«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə34/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:

    1. Tugma qadab kelish.

    2. Dars ishlanma tuzish.

2 – Mavzu: Qog‘ozdan mozaika yasash texnologiyasi
Reja:
1. Mozaika san’ati haqida ma’lumot berish.
2. Qog‘ozdan mozaika yasash haqida ma’lumot berish. 
3. Qog‘ozdan mozaika yasash texnologiyasini amaliy ko‘rsatish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga mozaika sa’nati 
haqida bilim berish. Mozaika ishining mazmuni haqi da tushunchalar hosil qilish.
Qog‘ozdan mozaika yasash texnolo giyasini o‘rgatish.
Pedagogning vazifalari:
• talabalarning mozaika sa’nati haqidagi bilimlarini aniqlash;
• ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga 
amal qilishni eslatish;
• qog‘ozdan mozaika ishining bajarilishi haqida tushunchalar berish; 
• mozaika ishlarini yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko‘rgazma lilik.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar, oq qog‘oz, turli rangli
qog‘oz, chizg‘ich, qaychi, qalam.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savol lar beriladi.
1. Mozaika san’ati qanday san’at?
2. Mozaikaning materiallari nimalardan iborat?
3. Mozaikani yasashda nimalarga e’tibor berish kerak?
4. Mozaika qachon paydo bo‘lgan?
5. Mozaika usulida qanday inshootlar bezatilgan?
Mozaika san’ati haqida
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan mate rial lariga ko‘ra ham, naqsh va
rasmlarga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoda madrasalar, machitlar, hukmdorlarning 
saroylari mozaika usulida bezatilgan. Hozirgi kunda mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sopol, plitalardan foydalaniladi. Mashhur ustalar tomonidan ayrim shaharlarda rangli ko‘zgu parcha laridan ajoyib mozaika asarlari yaratilgan, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab shodlik kayfiyatini yaratadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin