«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə37/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

I. Tashkiliy qism: 3 bosqichdan iborat bo‘lib, unda salomlashish, o‘quv xonasining sanitariya-gigienik holati, talabalarning mashg‘ulotga tayyorgarligi, davomat, o‘tilgan mavzuni aniqlash, diqqatni jamlash.
II. Mashg‘ulotning rejasi:
1. Applikatsiya haqida tushuncha.
2. Natyurmort ishlashga o‘rgatish.
III. Mashg‘lotning borishi:
Mehnat ta’limi jarayonida rangli qog‘ozlardan applikatsiya ishlari talaba va o‘quvchilarning ijodkorligini oshiradi va fantaziyalarini rivojlantiradi.
Darsda rangli qog‘ozlardan natyurmort mavzusida aplikatsiya tayyorlash bo‘lib, unda turli narsalardan ( poliz ekinlari, mevalardan, idish va buyumlardan, va h. k.) natyurmort ishlash. Har bir talaba o‘z xohlagan narsalaridan natyurmort ishlashi mumkin. Tasviriy san’at asaridek to‘g‘ri chizilgan, qog‘ozga yaxshi joylashtirilgan rangli qog‘ozlardan moslab, ustalik bilan foydalanilgan holda ta’svirlashlari lozim. Natyurmortda narsalarni fazoda joylashuvi, bir-biriga mutanosibligini hisobga olish lozim. Darsni noan’anaviy usulda olib borish, ya’ni erkin, musobaqa, tanlov asosida olib borish mumkin. Yasaladigan narsa yoki buyum shakli avval oddiy qora qalamda chizib olinadi, so‘ngra ularni qirqib, qog‘oz yoki kartonga yelimlanadi. Dars so‘ngida to‘la bitkazgan va eng yahshi ishlangan ish tanlab olinadi va talabalarga na’muna sifatida ko‘rsatiladi.

IV. Mavzuga oid tushunchalar: shakl, applikatsiya, dekorativ, bezak, natyurmort.
V. Talabalar bilimini baholash:
Talabalarni mavzuga tayyorgarlik ko‘rib kelganligi, mavzuga oid berilgan savollarga javoblari, ish qurollari va yasagan narsa va buyumlariga qarab baholanadi.
VI. Mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
Talabalar fikrlarini umumlashtirib, o‘quvchilarga mehnat tarbiyasi berishning ahamiyatini, qog‘ozning foydali tomonlarini tushuntirish va eng chiroyli tayyorlangan applikatsiyani tanlab, talabalarni rag‘batlantirib, mavzuni yakunlash.
Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin