Baholash qismi. Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
9 – Mavzu: Tuxum po‘choqlaridan hajmdor o‘yinchoqlar yasash. Reja: 1.Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlash.
2. Tuxum po‘chog‘idan o‘yinchoqlar yasash bo‘yicha ma’lumotlar
berish.
3. Tuxum po‘chog‘idan hajmdor o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Hajmdor o‘yinchoqlar haqida
ma’lumot berish. Tuxum po‘chog‘idan hajmdor o‘yinchoq lar yasash
haqida tushunchalar hosil qilish. Tuxum po‘chog‘idan hajmdor o‘yinchoqlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogning vazifalari: • talabalarning hajmdor o‘yinchoqlar haqidagi bilimlarini aniqlash;
• tuxum po‘chog‘idan hajmdor o‘yinchoqlar yasash haqida tushunchalar berish;
• tuxum po‘chog‘idan hajmdor o‘yinchoqlar yasash texno logiyasini
o‘rgatish.
Ta’lim usullari: Amaliy ish, “Aqliy hujum”, ko‘rgazmalilik.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar,
tuxum po‘chog‘i, turli rangli qog‘oz, chizg‘ich, qaychi, qalam, yelim.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini
aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi
asosida savollar beriladi.
1. Tuxum po‘chog‘i ishga qanday tayyorlanadi?
2. Tuxum po‘chog‘idan nimalar yasash mumkin?
3. Hajmdor o‘yinchoqlar qanday ko‘rinishga ega?
4. Tuxum ichi qanday tozalab olinadi?
5. Tuxum po‘chog‘iga qanday rang beriladi?
Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlash 1.Tuxum po‘chog‘i yaxshilab yuviladi.
2. Nina bilan tuxumning yuqori va pastki qismi teshiladi.
3.Tuxum po‘chog‘ining yuqori qismidan puflab ichidagi suyuqlik chiqariladi.
4. Bo‘shagan tuxum po‘chog‘ining ichki qismi suv bilan yuvib
tozalanadi.
5.Tuxum po‘chog‘i qurigandan keyin usti qismi kerakli rangda bo‘yaladi.
6. Xo‘roz o‘yinchog‘ining detallarini yasash uchun rangli qo g‘oz-
dan xo‘rozning toji, tumshug‘i, qanoti, dumi, ko‘zlari chizib, qir qib
olinadi.
7.Rangli qog‘ozdan qirqib olingan detallar; xo‘rozning toji, tumshug‘i, qanoti,
dumi, ko‘zlarini tuxum po‘chog‘ining belgilangan joylariga, ya’ni tojini tuxum po‘chog‘ining yuqori tomoniga, qanotlarini ikki yon tomoniga, tumshug‘ini old tomonining o‘rtasiga, ko‘zlarini tumshug‘ining usti qismiga, dumini tuxum po‘chog‘ining
orqa tomonining pastki qismiga PVA yelimi yordamida yelimlab chiqamiz.