«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə21/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:

Topshiriqni talabalar shu darsning ohirigacha ulgurishlari kerak. So‘ngra dars so‘ngida baholanadilar. Uyga vazifa qilib mustahkamlash beriladi. Dars so‘ngida eng yaxshi ishlangan ishlar tahlil qilinadi.
Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.


9–Mavzu: Chiqindi materiallardan buyumlar yasash.
Reja:
1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish.
2. Chiqindi idishlari va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish.
3. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi. 
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga chiqindi idishlari va uning turlari haqida ma’lumot berish. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
O‘qituvchining vazifalari:
• chiqindi idishlari va ulardan unumli foydalanishga o‘rgatish;
• chiqindi materiallaridan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish;
• chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi bilan tanishtirish;
• amaliy ish natijalarini ko‘radi, xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi, baholaydi.
Ta’lim usullari: Ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum”, mustaqil ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, turli chiqindi idishlari, qaychi, yelim, karton.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Chiqindi materiallari bilan ishlash o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida qanday ahamiyatga ega?
2. Chiqindi idishlaridan nimalar yasash mumkin?
3. Tejamkorlik nima?
4. Qanday chiqindi materiallarini bilasiz?
5. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari qanday?

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin