Ipdan o‘yinchoqlar yasash texnologiyasi Amaliy ishni boshlashdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilar ish joyini
tekshirib chiqadi. Kamchiliklar bo‘lsa to‘g‘irlashni maslahat beradi.
Bugun sizlar bilan to‘quv iplaridan jo‘ja tayyorlaymiz.
Yasash bosqichlari: bosqich: Qattiq kartondan o‘rtasi teshik ikkita halqa tayyorlanadiю
bosqich: Halqalarga sariq ip o‘raladi.
3-bosqich: O‘ralgan iplar qaychi bilan qirqiladi.
4-bosqich: Ikki halqa ajratiladi va ipning o‘rtasi qalin ip bilan
bog‘lanadi.
5-bosqich: Dumaloq paxmoq hosil bo‘ladi.
6-bosqich: Jo‘jani ko‘zlari mato parchalaaridan tayyorlanadi.
7-bosqich: Dars yakunida barcha ishlar namoyish etish uchun qo‘yiladi va o‘quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
Ipni bog‘lash usulida o‘yinchoqlarga shakl berish usullari
Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Ipdan qo‘g‘irchoq yasang.
2. O‘yinchoq turlarini tahlil qiling.
Baholash qismi. Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
13 – Mavzu: Filcha yumshoq o‘yinchog‘ini tikish. Reja: 1.Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish.
2.Filcha yumshoq o‘yinchog‘ini tikish haqida ma’lumot berish.
3.Yumshoq o‘yinchoqni tikish texnologiyasini tushuntirish. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Yumshoq o‘yinchoq turlari haqida ma’lumot berish. Yumshoq o„yinchoqlarni bichish va tikish texnologiyasini
O‘rgatish. Pedagogning vazifalari: Talabalarning yumshoq o„yinchoqlarni tikish haqidagi bilimlarini aniqlash;
Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni eslatish;
Gazlamadan andoza olish va tikish bo„yicha tushunchalar berish;
Yumshoq o‘yinchoqlar tikish texnologiyasini o‘rgatish;