Amaliy ish taqdimoti 1. Papye-mashe ishlari haqida kirish (boshlang‘ich) suhbat. Suh-
batni ushbu materialni ko‘rsatish bilan birga olib borish kerak: bolalar
namunani ushlab ko‘rishi, shaklini, ustki qobig‘ini his qilishi, rangini
ko‘rishi mumkin.
2. Mavzuni e’lon qilish va o‘yinchoq namunasini ko‘rsatish.
3. Namuna tahlili va papye-mashe yasash usullarini ko‘rsatish. Bu
yerda bolalarni o‘yinchoq namunasini tahlil qilishga, papye-mashe
yasash jarayonining ketma-ketligi haqida o‘z fik rini bildirishga undash
maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarning javobini to‘g‘irlab
beradi va ushbu material bilan ishlashning o‘ziga xosligini ajratib
ko‘rsatishga bolalarning diqqatini qaratadi.
4. Oddiy piyolani olib atrofiga vazelin surtamiz. Qog‘ozni 1×2
sm o‘lchamda bo‘laklarga bo‘lib olamiz. Qog‘oz bo‘laklarini suvga
botirib piyola atrofiga bir tekis yopishtirib chiqamiz.
5. Piyolaga qog‘oz bo‘laklarini bir qavat qilib yopishtirib bo‘lgandan so‘ng, ikkinchi piyolaga suv va un solib suyuq aralashma hosil
qilamiz. Tayyor aralashmani cho‘tka bilan qog‘oz atrofiga surtib chiqamiz. Keyin qog‘oz bo‘laklarini ko‘ndalang qilib ikkinchi qavatga
yopishtirib chiqamiz. Qog‘oz bo‘laklarini shu tariqa 7 qavat qilib
yelimlaymiz. Har bir qavat orasiga suyuq xamirli aralashmani surtib
chiqamiz. Tayyor bo‘lgan papye-mashe ishini 3-4 daqiqa mobaynida
quritishga qo‘yamiz. Quritish jarayonida yelvizak bo‘lmasligi, quyosh
nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushib turmasligi kerak. Qurigan pape-mashe
ishini tekis qilib kesib olinadi. Kesilgan qismi qog‘oz bo‘laklari yordamida bir-biriga yopishtirib yelimlanadi. Papye-mashe ishi ustki qismini rangli qog‘oz bo‘laklari yordamida yelimlab chiqamiz.
6. Papye-mashe ishiga oq qog‘ozdan qo‘shimcha bezak berish
uchun naqshlar chizib olinadi va qirqiladi.Papye-mashe ustiga tayyor
gul naqshi yelim surtib yopishtiriladi. Papye-mashe usulida piyola
shakli tayyor bo‘ldi.
7. Papye-mashening bolalar tarafidan tayyorlanishi. Mehnat jarayonida o‘qituvchi bolalar ishini nazorat qiladi, asbob larni ishlatishda
texnika xavfsizligiga rioya qilishlarini kuzatadi, qiynalayotganlarga
yordam beradi, mozaika ishini takomil lashtirishda uni bezashda mus-
taqil qaror qabul qilishga undaydi, bular ning barchasi bolalar ora sida
o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatning shakllanishiga olib keladi.
8. Tayyor papye-mashe ishini tahlil qilish. Ushbu jarayonda
bolalarda o‘zi va do‘stlari mehnatining natijalarini baholay olish qobiliyatini shakllantiradi.
9. Ish joyini tozalash, asboblarni va qolgan materiallarni yig‘ishtirish kabi ishlar ketma-ketlikda bajariladi.