Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

АMАLIY MАSHG‘ULОT.
Guruch pishirish.
Аmаliy mаshg‘ulоt uchun zаrur bo‘lgаn аsbоb vа idishlаr: 
gаz plitаsi, 
qozon, turli kаttаlikdаgi idishlаr, kapgir, qoshiq va likоpchаlаr.
Kerаkli mаsаlliqlаr
: guruch 250 
g
, suv guruchning ko‘milishiga qarab, 
tuz 15 
g
, pista yog‘i 30
 g 
(2 osh qoshiq). 


114
Ish bаjаrish tаrtibi:
1. Guruchni yaxshilab tozalab yuviladi va iliq suvda 20 daqiqa 
ivitiladi.
2. 
Qozonni qizdirib, 2 osh qoshiq yog‘ solinadi.
3. 
Guruch qozonga solinadi, aralashtiriladi va tuz qo‘shiladi.
4. 2 daqiqadan so‘ng guruchni 2
 sm  
gacha ko‘mib turadigan darajada 
suv quyiladi.
5. 
Guruch suvni tortib olgach, uni 20–25 daqiqaga dimlanadi (1-rasm, a).
6. 
20–25 daqiqadan so‘ng tayyor bo‘lgan guruch likopchaga solinadi 
va ustidan qaylasi quyiladi, dasturxonga tortiladi (1-rasm, b).
Qayla tayyorlash uchun kerаkli mаsаlliqlаr: 
mol go‘shti – 100 g, 
kartoshka – 1 dona, pomidor – 1 dona, bulg‘or qalampiri – 1 dona, sarim-
soqpiyoz – 3 bo‘lak, selderey – 0,5 bog‘.
Ish bаjаrish tаrtibi:
1. 
Qizigan qozonga 1 cho‘mich yog‘, so‘ng yupqa to‘g‘ralgan go‘sht, 
birozdan keyin piyoz solib, yaxshilab qovuriladi.
2. 
Shundan so‘ng pomidor (yoki tomat) solib, yaxshilab qovurib, ketidan 
kartoshka, so‘ng selderey, 3 dona sarimsoqpiyoz solinadi. 
3. 
Keyin bulg‘or qalampirini solib, biroz qovurib, so‘ng suv solinadi.
4. 
O‘rta olovda yarim soatcha qaynagandan so‘ng, selderey bargini solib, 
olov o‘chiriladi.
а)
b)
1-rasm. 
Guruch pishirish jarayoni.


115

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin