Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga barglar va barglardan applikatsiya yasash haqida ma’lumot berish. Barglardan applikatsiya yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogning vazifalari: • talabalarning barglardan applikatsiya yasash haqidagi bilimlarini aniqlash;
• ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni eslatish;
• applikatsiya ishini bajarish haqida tushunchalar berish;
• barglardan applikatsiya yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum”, ko‘rgazmalilik, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar, oq qog‘oz, barglar to‘plami, yelim, chizg‘ich, qaychi, qalam.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” me-todi asosida savollar beriladi.
1. Qanday daraxt barglarini bilasiz?
2. Daraxt barglariningt xususiyatlari bir xilmi?
3. Mashg‘ulotga kerakli materiallar qanday joylashtiriladi?
4. Qanday asboblar bilan ishlaganda texnika xafvsizligi qoidalaridan foydalaniladi?
5. Tabiiy materiallar bilan ishlashning maqsadi?
Barglar. Barglar o‘yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo‘shimcha material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda bo‘lishi mumkin. Eman daraxtlarining yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanotlari, baliq suzgichlarini (bu o‘yinchoqlar g‘udda va bargdan yasaladi) yasashda qo‘llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo‘lganida terish yaxshi.
O‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglarini, shakllarini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat qilish qobilyatlarini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg‘ulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerak ligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya oxirida suhbatga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tasviri tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanotlarining shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bola lar quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan bajaradilar, agarda applikatsiyalar o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Bunday dars, mashg‘ulot quyidagi sxemaga ega bo‘ladi: