«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə20/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
Savollar:

  1. Kvilling deb nimaga aytiladi?

  2. Applikatsiya deb nimaga aytiladi?

8–Mavzu: Mozaika usulida tabriknoma tayyorlash.
Reja:

  1. Mozaika san’ati haqida tushuncha.

  2. Mozaika bilan ishlash texnologiyasi.

  3. Darslarni to‘g‘ri tashkil etish haqida tushuncha.

  4. Mozaika ishlarining maqsadi va tarbiyaviy ahamiyati. Bolalarni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish.
    Tayanch tushunchalar: o`yinchоqlar, bayrоqlar, suvеnirlar, dеvоriy gazеtalar, stеndlar

Mashg‘lotning maqsadi: Turli materiallar bilan ishlashga o‘rgatish , ijod qilishga o‘rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Qog‘oz yoki karton, elim, qaychi, qalam, daraxtlar va o‘simliklar barglari, kitoblar.
Dars 3 qismga bo‘linadi;

  1. Yangi mavzuni tushuntirish qismi

  2. Amaliy ish qismi.

  3. Baholash qismi.

Mashg‘lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o‘tkazish mumkin.
Yangi mavzuni tushuntirish qismi.
Mоzaika mоnumеntal dеqorativ sa’nat turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mоzaika qo`llaniladigan matеrialiga ko`ra ham, naqsh va rasmlariga ko`ra ham o`ziga хоs хususiyatlarga ega bo`lgan. O`rta Оsiyo madrasalari, machitlar, hukmdоrlarning sarоylari mоzaika bilan bеzatilgan. Mоzaika hоzirgi kunda mоnumеntal sa’natga aylangan. Mоzaika bilan binоlarning tashqi qismlari, dеvоrlari va halq amaliy sa’nati asarlari bеzatiladi. Mоzaika ishlarida оyna,sapоl plitalaridan оfdalaniladi. Lоasda rangli ko`zgu parchalaridan ajоyib mоzaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo`shilib va pоrlab, shоdlik kayfiyatini yaratadi.
Mоzaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qоg‘оz, оyna, sapо, gul tоjibarglari, tuхum po`sti va shu kabilar) qo`yib chiqishdir.
1.Tuхum po`stidan mоzaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo`ritilgan tuхum po`sti mo`yqalam yordamida akvarеl bo`yoqlari bilan kеrakli ranglarga bo`yaladi.
2. Bo`yoq qurigandan kеyin tuхum po`stini tanlangan rasmga ko`ra mayda va yirik bo`laklarga bo`linadi.
3.Tuхum po`stidan mоzaika qilishda shunday tasvirni tanlash kеrakki ularning kоnturlari mumkin qadar tеkis va mayda egri-bugrilari bo`lmasligi kеrak.
4. Kоntur qоra qоg‘оz оrqali o`tkaziladi yoki shablоndan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga еlim surtiladi. U еrga tuхum po`sti tеrib siqiladi, kеyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davоm ettiriladi.
6. Оrtiqcha еlim tоza latta bilan artib tоzalanadi, po`st yaхshirоq yopishishi uchun ustidan sеkin bоsib qo`yiladi.
Bunday ish оdatda eng оddiy kоnturlardan bоshlanadi. Kеyinrоq kоnturlar ancha murakkablashadi.
Turli mеva va sabzavоt, pоliz ekinlarining urug‘lari, danak, baliq tangalari, chig‘anоq, mayda tоshlar bilan хilma-хil mоzaika ishlarini bajarish mumkin
Keyingi yillarda yog‘ochning turli navlaridan mozaika qilish keng tarqaldi. Bu ish unchalik murakkab emas, uni ustaxona sharoitlarida ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun yupqa yog‘och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig‘iladi va keyin ularniasosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi.
Yog‘och mozaika nabori juda qiziqarli va ishning zamonaviy turidir. Hozirgi kunda u keng tarqalgan. Uning aniq, lo‘nda, dekorativ tasvirli yaltiroq polirovka qilingan sathi kvartiralarning zamonaviy planirovkasiga, devorlar rangi, mebellarning qat’iy qatoriga juda mosdir.
Mozaika bilan mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va ko‘pchilik shu narsalarni bezash mumkin.
Yog‘ochga qo‘l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik texnikasining ma’lum qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni ishlayotgan har bir kishi uchun majburiydir.
Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat’iy qoidalari:

  1. Ishni hech qachon o‘qituvchining ruxsatisiz boshlama!

  2. Asboblarni faqat o‘z o‘rnida ishlat!

  3. Yaroqsiz asbob bilan ishlama!

  4. Ishni chet ishlarga chalg‘imasdan bajar!

  5. Asbobuskunalarni o‘zi uchun belgilangan joyda saqla!

  6. Uzun kiyimda bo‘lma, yengingni shimar, choklarini yig‘!

  7. Materialni qo‘lda yo‘nma!

  8. Osilib turganda kesma!

  9. Pichoq bilan o‘zing, o‘rtog‘ing tomonga qarab yo‘nma!

  10. Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza bint bilan bog‘la.
    Mozaika—nafis san’at turi bo‘lib, yog‘och, shisha, gips,sopol buyumlarida naqsh berib bezashda foydalaniladi.
    Mozaika – rang-barang koshin, shisha,marmar, tosh, yog‘och metal parchalari bir-biriga zich terib yopishtirib ishlangan naqsh tasvir monumental-bezak san’ati turlaridan biridir.
    Mozaika tayyorlashning ikki usuli mavjud.

  1. “To‘g‘ridan-to‘g‘ri terish” tosh, shisha, sopol parchalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri devorga, polga, shiftga siment yordamida yopishtirib, suvab tasvir hosil qilinadi.

  2. “Qayta terishda”da koshin, sopol parchalariqog‘oz, metall, yog‘och taxtaga yopishtirib tasvir hosil qilinadi. Keyin shu tasvir tegishli joyga ko‘chiriladi.
    Mozaikaning Qadimgi Sharq mamlakatlarida keng tarqalgani ma’lum. Antik davr va o‘rta asrlarda Vizzantiya, Italiya, Gruziyada XV-XVI asrlarda sharqda, jumladan, hozirgi O‘rta Osiyo teritoriyasida rivoj topgan.
    Samarqand, Buxoro,Xiva kabi yirik shaharlarda mozaika usulidan jozibador koshinkori yozuv va naqshlar ishlangan binolar, minoralar saqlangan.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin