4- Mavzu: Kashtachilikda rang tanlash. To‘garakning maqsadi: O‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
To‘garakning jihozlari: Ko‘rgazmali rasmlar ,bukletlar,rangli iplardan namunalar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tabiatda ranglarning bunday qo`shilishini ko`pincha kamalakda, quyosh nuri shudring zarralaridan o`tishida ko`rish mumkin. Ko`zga ko`rinadigan spektr uzluksiz o`zgara boradigan qizil, to`q sariq, sariq, yashil, zangori, ko`k, binafsha ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan bo`ladi. Agar spektr ranglarini o`sha tartibda doiraga joylashtirilsa, ko`k- binafsha va qizil ranglar orasida to`q qizil rang bo`ladi.
Kashta tikish uchun kashta gul, rasm bo`lishi zarur. Naqsh- arabcha tasvir gul degan ma'noni anglatadi. Kashtado`zlik san'atida har bir millatning o`ziga xos eng ko`p qo`llaydigan naqshlari bo`ladi. O`zbek kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p bo`lsa, rus kashtachiligida geometrik, o`simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko`p tasvirlanadi, qozoq va qirg`iz kashtachiligida esa ko`proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
To’garak mashg’ulotida o’tilgan bilimlarni mustahkamlash:1.Kahstachilikda rang tanlash usullari qanday?
Uyga vaziga: Kashtachilikda rang tanlashni o’rganish.
Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________
Sana_________
5- Mavzu: To‘qish haqida ma’lumot. To‘garakning maqsadi: O‘quvchilarga to’qish haqida ma’lumotlar berish;
To‘garakning jihozlari: Ko‘rgazmali rasmlar ,bukletlar,to’qilgan buyumlardan namunalar;
Mashg’ulotning borishi:
To‘qish avvalo kishilar hayotida zaruriyat tufayli paydo bo’lgan.Qadimda ular turmushda o’zlariga kerakli bo’lgan narsalarni oddiy materiallardan foydalanib tayyorlaganlar. To‘qish yillar davomida rivojlanib borib,haqiqiy san’at darajasiga ko’tarildi. To‘qilgan narsalar issiq,pishiq va chidamlidir. Siz ham biroz mehnat,chidam bilan ip va ilgak yordamida chiroyli narsalar to’qib,yaqin kishilaringizni xursand qilishingiz mumkin.
Buyumlarni qo’lda to’qish uchun kegay yoki ilgak kerak bo’ladi. Kegay va ilgak bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidasini esda tuting va ishni tugatib,asboblarni maxsus g’ilofga solib qo’yishni unutmang. Buyumlarni asosan jun ip,jun aralashgan ip, ipak ip,paxta ip,quyon va echki tivitidan yigirilgan hamda xom iplardan to’qish mimkin. Kiyim-kechaklar bo’sh chiyratilgan ipdan, dasturxon, salfetka, yoqa, sumka,yoping’ich kabi buyumlar esa puxta pishitilgan ipdan to’qiladi.
Aziz o‘quvchilar, qo‘lda buyum to’qish ham eng qadimgi hunarlardan biri hisoblanadi. To ‘uvchilik kasbini egallash orqali qizlarimizni hayotga tayyorlashdek muhim vazifa bajariladi. Qo’lda buyum to’qish xozirda ommaviy rivojlangan bo‘lib , u kishini mehnatsevarlikka, sabr toqat bilan buyum yaratishga va badiiy ijodkorlikka o’rgatadi.
Qo ‘da to’qish – qadimgi, eng yaxshi lekin eskirmaydigan hunarlardan biri. Qo‘lda to‘qilgan buyumlar dastgohda to’qilgan buyumlardan ham chiroyliroq bo‘lishi mumkin.
To‘garak mashg‘ulotida o‘tilgan bilimlarni mustahkamlash:
1.To‘qish haqida nimalarni bilasiz?
Uyga vaziga:To‘qish haqida yangi ma’lumotlar to’plash.
Ko‘rildi:_________MMIBDO‘:___________
Sana_________
6- Mavzu: To‘qish uchun ishlatiladigan asbob va moslamalar.
Toâ€