga asoslanadi (ta’limda qayta aloqa
tamoyili).Talabalardan ko‘zlangan harakatlarni ijobiy qo‘llab-quvvatlang: noto‘g‘ri
harakatlari uchun tanbеh bеrmang, balki konstruktiv, yo‘naltiruvchi tarzda
tushuntiring, misol uchun, «yana bir marta ifoda etishga harakat qilib ko‘ringchi»
yoki «Bo‘lim mazmunini yana bir marta o‘rganib chiqishingiz kеrak» (ijobiy qo‘llab-
quvvatlash harakatlari qoidasi).Multimеdiali taqdimotlarni ishlab chiqish pеdagogga
talabalarga o‘rganilayotgan matеriallarni qiziqarli, ko‘rgazmali, chiroyli, ixcham va
foydali taqdim etish imkonini bеradi.Ma’lumki, multimеdia (ingl. multimedia, lotin
tilida. multum — ko‘p va media, medium — jamlash, to‘plash, vositalar) — bu
axborotlar bir nеcha turlaridan iborat (matn, tasvir, animatsiya, audio va
vidеolavhalarni) o‘z ichiga oluvchi axborotlar komplеks elеktron nusxasini taqdim
etish. Multimеdiali taqdimotlarni namoyish etish talabalarda qiziqish uyg‘otish,
baravariga bir nеcha sеzgi organlariga ta’sir ko‘rsatish, isbotlar bilan mustahkamlash
va aytilganlarni kuchaytirish, jadallik, mobillik va intеrfaollikdan foydalanish
imkonini bеradi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari, ko‘rgazma vositalaridan foydalanilganda
tinglovchilarni ishontirish ehtimoli 43 foizdan ortiq bo‘lishini, shu bilan birga, 25-40
foiz kam vaqt sarflanishini ko‘rsatadi.Multimеdiali taqdimotlarni ishlab chiqish — bu
o‘quv fanlari mazmunlarini yaxshi bilishni, Microsoft Power Point taqdimotlarini
yaratish va o‘tkazish uchun dastur bilan ishlash ko‘nikmalarini bilishni, yana albatta,
slaydlarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan tavsiyalarni bilishni talab qiluvchi ijodiy
jarayondir.
Ushbu tavsiyalardan foydalanish slaydlarda asosan o‘rganilayotgan
mavzu mazmunini aks ettirishga imkon bеradi. Ammo amaliyot multimеdiali
taqdimotga ta’lim jarayoni tеxnologikligini ham kiritish mumkinligini va shu tariqa,
pеdagogik
va
axborot
tеxnologiyalarini
birlashtirish
mumkinligini
ko‘rsatadi.Taqdimotni ishlab chiqishda uning barcha qismlarini xulosaga va uni
asoslashga olib kеladigan qilib ishlab chiqish kеrak. Buning uchun quyidagilarni
bajarish kеrak:
ta’lim maqsadlarini va ko‘zlangan natijalarni aniqlab olish
• kirish qismini tayyorlash
• asosiy qismni bеlgilab olish
• namoyish etish vositalarini tanlab olish
auditoriya diqqatini jalb etish va o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishni saqlab qolish
uchun maxsus uslublarni tanlab olish (o‘xshatishlar, hodisalar, hazil, savollar va
boshqalar)auditoriya ishlashi uchun topshiriqlarni (yakka, juftlikda yoki kichik
guruhlarda) va ushbu ishlar natijalarini muhokama qilish uchun savollarni
tayyorlashpеdagogik rеflеksiya uchun savollar yoki topshiriq tayyorlash va shu
kabilar.Ushbu ro‘yxat albatta pеdagogning imkoniyatlari va istagiga bog‘liq
bo‘ladi.Ta’limning maqsadlari va ko‘zlangan natijalari standartlar talablari va o‘quv
dasturini hisobga olib ifoda etiladi. Ular aniq, o‘lchamli, erishish mumkin bo‘lgan,
haqiqiy va vaqt bilan chеgaralangan bo‘lishi kеrak (SMART mеtodikasi). Misol
uchun, «Pеdagogik tеxnologiya asoslari» mavzusini o‘rganishda faqat mavzu
mazmunlarini o‘rganish emas, balki mashg‘ulotda foydalaniladigan ba’zi mеtodlarni
o‘zlashtirish natijalarini aks ettiruvchi O‘KN ni ifoda etish mumkin.Kirish qismi
talabalarda qiziqish uyg‘otishi kеrak. U sitatalardan, g‘aroyib hodisalar, statistik
ma’lumotlar, mavzu bo‘yicha latifalar, tortishuvli savol, hikoyat, tarix,
topshiriqlardan va shu kabi barcha talabalarni «qiziqtirishi» mumkin bo‘lgan
matnlardan tashkil topishi mumkin. «Pеdagogik tеxnologiyalar asoslari» mavzusi
o‘rganilganda, Anatoliy Ginning zamonaviy ta’lim qarama-qarshiliklari maqolasini
o‘qishni va ikki qismli kundalikda o‘z fikrlarini ifoda etishni taklif etish mumkin.
Ushbu ishning natijalarini muhokama etib, talabalar o‘zlari zamonaviy ta’lim
rivojlanishi yo‘nalishlarini ko‘rsatishlari, shu bilan birga, pеdagoglarning zamonaviy
tеxnologiyalarni o‘zlashtirishlari va foydalanishlari zarurligini asoslab bеrishlari
mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, talabalarning takliflarini o‘qituvchi taqdimot bo‘sh
slaydiga kiritishi, kеyin ularni taklif etiladigan ro‘yxat bilan solishtirishi mumkin
bo‘ladi. Tasavvur qiling, talabalar ularning fikrlarini hisobga olinishidan qanchalik
ta’sirlanadilar (ayniqsa, bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lsa) — mana sizga o‘quv jarayonini
dеmokratlashtirish va intеrfaollik!
aqdimotning asosiy qismiga statistika (raqamlar va
faktlar), sabablar, isbotlar, misollar, ilovalar, ko‘rgazmali jarayonlar va talabani
kirishdan xulosaga olib kеluvchilar kiradi. Agar talabalarga film namoyish etilsa va
ularga namoyishdan avval, diqqat bilan tomosha qilish va barcha tomonlarini
tushunib olishga «majbur etuvchi» tеgishli topshiriq bеrilsa, juda yaxshi bo‘ladi.
Masalan, «Intеrfaol ta’lim» mavzusini o‘rganishda talabalarga Olmaliq shahrida
gеografiya darsini o‘tish haqidagi 5 daqiqali film namoyish etiladi (film ushbu
maktab o‘qituvchilari uchun qator trеninglar o‘tkazilgandan so‘ng «Zamonaviy ta’lim
tеxnologiyalari» NNT’da suratga olingan). Filmni tomosha qilishdan avval quyidagi
slaydda kеltirilgan topshiriq bеriladi (slaydlarga qarang).
Rеflеksiya uchun ikki
javoblar bilan — «ha-yo‘q» yoki «to‘g‘ri-noto‘g‘ri» og‘zaki yеchish savollari, 3-5
daqiqali rivoyat mavzularini, «chiqish» kartalar va shu kabilarni tayyorlash mumkin.
Masalan, «Bilaman/Bilishni xohlayman/Bilib oldim» stratеgiyasidan foydalanib
«Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim» mavzusini o‘rganishda mashg‘ulot oxirida
talabalarga ularda mavjud bo‘lgan bilimlarni mashg‘ulotda olinganlari bilan
solishtirishga, mavzuning eng asosiy g‘oyalarini ajratib ko‘rsatishga imkon bеruvchi
qator savollarga javob bеrish taklif etiladi. «Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda ta’lim
muhiti» va «Tanqidiy fikrlash tеxnologiyasi» mavzularini o‘rganishda talabalarga
ikki, «to‘g‘ri-noto‘g‘ri» va «ha-yo‘q» javoblari bilan ochiq tеst topshiriqlarini
yеchish va pеdagogik rеflеksiyada foydalaniladigan topshiriqlar bilan slaydlar taqdim
etiladi.
Yuqoridagi fikrlar slaydlargа kiritilishi yaxshi natija beradi. Taqdimotni
tuzish davomida bo‘sh slaydlarni qoldirib, o‘qituvchi o‘quv mashg‘uloti davomida
ularga kеrakli ma’lumotlarni kiritishi va kеyinchalik muhokama qilishi mumkin
bo‘ladi. Shu holat darhol talabalar faoliyatlari natijalarini aks ettirish va ular bilan
o‘zaro munosabatlarda bo‘lishga imkon bеradi.Axborot va pedagogik texnologiyalar
vositasida o‘tkazilgan mashg‘ulotingizda talabalarda fanga qiziqish kuchaysa, demak,
harakatlaringiz zoye ketmabdi, u o‘z samarasini bera boshlabdi. Shunday
mashg‘ulotlardan ruhlangan talabalar fanlar bo‘yicha o‘z elеktron portfoliolarini,
kеyin esa malakaviy bitiruv ishlarini himoya qilishlari uchun taqdimotlarni tayyorlay
boshlaydilar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha
o'quv jarayoni qatnashchilarini tayyorlash darajasiga qo'yiladigan talablar.AKTdan
foydalangan
holda
darsning
pedagogik
dizayni.Darslarda
kompyuter
texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo'nalishlari
Aqlning kuchi cheksizdir.
Efremov Amaliyotda axborot texnologiyalarini o'qitish maxsus texnik axborot
vositalaridan
(kompyuterlar,
audio,
kino,
video)
foydalanadigan
barcha
texnologiyalar deb ataladi.Kompyuterlar ta'limda keng qo'llanila boshlanganida
"ta'lim uchun yangi axborot texnologiyalari" atamasi paydo bo'ldi. Kompyuter
texnologiyalari dasturlashtirilgan o'qitish g'oyalarini ishlab chiqadi, zamonaviy
kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog'liq
bo'lgan mutlaqo yangi, hali o'rganilmagan texnologik o'rganish imkoniyatlarini
ochadi. Kompyuter (yangi axborot) o'qitish texnologiyalari - bu axborotni
tinglovchilarga tayyorlash va uzatish jarayonlari bo'lib, ularni amalga oshirish
vositalari kompyuter hisoblanadi.Axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quv
motivatsiyasini rivojlantirish orqali dars samaradorligini oshiradi, bu esa o'quv
jarayonini
yanada
muvaffaqiyatli
qiladi.Axborot
texnologiyalari
nafaqat
o'quvfaoliyatiningo'zgaruvchanligi, uni individuallashtirish va tabaqalashtirish
imkoniyatlarini ochibgina qolmay, balki barcha ta'lim sub'ektlarining o'zaro
munosabatlarini yangi shaklda tashkil etish, talaba ta'lim faoliyatida faol va teng
huquqli ishtirok etadigan ta'lim tizimini barpo etish imkonini beradi.Axborot
texnologiyalari o'quv ma'lumotlarini taqdim etish imkoniyatlarini sezilarli darajada
kengaytiradi, o'quvchilarni o'quv jarayoniga jalb qiladi, ularning qobiliyatlarini keng
ochib berishga va aqliy faoliyatni faollashtirishga yordam beradi. Rus tili va
adabiyoti o'qituvchilari aniq sabablarga ko'ra darsda AKTdan foydalanishda ayniqsa
ehtiyot bo'lishadi.O'qituvchi - adabiyot o'qituvchisi oldida turgan vazifalarko'p
jihatdan boshqa fan o'qituvchilarining maqsad va vazifalaridan farq qiladi. Biz
boshqa fan o'qituvchilariga qaraganda axloqiy masalalarni hal qilish imkoniyatiga
egamiz, ko'p jihatdan biz bolaning ichki dunyosini shakllantirish va shakllantirish
uchun javobgarmiz, ko'pincha qalbga murojaat qilamiz. Umuman olganda, bizning
asosiy maqsadimiz shaxsni sotsializatsiya qilishning asosiy vositasi sifatida lingvistik
kompetensiyani shakllantirish va shu bilan birga ijodiy shaxsni rivojlantirishdir.
Bularning barchasi, avvalambor, matn bilan, badiiy so'z bilan, kitob bilan ishlashni
o'z ichiga oladi. Shuning uchun o'qituvchidan - darslarida AKT imkoniyatlaridan
foydalanmoqchi bo'lgan adabiyotshunos oldida, har doim ulardan rus tili va adabiyoti
darslarida ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi savol tug'iladi.O'zlarining
darslarida AKTdan foydalanishda, avvalo, maqsadga muvofiqlik tamoyiliga amal
qilish kerak. Darslarda AKTdan foydalanish tavsiya etiladi, birinchi navbatda,
maxsus amaliy muammolarni echish uchun:Ikkinchidan, o'quvchilar bilimini tuzatish
va hisobga olish uchun maktab kursining fundamental bilimlarini shakllantirish
bo'yicha talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilish uchun AKTdan foydalanish
tavsiya etiladi. Talabalar o'quv dasturlari bilan ishlashga, darslarda o'rganilgan
mavzularni, monitoring dasturlari va testlar bilan ishlashga qiziqishmoqda.Har bir
talaba individual sur'atda va individual dastur bilan ishlaydi, bu erda siz farqlash
tamoyilini osongina qo'llashingiz mumkin. Kuchsiz talaba, agar xohlasa, materialni
kerak bo'lganda takrorlashi mumkin va u xatolar ustida ishlash bo'yicha odatiy
darslarga qaraganda ko'proq xohlaydi. Kuchli talabalar qiyin topshiriqlarni olishadi
yoki kuchsizlarga maslahat berishadi. Sinov nazorati va AKT yordamida
ko'nikmalarni shakllantirish an'anaviy usulga qaraganda tez va ob'ektiv, materialni
o'zlashtirish darajasini va uni amalda qo'llash qobiliyatini aniqlashni anglatadi. O'quv
jarayonini tashkil etishning ushbu usuli zamonaviy axborotni qayta ishlash tizimida
qulay va oson hisoblanadi.Uchinchidan, axborot texnologiyalaridan, xususan,
multimediyadan foydalanish. ko'rinishni kuchaytirishga imkon beradi. K. D.
Ushinskiyning mashhur iborasini eslang: "Bolalar tabiati aniq ko'rinishni talab qiladi.
Bolaga unga tanish bo'lmagan beshta so'zni o'rgating, va u uzoq vaqt davomida
behuda azob chekadi; lekin yigirmata bunday so'zlarni rasmlar bilan bog'lang - va
bola ularni pashshada o'rganadi. Siz bolaga juda oddiy fikrni tushuntirasiz va u sizni
tushunmaydi; siz qiyin rasmni o'sha bolaga tushuntirasiz va u sizni tezda tushunadi ...
Agar siz so'zlarni olish qiyin bo'lgan sinfga kirsangiz (va biz bunday darslarni
Darslarni tayyorlash va o'tkazishda AKTdan foydalanish o'quvchilarning fanga
qiziqishini, o'quv faoliyati va bilim sifatini oshirishi, savol berish uchun vaqtni tejash,
talabalarga nafaqat darslarda, balki uyda ham mustaqil ravishda o'rganish
imkoniyatini beradi va o'qituvchiga o'z bilimlarini oshirishga yordam beradi.Yana bir
jihatni ta'kidlash kerak: darsni o'zi AKTdan foydalangan holda o'tkazish. Dars
qanchalik yaxshi rivojlanganiga qaramay, ko'p narsa o'qituvchining unga qanday
tayyorlanishiga bog'liq. Bunday tadbirning mohirona o'tkazilishi ba'zi bir televizion
dasturning shoumeniga o'xshaydi. O'qituvchi nafaqat (va) shunchaki emas (!),
Kompyuterni yaxshi bilishi, darsning mazmunini bilishi kerak, lekin uni yaxshi
sur'atda, qulaylikda olib borishi, o'quvchilarni bilim jarayoniga doimiy jalb qilishi
kerak. Ritmning o'zgarishi haqida o'ylash, o'quv faoliyatining shakllarini
diversifikatsiya qilish, agar kerak bo'lsa, pauzaga qanday qarshi turish va ijobiy
natijani qanday ta'minlash haqida o'ylash kerak.hissiy fon dars. Amaliyot shuni
ko'rsatadiki, AKTdan foydalanish tufaylio'qituvchi taxtada ishlashga qaraganda
o'qish vaqtining 30 foizini tejaydi. U taxtada etarli joy yo'q deb o'ylamasligi kerak,
yozilgan hamma narsa aniqmi yoki yo'qmi, sifatli bo'r nima ekanligi haqida
tashvishlanmasligi kerak. Vaqtni tejash bilan o'qituvchi dars zichligini oshirishi, uni
yangi tarkib bilan boyitishi mumkin.
AKTni bilish darsga tayyorgarlikni sezilarli
darajada osonlashtiradi, darslarni noan'anaviy, esda qolarli, qiziqarli va faol qiladi.
AKT va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning integratsiyasi rus tili va
adabiyotiga bo'lgan qiziqishni uyg'otishi, ushbu fanlarni o'rganishga turtki berishi
uchun sharoit yaratishi mumkin. Bu o'z-o'zini o'qitish samaradorligi va intensivligini
oshirish, ta'lim sifatini oshirishning oqilona usulidir.Multimedia texnologiyalaridan
foydalanganda bilim turli idrok kanallari (vizual, eshitish) orqali olinadi, shuning
uchun u yaxshiroq so'riladi va uzoqroq saqlanib qoladi. K. Ushinskiy shuningdek,
bilim kuchliroq va to'liq bo'ladi, ular sezgi organlari qanchalik ko'p qabul qilinishini
ta'kidlaydi. Bugungi kunda sinflarning minimal jihozlanishi bilan talabalarning
doimiy qiziqishini ta'minlash juda qiyin. Ko'pincha darslardagi jihozlar matnlar,
darsliklar, daftarlar, reproduktsiyalar bo'lib, biz ularga etishmaymiz va ularning
tashqi ko'rinishi juda ko'p narsani talab qiladi. AKT ushbu muammoni hal qilishda
muhim yordam berishi mumkin, bu esa darsni jonlantirish va fanlarga qiziqishni
uyg'otish imkonini beradi. Va bu juda muhim: multimedia texnologiyalaridan
foydalangan holda darslar materialni ongli ravishda o'zlashtirish jarayoni.Amaliyot
shuni
ko'rsatadiki,
bugungi
kunda
talabalar
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda turli fanlar bo'yicha darslarga tayyor. Ular
uchun turli xil tahrirlovchilar bilan ishlash (masalan, MS Word, MS Excel, Paint, MS
Power Point), Internet resurslaridan foydalanish, kompyuter sinovlari bilan ishlash
yangi va noma'lum. Ko'pgina talabalar turli xil axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining imkoniyatlari, shuningdek, amaliy amaliy ko'nikmalar haqida
tasavvurga ega. Shunday qilib, ushbu bilim va ko'nikmalarni qo'llash maktabga
taqdim etilgan muammolarni hal qilishda yagona yondashuvni ta'minlash uchun
tavsiya etiladi.
umumlashtirish va dars-ilmiy konferentsiya hamda loyihalarni himoya
qilish va integratsiyalashgan dars va dars-taqdimot va dars-darsdir. onlayn
konferentsiya muhokamasi. Dizayn ishlarini himoya qilish darsi talabalarning ijodiy
salohiyatini anglashning o'ziga xos usuli, o'z bilim va ko'nikmalarini amalda ijodiy
ravishda qaytarish usuli hisoblanadi. Ushbu turdagi darslarda AKTdan foydalanish
materialni taqdim etish shakllaridan biri, taqdimot tuzilishini aks ettiruvchi
talabalarni faollashtirish usuli hisoblanadi.Barcha holatlarda, AKT "vositachi"
sifatida ishlaydi, bu "insonning tashqi dunyo bilan aloqasida sezilarli o'zgarishlarni
keltirib chiqaradi." Natijada, o'qituvchi va talaba nafaqat axborot texnologiyalarini
o'zlashtiribgina qolmay, balki eng qimmatli o'quv resurslarini tanlash, baholash va
qo'llashni o'rganadilar, shuningdek o'zlarining shaxsiy media matnlarini yaratadilar.
AKT darslarini loyihalashIlmiy-pedagogik adabiyotlarda va ixtisoslashtirilgan
davriynashrlarda, o'quv jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish
to'g'risidagi maqolalar va risolalar tobora ko'proq uchraydi. Maktab uchun
mo'ljallangan elektron darsliklar va boshqa darsliklar ro'yxati yuzlab. Shubhasiz
afzalliklar mavjud. Darhaqiqatmultimedia texnologiyasi - bu o'qituvchining axborot
madaniyatini shakllantirishning metodologik va nazariy asoslarini amaliy amalga
oshirish. Zamonaviy o'qituvchi uchun kompyuter jarayonida o'zini o'quv jarayonida
ko'rish tobora qiyinlashib bormoqda. Aksariyat o'qituvchilar o'quv jarayonini
vizualizatsiya qilish uchun bitta kompyuter va multimediya proektoridan
foydalanishni afzal ko'rishadi. Bu yo'l ancha foydalidir: muammo hal qilindisog'liqni
saqlash (katta ekran monitor monitorining oldida talabalarning ishlashini cheklash
muammosini olib tashlaydi); Proektordan foydalanish o'quv jarayonini yanada
samarali boshqarish imkonini beradi.Shu bilan birga, PowerPoint-da, asosan,
multimediya taqdimot darslarining tahlili, shuningdek elektron darsliklardan olingan
parchalar ularning o'quv samaradorligini juda pastligini ko'rsatmoqda. Ushbu
darslarni ishlab chiquvchilar xususiyatlari bilan tanish emasdarslarni o'tkazishning
mutlaqo yangi shakli
Xulosa
Ta'lim dizayni – tizimga kiritilgan o'quv materiallarini loyihalashtirish, ishlab
chiqish, baholash va ulardan foydalanish jarayonida samarali o'quv ishlari (o'qitish va
o'qitish) to'g'risidagi bilimlardan (tamoyillardan) foydalanish.Shu bilan birga, dars
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy g'oyalarini amalga oshirishning
bevosita vositasi sifatida eng puxta ishlab chiqishni talab qiladi. Bu litmus testi bo'lib,
muayyan rivojlanish samaradorligini ko'rsatadigan darslardir. Bu yakuniy natija ham,
dizaynning oxirgi bosqichi, ma'lum texnologiyalarni ishlab chiquvchilar tomonidan
ilgari surilgan g'oyalarni amalga oshirish. Bunday darslarni tayyorlash odatdagi
rejimga qaraganda ancha puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Kabi tushunchalardars
ssenariysi, yo'nalishi dars - bu holda, nafaqat yangi o'rganilgan atamalar, balki darsga
tayyorgarlikning muhim qismi. Kelajakdagi multimedia darsini loyihalashda
o'qituvchi katta ekranga texnologik operatsiyalar ketma-ketligi, axborotni etkazib
berish shakllari va usullari to'g'risida o'ylashi kerak. O'qituvchi o'quv jarayonini
qanday boshqarishi, darsda pedagogik aloqa qanday ta'minlanishi, o'quvchilar
tomonidan doimiy ravishda fikr-mulohaza yuritish, ta'lim samaradorligini
rivojlantirish haqida darhol o'ylash kerak.Keling, yana bir nechta atamalarni
aniqlaymiz. "Multimediya ko'magi bilan dars". Shubhasiz, bu darsning nomi,
qaerdao'quv samaradorligini oshirish uchun multimediya qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |