«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə48/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Ta’lim usullari: Kichik ma‟ruza, tezkor so‘rov, namoyish etish, suhbat, amaliy ish, taqdimot. 
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar, gazlama turlari, turli rangli iplar, nina, metr, qaychi, gazlama qalami, millimetrli qog‘oz, tsentifon. 
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va 
fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar 
beriladi. 
1. Gazlamaning qanday turlarini bilasiz? 
2. Qanday gazlamadan yumshoq o‘yinchoqlar tikish mumkin? 
3. Yumshoq o‘yinchoqlarni ichiga nima solinadi? 
4. Yumshoq o‘yinchoq turlari qanday? 
5. Yumshoq o‘yinchoqlarni tikishda texnika xavfsizligi qoidalarini bilasizmi? 
Filcha o‘yinchog‘ini tikish texnologiyasi 
Filcha o‘yinchog‘ining andozasini tayyorlashda millemetrli qog‘ozga 
filchaning har bir detali chiziladi. 
Filchani tana qismining uzunligi 6 sm, eni 8 sm, xartumigacha bo‘lgan qismi 4 sm, ikkita oyoq qismi 2 smdan qilib chizib olinadi va chizilgan andoza qaychi bilan qirqib olinadi, quloq va ko‘z o‘rni belgilab 
olinadi.
Filchani quloqlari uzunligi 3 sm eni 2sm, bel qismi uzunligi 11 sm, eni 1,5 
sm, panja qismi 1,5 sm, dum qismi 2sm o„lchamda chizib olinadi va 
chizilgan andoza qaychi bilan qirqib olinadi. 
Filcha o‘yinchog‘i uchun kerakli mato tanlab olinadi. Mato tekislanib 
dazmollanadi. 
Filcha o‘yinchog‘ini andozasini matoga tayyorlash uchun tayyor andozalar 
mato ustiga qo‘yib chizib olinadi. 
Andoza qalam bilan belgilanayotgan bo‘lsa, to‘q matoga andoza oq yoki 
sariq rangi qalam bilan och rangdagi matoga qaro rangli qalamdan 
foydalanish tavsiya etiladi.
Matodagi detallarni qirqishda har tomondan 0,5 sm chok haqi qoldirilib
qirqish kerak. 
Filcha o‘yinchog‘ini tayyorlash uchun bel qismi bitta o‘yinchog‘i qolgan 
detallardan ikkitadan kerak bo‘ladi. Buning uchun andozani bichishda 
matoni ikkiga buklab qirqilsa har bir detaldan ikkitadan hosil bo‘ladi.
Andoza qismlari bir biriga biriktirib qo‘lda tikiladi. Tayyor tikilgan detallar 
metal tayyoqcha yordamida bilan o‘ngiga ag‘dariladi. O‘yinchoq ichi paxta yoki mayda mato qiyqimlari 
bilan to‘ldiriladi. 
Qismlari bir-biriga ko‘rinmas chok bilan birlashtirib tikiladi. O‘yinchoqni ayrim qismlarini jihozlanadi va bezatiladi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin