«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»


O‘tkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə29/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

1. O‘tkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat:
a) Qayerda ekskursiyada bo‘ldik?
b) Qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday? 
d) Ularning barglarining shakli bir xilmi? 
e) Qanday qush va parrandalarni bilasiz?
f) Ularning ranglari qanday?
Savol-javobdan so‘ng o‘quvchilarga “Aqliy hujum” metodi orqali qushlarning nomlarini sanab berish so‘raladi.O‘quvchilarning javoblaridan so‘ng qushlarning rasmlari ko‘rsatiladi va “BBB” metodi orqali qushlar haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi
Qush va parrandalar haqida ma’lumot berilgandan so‘ng applikatsiya ishi uchun tayyorlanadigan xo‘rozcha rasmi tahlil qilinadi.
2. Namuna tahlili:
a) Xo‘rozcha qanday qismlardan tashkil topgan?
b) Uning qismlari qanday joylashgan?
d) Uni tasvirlashda qaysi daraxt barglaridan foydalanilgan?
e) Xo‘roz qanday toifaga kiradi?
3. Ishni bajarish tartibini aniqlash:
a) xo‘rozchaning ayrim qismlari (tanasi, qanotlari)ning joylashishini grafik tasvirlash;
b) xo‘rozchaning tanasi va qanoatlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil bo‘lgan barglarni topish;
d) ularni qog‘ozda joylashtirish; 
f) ishni amaliy bajarish.
4. O‘qituvching ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirishlari.
5. Applikatsiyalar bajarish bo‘yicha mustaqil ish:
a) xo‘rozchaning ayrim qismlarini qog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash;
b) shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash;
d) yelimlash ishlarini tartibli bajarish
e) xo‘rozchaning ko‘z va tumshuq qismini to‘g‘ri tasvirlash; 
f) ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan daraxtlarning nomlarini yozish. 
7. Bajarilgan ishni tahlil qilish.
1.Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash. 
2. Xato va kamchiliklarni bartaraf qilish.
8. Ishni baholash. O‘quvchilarning ishlari baholanadi va rag‘batlantiriladi.
Turli barglarni to‘plash o‘qituvchi qo‘ygan maqsadga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘rib chiqilgan va batafsil tahlil qilingan yoki o‘zlari o‘ylab topgan tasvir uchun barglarini to‘playdilar. Yoki aksincha, avval turli barglarni to‘plab, keyin ishni bajarish tartibini aniqlashlari mumkin.
Bargning xususiyatlari va shakllari shunday xilma-xilki, applikatsiyalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan narsalarga bezak berish material sifatida ham foydalanish mumkin. Bu ishlarni bajarish o‘quvchilarning estetik didini, tasavvurini oshiradi va 
ijodiy izlanish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin