«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»


Mustaqil ish topshiriqlari



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə44/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlang.
2. Tuxum po‘chog‘idan turli o‘yinchoqlar yasang
Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.


10 – Mavzu: Plastilindan mevalar shaklini yasash.
Reja:
1. Plastilin haqida ma’lumot berish.
2. Plastilin bilan ishlash qoidalari.
3. Plastilinga ishlov berish usullari.
4. Plastilindan turli uy jihozlarini yasash texnologiyasini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga plastilin va uning 
turlari haqida ma’lumot berish. Plastilinga ishlov berish va turli shakllar yasash texnologisini o‘rgatish.
Pedagogning vazifalari:
• talabalarning plastilin haqidagi bilimlarini aniqlash;
• plastilin va uning turlari haqida ma’lumot berish;
• plastilinga ishlov berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
• plastilindan turli shakillar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, ko‘r gazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, 
plastilindan yasalgan o‘yinchoqlardan namunalar, plastilin qalamchalari, stek, taxtakach, sochiq.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Plastilinning qanday turlarini bilasiz?
2. Plastilin qanday xususiyatlarga ega?
3. Plastilindan nimalar yasash mumkin?
4. Plastilinga qanday ishlov beriladi?
5. Plastilindan turli shakllar yasash texnologiyasini bilasizmi?
Plastilin bilan ishlashda kerak bo‘ladigan qoidalar:
1.Plastilin bilan ishlashda ayrim qonun-qoidalarga rioya qilishga 
to‘g‘ri keladi. 
2.Plastilin sovuq bo‘lganda ancha qattiqlashib qoladi.
3.Ish boshlashdan oldin esa uni bir oz yumshatish kerak bo‘ladi.
4.Buning uchun plastilin solingan quticha mashg‘ulot boshlani-shidan oldinroq issiqlik manbaiga yaqinroq joyga qo‘yiladi yoki salgina namlangan qo‘lning kaftida tutib turiladi.
5.Natijada plastilin yumshab, ishga tayyor bo‘ladi.
6.Plastilinni qo‘lda uzoq vaqt ushlab turish yaramaydi.
7. Chunki plastilin haddan tashqari yumshab, yopishqoq bo‘lib 
qoladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin