65
maktab
ustaxonalarida qattiq metal-
larni maxsus
abraziv doiralar yordamida
qirqish mumkin. Uning uchun abraziv doi-
rani elektr charxlagich yoki elektrodrelga
o‘rnatish kerak bo‘ladi. (52-rasm, a, b).
Shpindelning aylanish chastotasi 1500–
3000 ayl/daq bo‘lishi kerak.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Metallni tekislash nima, bu operatsiyani bajarishda qanday asboblar va uskunalar
-
dan foydalaniladi?
2. listli metallni tekislash usullarini tushuntiring va ko‘rsating.
3. Listli metallni rejalash deganda nimani tushunasiz va bu operatsiyani bajarishda
qanday asboblardan foydalaniladi?
4. Chizg‘ich va burchaklik yordamida rejalash usullarini tushuntiring va ko‘rsating.
5. rejalashda qanday nuqsonlar ro‘y beradi?
6. listli metallni rejalashda xavfsiz ishlash uchun nimalar qilish kerak?
Mustaqil amaliy ish
Yupqa list metallni tekislash va rejalash haqida ma’lumot berish.
Jihozlar
metallarni tekislashda va rejalashda ishlatiladigan asbob-uskunalar.
Ish bajarish tartibi
:
1. Zagotovkani tekislash ishlariga doir amaliy tajriba ishlarini bajaring.
2. rejalashtirishga oid amaliy ishlarni bajaring.
3. rejalashtirishda hosil bo‘lgan nosoz mahsulotlarni tuzatish usullarini qo‘llagan
holda to‘g‘rilash operatsiyalarini bajaring.
4. Sirkul bilan markazni rejalashga oid amaliy tajriba ishlarini bajaring.
a) b)
52-rasm.
metallni qirqish:
a –
temir brusok yordamida;
b – elektrocharxlagich yordamida.
3 – Texnologiya 6