114
Ish bаjаrish tаrtibi:
1. Guruchni yaxshilab tozalab yuviladi va iliq suvda 20 daqiqa
ivitiladi.
2.
Qozonni qizdirib, 2 osh qoshiq yog‘ solinadi.
3.
Guruch
qozonga solinadi, aralashtiriladi va tuz qo‘shiladi.
4. 2 daqiqadan so‘ng guruchni 2
sm
gacha ko‘mib turadigan darajada
suv quyiladi.
5.
Guruch
suvni tortib olgach, uni 20–25 daqiqaga dimlanadi (1-rasm, a).
6.
20–25 daqiqadan so‘ng tayyor bo‘lgan guruch likopchaga solinadi
va ustidan qaylasi quyiladi, dasturxonga tortiladi (1-rasm, b).
Qayla tayyorlash uchun kerаkli mаsаlliqlаr:
mol go‘shti – 100 g,
kartoshka – 1 dona, pomidor – 1 dona, bulg‘or qalampiri – 1 dona, sarim-
soqpiyoz – 3 bo‘lak, selderey – 0,5 bog‘.
Ish bаjаrish tаrtibi:
1.
Qizigan qozonga 1 cho‘mich yog‘, so‘ng yupqa to‘g‘ralgan go‘sht,
birozdan
keyin piyoz solib, yaxshilab qovuriladi.
2.
Shundan so‘ng pomidor (yoki tomat) solib, yaxshilab qovurib, ketidan
kartoshka, so‘ng selderey, 3 dona sarimsoqpiyoz solinadi.
3.
Keyin bulg‘or
qalampirini solib, biroz qovurib, so‘ng suv solinadi.
4.
O‘rta olovda yarim soatcha qaynagandan so‘ng, selderey bargini solib,
olov o‘chiriladi.
а)
b)
1-rasm.
Guruch pishirish jarayoni.