Muhokama uchun savollar
1. Y og'ochning fizik xossalari deganda nimalarni tushunasiz?
2. Yog'ochning elektr va issiqlik o'tkazuvchanligi deganda tiimani
tushunasiz?
3.Nima sababdan h o 'l yog'och elektr tokini o'tkazadi?
4. Yog'ochning teksturasi deganda nimani tushunasiz?
5. Yog'ochning
yoriluvchanlik
va
mixlarni
ushlab
qolish
xususiyatlari haqida gapirib bering.
6.Duradgorlikda qanday yelimlar ishlatiladi?
7.Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlai' nimalardan olinadi?
8.Duradgorlikda bo'yoqlardan qanday maqsadlaida foydalaniladi?
2.8. M ashina, mexanizm elementlari, ularning turlari.
Yog'ochga ishlov berish stanoklari va ularning tuzilishi
Y og'ochga ishlov beriladigan tokarlik stanogining asosiy qismlari:
1-asos; 2-elektrodvigatel; 3-stanina; 4-tasmali uzatma to 'sig 'i; 5-
magnitli ishga tushirgich; 6-alohida yoritgich; 7-oldingi babka; 8-
planshaybali shpindel; 9-tirgak; 10-ketingi babka; 11-shaffof himoya
ekranidan iborat. Y og'ochga ishlov beriladigan tokarlik stanogining
44
asosiy qismi y o ‘naltii;gichli stanina b o ‘lib, ц ikkita tayanch panjalarga
o'rnatiladi. Staninaga oldingi ham da ketingi babka hamda tutgichli
g'aladon joylashgan. Ishchi mexanjzmlar him oya ekrani bilan o'ralgan
qirqish zonasini hosil qiladi. Staninaning tayanch panjalari maxsus
yog'och
asosga mustahkamlangan
chap
tomonida
stanokning
elektrodvigateldan iborat elektrom exanik yuritmasi bo 'lib , u ikki
pog'onali shkivga, shkiv esa tokarlik stanokning oldingi babkasidagi
shpindelga mustahkamlanadi. Oldingi babka korpus - 1, shpindel - 2,
ikki pog'onali shkiv - 3, ponasim pn tasma - 4, sharchali podshipnik -
5, qotjrgich bolt - 6dan tuzilgan. Oldingi babka zagotovkaning
mustah к am I anish i va aylamna harakatini ta ’minlash uchun xizmat
qiladi.
Ketingi babka korpus - 1, markazli pinol - 2, qisgich - 3, vint
mexanizmi - 4, maxovik - 5, qotirgich vint - 6, siquvchi taxtacha -
7dan iborat. Bu babka uzun zagotovkalam ing o 'ng tomondagi uchining
tayanchi vazifasini o'taydi.
Tirgak asos - 1, keskich tayanchi - 2, stopor dasta - 3, siquvchi
maxovik - 4dan iborat. U yo'nish vaqtida keskichning tayanchi sifatida
xizmat qiladi.
Shpindelning aylanma harakati - elektrodvigateldan ponasimon
tasmali uzatma yordam ida amalga oshadi; bu uzatm a ponasimon
ariqchali diametri bar xil ikkita shkiv va ponasimon tasmadan iborat.
Shkiv elektromotor va shpindel vallarining uchlariga mustahkam
o'rnatiladi. Tasmaning bir ponasimon ariqchadan ikkinchi ana shunday
ariqchaga tortilishi natijasida shpindel ikki xil chastotada aylanishi
mumkin. Shpindel oldingi babkaning korpusiga o'rhatilgan va u
sharchali dumalash podshipniklarida aylanadi. Y og'och zagotovkani
mahkam o'm atish uchun shpindelning oldingi uchiga trezubes, patron
va h.k.lar shaklidagi turli m oslamalar burab qo'yiladi. Ketingi babka
korpusi stanina yo'naltirgichi b o 'ylab suriladi. Uni tayyorlanadigan
detal zagotovkasining uzunligiga qarab istalgan holatda qotirish
mumkin. Zagotovkani markazlarga uzil-kesil mahkamlash vint
mexanizmi va maxovikchali pinol yordam ida amalga oshiriladi.
Tokarlik stanogida, asosan, yaproqli daraxtlar - qayin, qora qayin,
zarang, shumtol yog'ochlaridan olingan zagotovkalar yo'niladi. Bu
zagotovkalar quraq, ko'zsiz vayorilm agan bo'lishi kerak. Zagotovkani
tanlashda yo'nish va stanok moslamalariga m ahkamlash uchun
diametri bo'y ich a 5-6 mm va uzunligi bo'yich a 40-60 mm qo'yim
45
hisobga olinadi. Zagotovkaning toresida qalam bilan dioganallar
o'tkaziladi, ularning kesishgan joylariga bigiz yoki kemer bilan
markazlar belgilanadi. Randa bilan bruskaning yon qirralari randalanib
zagotovkani sakkiz qirrali qilinadi. Diametri kichik va uzunligi 150 mm
gacha bo'lgan zagotovkalar patronga oinatiladi. Buning uchun
zagotovkaning uchini biroz yo'nib konusga o ‘xshatiladi. Uzun
zagotovkalaming bir uchi trezubetsga mahkamlanadi. Bunda zagotovka
toresining o'rtasida keyingi babkamng markazi uchun kemer bilan
chuqurcha hosil qilinadi va ishqalanishni kamaytirish uchun solidol
surtiladi. Tirgak yuqori tayanch sirti dastgoh markazlari chizig'idan 2-
3 mm balandroq va ishlov berilayotgan detaldan 3 mm cha pastroq
turadigan qilib oinatiladi. Zagotovkaning tirqishini tekshirish uchun
qo'lda bir marta aylantirib ko'riladi.
Stanoklaming tuzilishidagi umumiylik ular bajaradigan ishlaming
aylanma harakatlar natijasida amalga oshirilishidadir. Harakatni
tasmali, tishli, zanjirli. friksion, chervyakli uzatmalar kabi uzatmalar
bilan m a’lum masofaga uzatish mumkin. Tasmali va friksion uzatish
ishqalanish asosida, tishli va zanjirli uzatish esa tishlar va yulduzchalar
yordamida amalga oshadi. Bulaming har birida harakat uzatadigan
yetaklovchi zveno va undan harakat oladigan yetaklanuvchi zvenolar
bo'ladi.
Tasmali uzatma - bir-biridan m a’lum masofada turgan va tasma
bilan o'zaio bog'langan shkivlarning biridan ikkinchisiga aylanma
harakatni uzatishga xizmat qiladi. Bunda tasma vallaming shkivlariga
o rnatiladi va shkivlarga yetarli kuch bilan tortiladi. Shundagina
shkivlarda tasma sirg'amnaydi. Harakat yetaklovchi zvenodan
yetaklanuvchi zvenoga uzatiladi.
Yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlarning diametri bir xil b o ‘Isa,
harakat bir maromda uzatiladi. Agar yetaklovchi shkivning diametri,
masalan, ikki marta katta boTsa, bunda yetaklanuvchi shkivning
aylanish soni ikki marta ko‘p boTadi va h.k.
Zanjirli uzatmada aylanma harakat bir-biridan m a’lum masofada
turgan val yoki g ‘ildiraklarning biridan ikkinchisiga yulduzcha va
zanjir orqali uzatiladi. Zanjirli uzatma yulduzchalar deb ataladigan
ikkita tishli g'ildirak va ulami birlashtimvchi tutash zanjirdan iborat
boTib, bu zanjir va yulduzchalar metall materiallardan tayyorlanadi.
Friksion uzatmada harakat yetaklovchi valdan yetaklanuvchi valga
bir-biriga qattiq siqilgan silliq g ‘ildiraklar orqali uzatiladi. Bu
46
uzatmalar tikuv mashinalarida, masalan, naychaga ip o'rash da
qollaniladi. Friksion uzatmaning g'ildiraklari sirg'anmasligi. ular
o'rtasida zarur ishqalanish hosil b o lish i uchun bir-biriga qattiq
juftlashib turishi kerak.
K.rivoship-shatunli mexanizm. Bu mexanizm aylanma harakatni
uzatish bilan birga uni o'zgartirishi ham mumkin. Bu holatni ham tikuv
mashinalarining pedal qismida kuzatishimiz mumkin.
Yog'och ishlash stanoklari. O'quvchilar o'quv ustaxonalarida qo'l
mehnatini yengillashtiradigan yoki qo'l mehnatidan ozod qiladigan.
kam vaqt. oz mehnat va mablag' sarflab ko'plab mahsulot ishlab
chiqarish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish imkonini beradigan
yog'och ishlash stanoklarining turlari, tuzilishi. vazifasi, ularni ishga
sozlash, ish vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari
bilan ham tanishadi. Shuningdek, amaliy mashg'ulotlarda bu
stanoklami boshqarishni va ularda qanday ishlashni organib oladi.
Duradgorlik o'quv ustaxonalarida yog och ishlash tokarlik, arralash,
randalash, frezalash, parmalash, o'yuvchi va boshqa turdagi yog'och
ishlash stanoklari ishlatiladi. Yog'och ishlash stanoklari o'quv
ustaxonalarining sahni va xonalaming somga qarab. xavfsizlik
texnikasi qoidalariga amal qilgan holda turlicha joylashtiriladi.
Yog'och
ishlash
tokarlik
stanogi.
Duradgorlik
o'quv
ustaxonalarida TD-120 yoki TSD-120 tipidagi yog'och ishlash tokarlik
stanoklari o'rnatiladi. Bu stanoklar yordamida yog'och materiallardan
har xil aylanish sirtlariga ega bo'lgan detallar. shakldor buyumlar
tayyorlanadi. TD-120 tipidagi yog'och ishlash tokarlik stanogining
asosiy qismlariga stanina 1, oldingi babka 2, ketingi babka 3 va tirgak
4 kiradi. TSD-120 tipidagi stanogida bulardan tashqari o'yuvchi
moslama 5 ham bo'lib, uning yordamida o'yish-teshish ishlari
bajariladi. Stanina stanokning tayanch-tutkich uzeli bo'lib, unga
stanokning qolgan hamma uzellari o'rnatiladi. Staninada ikkita o'zaro
parallel yo'naltiruvchisi bor. ular bo'ylab keyingi babka va tirgak
bo'ylama yo'nalishda suriladi. Oldingi babka ishlanadigan yog'och
materiallami tutib turadi va uni aylanma harakatga keltiradi. Oldingi
babkaning shpideliga pog'onali shkiv kiydirilgan bo'lib. unga tasma
orqali elektr dvigateldan harakat uzatiladi. Tasmani shkivning turli
pog'onalarga almashtirish yo'li bilan shpindelning aylanishlari soni
o'zgartiriladi. Shpindelga ishlanadigan yog'och materialni tutib turish
imkonini beradigan vilka, planshayba, ryumka-patron o'rnatiladi
47
(shpindelga o ‘z-o‘zidan markazlanuvchi uch kulachokli patron
o'matilsa, u vilka, planshayba va ryumka-patronlaming o'rnini bosadi
va bu bilan yog'och materialni o'matish vaqtidagi qiyinchiliklardan
holi boiinadi). Ketingi babka uzun oicham li yog'ochlami markazda
tutib turish vakeskich (parma)lami o'matish imkonini beradi. Yo'nish.
qirqish vaqtida iskanalami tutib (tirab) turish maqsadida tirgakdan
foydalaniladi. Ishlanadigan yog'ochning o'lchamiga va unga qanday
ishlov benlishiga qarab, tirgakni shpmdelga va parallel yoki ko'ndalang
holda staninaga o'rnatiladi. Tirgak hamma vaqt markazga moslanib,
ishlanadigan yog'ochga yaqin o'rnatiladi. Ketingi babka va tirgak
staninaning yo'naltiruvchilari bo'ylab oldingi babkaga nisbatan kerakli
masofaga surilgandan so'ng tortqi boltlar yordamida staninaga
qo'zg'almaydigan qilib qotirib qo'yiladi, Tayyorlanadigan detal va
buyumlaming o'lchamiga qarab ishlanadigan yog'ochlar stanokka turli
xil moslamalar: vilka va markaz, planshayba, ryumka-patron.
kulachokli patronlar (moslangan bo'lsa) yordamida o'rnatiladi. Bunda
uzun o'lchamli, kichik diametrli yog'ochlar vilka va markaz orasiga,
qisqa o'lchamli, kichik diametrli yog'ochlar lyumka-patronga, qisqa
o'lchamli, katta diametrli yog'ochlar esa planshaybaga o'rnatiladi.
Yog'och ishlanadigan tokarlik stanoklarida yo'nish, qirqish ishlari
maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi. Yo'nuvchi (reyer) va
qirquvchi (mayzel) iskanalar bo'ladi. Yog'ochni xomaki yo'nish, botiq
sirtlar hosil qilish, ichki sirtlarni yo'nib kengaytirish yo'nuvchi iskana
yordamida bajariladi. Bu iskana nov shaklida bo'lib. tig'i voysimon
ko'rinishda bo'ladi. Xomaki yo'nilgan sirtlarni pardozlash, qavariq
sirtlar hosil qilish, tayyor detallarni qirqib tushirish ishlari qiruvchi
iskana yordamida bajariladi. Yog'och ishlanadigan tokarlik stanogida
ishiash vaqtida quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalaiiga rioya qilish
talab etiladi:
1. Shpindelning hamma vaqt to'g'ri (ishlayotgan odam qarab)
avlanishiga e tib o r berish kerak. Shpindelning to'g'ri aylanishini
ta'minlash uchun elektr dvigateli vklyuchatel yordamida ulanadigan
qilib sozlanadi (har qanday yog'och ishlash stanogida elektr dvigatelini
yurgizish va to'xtatish vklyuchatel yordamida bajariladi). Elektr
dvigateli hech vaqt pereklyuchatel yordamida boshqariladigan qilib
sozlanmaydi;
2. Ishlanadigan yog'ochlami markaz va vilka orasiga, patronlarga,
planshaybaga mahkam o'matish lozim. Shunday qilinmasa, shpindel
48
katta tezlik bilan aylanayotganda, yo'nish ishlari bajarilayotganda
yog'och tutqichlardan chiqib ketishi va ishlovchini shikastlashi
mumkin. Buning oldini olish maqsadida yog'och o'matilgandan so'ng
birdaniga yo'nishni boshlamasdan, oldin qo'l bilan yog'ochni
aylantirib, uning puxta o'matilganligiga va tirgakka tegib qolmasligiga
ishonch hosil qilinadi;
3. Shpindel aylanib turganda vilka va markaz orasiga yog'och
o'matmaslik kerak;
4. Ish vaqtida tirgakni hamma vaqt markazga moslab, yog'ochga
yaqin o'm atib borish zarur. Buning uchun yo'nish davomida vaqti-
vaqti bilan tirgakni yog'ochga yaqinlashtirib surib boriladi. Tirgak
yog'ochdan uzoqlashganda keskich (iskana)ga ta’sir etuvchi, kuch ortib
ketib, uni tutib turish qiyinlashadi, iskana tushib ketib. yog'ochning,
ya’ni tayyorlanayotgan buyumning sifatini buzadi.
.
Tirgaksiz yo'nish va qirqishga ruxsat etilmaydi (tayyor buyumlami
jilvirlab. pardozlashda jilvir qog'oz tutilsa, qo'l tirgakka qadalib
qolmasligi uchun tirgak olib qo'yiladi);
5
. Ish vaqtida ketingi babka va tirgakni stanina yo naltiruvchilariga
mahkam qotirib o'rnatish kerak. Aks holda yog'och maikazdan chiqib
ketishi, tirgakka qadalib qolishi natijasida ish sifati buzilishi va
ishlayotgan odamni shikastlashi mumkin;
6. Stanokni to'xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo'l
bilan tekshirish, o'lchamini aniqlash taqiqlanadi;
7. Ish vaqtida himoya ko'zoynagi taqib olish zarur.
Parmalash stanogida ishlaganda quyidagi xavfsizlik texnikasi
qoidalariga rioya qilish talab etiladi:
1. Shkivlami ihotalab qo'yish kerak;
2. Ish vaqtida tasmani almashtirish yaramaydi;
3.
Shpindelni to'xtatish
uchun tasmani
qo'l yordamida
tormozlamaslik kerak;
4. Ish vaqtida parmani yog'ochdan o'tib ketib, plitani parmalab
qo'ymasligi,
uni ishdan chiqarmasligi lozim.
Buning uchun
parmalanuvchi yog'och ostiga ehtiyot taxtasi p'matiladi;
5. Parmalash katta tezlikda olib boriladi. Shuning uchun
parmalanadigan yog'ochni mahkam ushlash, qo'yib yubormaslik talab
etiladi. Aks holda yog'och qo'ldan chiqib ketib, ishlayotgan odamni
shikastlaydi.
49
|