Mashg‘ulotning maqsadi: Rangli qog‘oz bilan ishlashga o‘rgatish, , ijod qilishga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Rangli qog‘ozlar, yelim, qaychi, chizg‘ich, kitoblar, plakatlar va bajarilgan ish namunasi.
Mashg‘ulotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.
Ko‘rgazmalar: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, turli rasmlar, kar- ton dan yasalgan ko‘rgazmali quroldan namunalar(“Telefon”, “Olmali daraxt”, “O‘yla, izla, top”)
Pedagogik vazifalar: • Talabalarning kartondan yasaladigan ko‘rgazmali qurollar haqidagi bilimlarini aniqlash;
• Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha ma’lumotlar berish;
• Karton qog‘ozi va uning turlari haqida tushunchalar berish;
• Kartondan turli ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va ulardan
foydalanish haqida tasavvurlarini shakllantirish
• Kartondan “Telefon”, “Olmali daraxt”, “O‘yla, izla, top” ko‘rgazma li qurollarini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarni bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Kartondan ko‘rgazmali qurol tayyorlash uchun ish joyini tashkil qilish fanday amalga oshiriladi?
1. Nima uchun darslarda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi?
2. Yana qanday ko‘rgazmali qurollarni bilasiz?
3. O‘z qo‘limiz bilan qanday ko‘rgazmali qurollarni tayyor lashimiz mumkin?
4. Ko‘rgazmali qurolni tayyorlash o‘quvchilarning qaysi tomonlarini rivojlantiradi va takomillashtiradi?
5. Kartondan tayyorlanadigan yana qanday ko‘rgazmali qurollarni bilasiz?
6. Ko‘rgazmali qurol turlari va ulardan foydalanish yo‘llari?
7. Kartondan ko‘rgazmali qurol tayyorlash uchun ish joyini tashkil qilish qanday amalga oshiriladi?
8. Karton qog‘ozi deb qanday qog‘ozga aytiladi?
9. Kartonning xususiyatlari qanday?
10. Kartonning qanday turlari mavjud? Ko‘rgazmali qurollardan
boshlang‘ich sinflarning barcha fanlarida qo‘llaniladi. Ko‘rgazmali qurollar darslarni
samarali tashkil etishga va
o‘quvchilarni egallanayotgan bilimlarni mustahkam egallashga yordam berdi.
Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashni o‘quvchilarning o‘zlari ham bajarish mumkin. Bu
egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.