Yangi mavzuni tushuntirish qismi. Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish O‘quvchining chap tomoniga qaychi, chizg‘ich, qalam, o‘lchov metri joylashtiriladi. O‘quvchining o‘ng tomoniga turli chiqindi idishlar, mato bo‘laklari va har xil bezak materiallari joylashtiriladi. O‘quvchining oldi tomoniga plastmassa yelim, chiqindilar uchun quti cha, igna, ip va sochiqcha joylashtiriladi.
Suv idishlari qopqog‘idan choynak tagligi tayyorlash quyidagicha bosqichlardan iborat:
1. Bir qancha metall yoki plastmassa qopqoqlarini keraksiz narsalardan tozalab olinadi.
2. Har bir qopqoqni keraksiz mato bo‘laklari bilan o‘rab, tikib
chiqiladi:
3. Mato bo‘laklari tikilgan qopqoqlarni bir-biriga yopishtirish uchun ko‘rinmas choklar yordamida bir-biriga biriktirib tikib chiqiladi:
4. Qopqoqlarni bir-biriga biriktirishimizda choynak tagligining shakliga e’tibor berishimiz kerak. Taglikning shakli turli ko‘rinish-larda bo‘lishi mumkin (yumaloq, to‘rtburchak, uchburchak, beshburchak, romb va boshka shakllarda)
Mustaqil ish topshiriqlari 1. Mato qiyqimlarini to‘plang.
2. Mato qiyqimlaridan choynak tagligini tiking.
Dars so‘ngida eng yaxshi ishlangan ishlar tahlil qilinadi.
Baholash qismi.
Dars so‘ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko‘rsatib tahlil qilinadi. So‘ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish. Ushbu dars bo‘yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
11–Mavzu: Geometrik figuralardan predmatli applikatsiya yasash. Reja: 1. Predmetli applikatsiyalar haqida ma’lumot berish.
2. Geometrik figuralar haqida ma’lumot berish.
3. Qog‘ozdan geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash texnologiyasini tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarga predmetli applikatsiyalar haqida va geometrik figuralar haqida ma’lumot berish.
Qog‘ozdan geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasashga o‘rgatish.