C. 6 ta
. Baholash
Uyga vazifa;
Eskiz chizishga va modellashga tayyorlanib kelish
Ish o’rnini yig’ishtirish.
3-4 Mavzu 15-amaliy mashg’ulot. Yubka chizmasini chizish. Yubka
eskizini chizish va modellashtirish (1-soat)
Darsning maqsadi:
a)
ta’limiy maqsadi – o’quvchilarga yubka chizmasini chizishni
o’rgatish.
b)
tarbiyaviy maqsad - o’quvchilarni tejamkorlikka o’rgatish, estetik
didini rivojlantirish.
c)
rivojlantiruvchi - o’quvchilarni yubka tikishga oid ko’nikmalarini
kengaytirish.
Kasbga yo’naltiruvchi maqsad –
o’quvchilarni modelyer,
bichuvchilik va tikuvchilik kasblariga qiziqtirish.
Darsning vazifasi:
o’quvchilarga yubkalarni farqlashni va tanlashni
o’rgatish
Dars tipi:
yangi bilimlar berish.
Darsning turi:
nazariy va amaliy.
Darsda qo’llaniladigan metodlar:
suhbat, bahs-munozara,
tushuntirish, kichik guruhlarda ishlash, klaster va “nima uchun” usullari.
Darsning jihozi:
chizg’ich, burchagli chizg’ich, TM va 2M qalamlar,
o’chirg’ich, albom, mavzuga oid rangli rasmlar, plakatlar.
Fanlararo bog’lanish:
chizmachilik, etika, estetika, iqtisot.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash “Qaynoqkartoshka”
O’qituvchi o’quvchilarga “qaynoq kartoshka” o’rnida koptok uzatib
savollar beradi.O’quvchi qo’li kuymasligi uchun savollarga tez javob topishi
kerak.
Savollar: 1. Yengil kiyimning turlariga nimalar kiradi?
2.Kamarli kiyimlarga nimalar kiradi?
3. Yubkalar tuzilishi bo’yicha necha xil bo’ladi?
4. Yubkalarning tuzilishi nima bilan farqlanadi?
5. Did bilan kiyinish deganda nimani tushunasiz?
6. Kiyim kiyishda qanday sanitariya va gigiyena qoidalariga amal
qilinadi?
Dostları ilə paylaş: