«texnologiya ta’limi va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə25/74
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#207642
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
texnologiya 2-kurs 2023-2024

Pedagogik vazifalar:
• talabalarning predmetli applikatsiyalar va geometrik figuralar haqidagi bilimlarini aniqlash;
• geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash haqida tushunchalar berish;
• geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash texno logiyasini tushuntirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, ko‘r gazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, applikatsiyadan namunalar, rangli qog‘ozlar to‘plami, chizg‘ich, qaychi, qalam, yelim.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Geometrik shaklli applikatsiya nima?
2. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash talablari?
3. Applikatsiyalarning asosiy materiallari nima?
4. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiya nima?
5. Applikatsiyalar yasash bo‘yicha ish joyini to‘g‘ri tashkil etish nimalardan iborat?
Yangi mavzuni tushuntirish qismi.
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar 
Bolalar predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. 
Atrofimizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin.
O‘qituvchi istalgan predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan birgalikda ko‘rib, uning ayrim detallari qaysi geometrik shakllarga o‘xshashligi, ularni qanday o‘lchamlarda, qaysilarini kattaroq, qaysilarini kichikroq olish, qanday izchillikda joylash tirish kerakligini aniqlaydilar.
Rangli qog‘ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan applikatsiya bo‘yicha juda ko‘p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarning har birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab qilinadigan shakl paydo bo‘lsin.
Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o‘stirishga yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik bilan ishlash ko‘rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko‘rsatish ko‘nikmalari shaklla-nadi. O‘quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material, o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlari shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi mumkin.
Predmetli applikatsiyalar tasvirlash texnologiyasi turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallarga yelimlash yoki mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko‘rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni 
tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyalar 
muvaffaqiyatining garovidir.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o‘sti radi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin