«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə51/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Pedagogik vazifalar:
• talabalarning kartondan o‘yinchoqlar yasash haqidagi bilim larini aniqlash;
• kartondan modellar yasash haqida tushunchalar berish;
• kartondan harakatlanuvchi o‘yinchoqlar yasash texnolo giya sini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: 
Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, tushuntirish, ko‘rgazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, kartondan tayyorlangan harakatlanuvchi o‘yinchoq turlaridan namunalar, ko‘rgazmalar, 
karton, kley, qaychi, qog‘oz.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini 
umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Karton turlarini bilasizmi?
2. Kartonni modellashtirish texnologiyasi qanday?
3. Texnik modellashtirish nima?
4. Kartondan texnik modellashtirish ishining asosiy mazmuni?
5. Texnik modellashtirishning asosiy maqsadi nima? 
Kartondan modellar yasashda quyidagi bilimlarga ega bo‘ladilar:
1. O‘quvchilar model va maket haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
2. Qo‘l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar. 
3. O‘quvchilar avval o‘qituvchi yordamida, so‘ngra mustaqil tarzda 
modelni yasay bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini, 
qismlar o‘lchovining bir-biriga munosibligini o‘rganishlari.
4. Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligini aniqlay olishlari.
5. Ish joyini jihozlashlari.
6.Belgilash, o‘lchash, ishlov berish, yelimlash va pardozlash bosqichlarini
bajarishlari.
7. O‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z mehnatini hisobga olishlari kerak. 
Kartondan ayiqcha modelini yasash bosqichlari
1. Ayiqcha modelini yasash uchun rangli karton tanlab olinadi
2. Rangli kartonga ayiqning tana qismi chiziladi.
3. Chizilgan shakl qirqib olinadi.
4. Ikkinchi kartonga uning qo‘l va oyoqlari chiziladi.
5. Chizilgan qo‘llar qirqib olinadi.
6. Tana qismiga qo‘l va oyoqlarini biriktirish uchun teshik o‘rni qalam yordamida belgilanib, bigiz bilan teshib olinadi. 
7. Tayyor bo‘lgan qo‘l va oyoqlarni tana qismi ustiga qo‘yib bolt yordamida bir-biriga mahkamlanadi.
8. Ayiqchani harakatlantirish uchun unga ip bog‘lash kerak. Teshiklar o‘rni qalam bilan belgilanib, qo‘yilgan belgilar ustidan bigiz bilan teshib olinadi.
9. Teshiklarning oldi tomonidan orqa tomoniga qaratib ip o‘tkaziladi. Ip o‘yinchoqning markazidan bir-biriga bog‘lanadi. Ipning uch qismiga tugma yoki boshqa qattiq predmet mahkamlanadi.
10. Ipni birgalikda pastga qaratib torganda oyoq va qo‘llar harakatlanishi kerak.
11. Ayiqcha o‘yinchog‘iga qo‘shimcha bezak berish uchun uning og‘iz va ko‘zlarini rangli qog‘ozdan qirqiladi va yelimlanadi. Panjasi qismi chizib qo‘yiladi. Ayiqcha o‘yinchog‘i tayyor bo‘ldi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin