Texnologiya darslarini tashkil etish


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini



Yüklə 360,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix18.12.2023
ölçüsü360,34 Kb.
#184175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Texnologiya darslarini tashkil etish

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini 
o‘qitishning asosiy maqsadi - 
o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda 
texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar 
tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga 
kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini 
o‘qitishning asosiy vazifalari: 
materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik ob’ekt va 
texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; 
texnik ob’ekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat 
operatsiyalarini bilish; 


texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat 
operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; 
texnik 
va 
kreaktiv 
fikrlashni, 
intellektual 
qobiliyatlarini 
shakllantirish; 
texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-
ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish; 
buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda 
mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; 
ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda 
tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda 
rivojlantirishdan iborat. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich 
ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “
Texnologiya va 
dizayn”, “Servis xizmati”
yo‘nalishlarida o‘qitiladi. 
Darsda foydalanadigan metodlar. 
 
Pedagogik faoliyatda bu metod qisqacha
“Kimning ipi ignadan o’tadi”
deb nomlanadi. Mazkur metodda sinf qizlari 
ikki guruhlarga 6-6 ta o’quvchilarga bo’linadi. Doskada igna hamda ip ushlab 
olgan qiz rasmi qo’yiladi ikkala guruhga ham alohida-alohida, ipga mavzular 
bo’yicha savollar qo’yilgan bo’ladi . Guruhlardan bittadan o’quvchilar chiqib 
birin –ketin savollarga javob beradilar. Bu savollar shu o’rinda tuguncha 
vazifasini ham bajaradi.O’quvchilar savollarga javob topsalar tugunchalar 
yechilib ip ignadan o’ta boshlaydi,savollarga javob topilmasa tuguncha 
yechilmaydi guruh ignadan ipni o’tkiza olmaydi. 
“Qaychi” metodi
.
Bu metod amaliy ish vaqtida qo’llaniladi.Sinf o’quvchilari ikki yoki 
uch guruhga bo’linib amaliy ish bajarish vaqtida biror xato yoki kamchilikka 
yo’l qo’yishsa,texnika xavfsizlik qoidalari va sanitariya gigiena qoidalariga 
amal qilishmasa qaychi rasmi tushirilgan jarima kartichkasi beriladi. Amaliy 
ish yakunida olingan jarimalar guruh ballarini qirqish vazifasini bajaradi. 

Yüklə 360,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin