M uhokama uchun savollar
1. Detallarni rejalash deganda nimani tushunasiz?
2. Rejalash asboblaridan foydalanish usullari haqida nimalar
bilasiz?
3. Dastaki arra bilan (chilangarlik arrasi) metallami kesish qanday
amalga oshiriladi?
4. Metallni arralash oxiriga yetay deb qolganida nima sababdan
arraga bosimni kamaytirish zarur?
5. Egovlash deb nimaga aytiladi?
6. Egovlash necha tufli boiadi?
7. Zubilo haqida m aium ot bering.
3,5. M etallga ishlov berishda qo‘Haniladigan dastgohlar hamda
elektr mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar
Tokarlik-vint qirqish stanogi metall qirqish stanoklarj jumJasiga
kiradi (bular texnologik mashinalar deb yuritiladi). Unda kesuvchi
asboblar yordamida metall yoki boshqa zagotovkalardan qirindilar
chiqarib, kerakli shakl va oicham dagi buyumlar yasaladi. Tokarlik
stanogida zagotovka aylanma harakat qiladi, bu asosiy harakat deyiladi.
Kesuvchi asbobning ishlanayotgan zagotovka o ‘qiga nisbatan bo'ylama
64
va ko'ndalang yo'nalish bo'yicha ilgarilanma harakati surish harakati
deb ataladi.
Detallar yo'niladigan va rezbalar ochiladigan dastgoh - tokarlik
vintqirqish stanogi deyiladi. Hozirgi paytda maktab ustaxonalarida TV-
6, TV-7 rusumli (markali) stanoklardan foydalanilmoqda (bunda: T -
Токарпыу, V - vintoreznwy; raqamlar stanokni chiqqan tartib
raqamlaridir).
Tokarlik stanogi stanina, support, fartuk, ojdigi va ketingi babkalar.
uzatmalar qutisi, elektr dvigateli kabi asosiy qismlardan iborat
Stanina asos hisoblanadi, Unga stanokning qplgan barcha qismlari
o'rnatiladi. Staninaning yo'naltirgichi bo'lib, unda support va ketingi
babka harakatlanadi. Oldingi babka zagotovkani mustahkamlash uchun
stanokning chap tomoniga o'rnatiladi va u zagotovkaning aylanma
harakatini ta ’minlaydi. Ketingi babka uzun zagotovkaning uchini tutib
turadi. Unga kesuvchi asboblar (parma, zenker, razvyortka) o'rnatiladi.
U uchta asosiy qism: korpus, pinol va plitadan tuzilgan. Pinolniig
konussimon chuqurchasiga markazni yoki asbobni o'matish mumkin.
Zarur bo'lsa, konussimon teshiklami o'yish uchun ketingi babkaning
korpusi ko'ndalang yo nalishda suriladi.
Support keskichlami
keskichtutgichga o'matish va ulami qo'lda yoki mexanik usulda
ishlanayotgan zagotovkaga nisbatan b o ‘y lama va ko'ndalang
yo'nalishda surishga mo'ljallangan. Gitara aylanishni tezliklar
qutichasida surish qutichasiga surish uchun xizmat qiladi. Surish
qutichasi aylanishni yurish vintiga yoki yurish valiga uzatadi. lining
konstruksiyasi stanokni kerakli surishga yoki rezbani ochish qadamiga
moslashga imkoniyat yaratadi. Ponasimon tasmali uzatma aylanma
harakatni elektr odvigatel tezliklar qutichasining valiga uzatadi. Fartuk
supportni qo'lda bo'ylamasiga surishga, shuningdek, yurish valchasi va
yurish vinti bo'ylamasiga mexanik usulda surishga mo'ljallangan.
Q o'lda surish maxovik yordamida bajariladi. Maxovikning
validagi tishli g'ildirak reykali shestemya valchasiga o'matilgan tishli
g'ildirakka ilashadi. Bu g'ildirak esa staninaga mahkamlangan tishli
reykaga doimiy ilashgan bo'ladi. Mexanik suri,sh yurish valchasidan
sirpanuvchan shponkaga o'matilgan chervyak orqali amalga oshadi.
Chervyak g'ildirakni. aylantiradi va harakat kulachok muftasi orqali
hamda tishli g'ildiraklar orqali reyka shestemyasiga uzatiladi. Mexanik
surilishni boshlash uchun dasta o'ziga tomon burish kerak. Yurish vinti
mexanik surish dastasi pastga burish bilan bajariladi. Shunda
65
ajraladigan gayka ikkala yarmi yurish vintiga birikadi. Rezba ochishda
tishli g'ildirakni knopka yordamida reykaga ilashishdan chiqarish
lozim.
Xavfsiz ishlash uchun stanokning barcha harakatlanadigan
qismlari maxsus to‘sqichlar bilan to‘siladi. Keskichtutgich ustidagi
kotarm a ekran va tokarlik patronining to'sqichi elektr o-blok bilan
jihozlangan. Shuning uchun to'sqich va ekran yopiq holatda
turganidagina statiokm ishga tushinsh mumkin. Tezliklar qutichasi
silindrsimon tishli uzatmalardan iborat bo‘lib, ular ham tasmali
uzatmalar singari uzatish soni bilan xarakterlanadi. Shpindelning
aylanish chastotasini o‘zgartirish uchun tezliklar qutichasida tishli
g ‘ildiraklar bloki mavjud bo‘lib, ularni valuing bo‘ylamasiga ariqchalar
yoki shponkalar orqali surish mumkin. Keyingi yillarda sonli dastur
bilan boshqariladigan dastgohlar keng qollanila boshladi. Dasturli
boshqarish yordamida asboblar (ishlov berish markazlari) o'zidan o'zi
almashinadigan dastgohlar yaratildi. Sonli dastur bilan boshqariladigan
dastgohlar o‘matilgan uchastka va sexlar elektr on-hisoblash
mashinalari yordamida ishlaydi. Ana shunday dastgohlar ishining
dasturlarida detallarga ishlov berish tartibi, dastgohdagi ishchi
organlarning harakati, ana shu harakatlaming tezligi va aniqligi nazarda
tutilgan, ya’ni detallarga ishlov berishning texnologik jarayonlari
hisobga olingan. Shunday dastgohlar insonning aralashuvisiz, faqat
uning nazorati ostida ishlaydi.
Tokarlik vintqirqish stanogida ishlashni o ‘zlashtirish uchun,
aw alo, uni boshqarish yollarini bilib olish kerak. Sizlar birinchi galda
dastgohni q o id a boshqarishni o ‘rganasizlar. Q o id a boshqarishda
shpindel qo‘zg‘almas bolishi lozim. Bo‘ylama va ko‘ndalang surish
inaxovikchalarini aylantirib, keskichni zagotovkaning sirtida 1-1,5 mm
masofaga suriladi. Keskichni bo'ylam a surish patron kulachogiga 5-6
mm qolganida to'xatiladi. Keyin ko'ndalang surish maxovikchasini
aylantirib keskichni zagotovkadan uzoqlashtiriladi. Bu operatsiya bil
necha marta takrorlanadi. Dastgohni sinab k o ‘rishdan oldin keskichni
zagotovkadan uzoqroq tutib, o‘ng tomonga olinadi va ishga tushirish
knopkasi bosiladi. Bunda patronning yuqori qismi ishlash tomoniga
aylanishi kerak. Shundan so'ng dastgoh to‘xtatiladi. Ishga tushirish
sxemasidan foydalanib, tezliklar va surishlar qutichalarining dastalari
yordamida dastgohni zagotovka, aylanishning kerakli chastotasiga
hamda keskichni uzatishga sozlanadi- Ba’zan aylanishining zarur
66
chastotasini belgilashda dastalar siljimay qoladi. hollarda shpindelni
qo'l bilan aylantirish kerak, shundan keyin dastalar o'z joyiga keladi.
Dastgohning harakatlanadigan barcha qismlari tamomila to'xtaganidan
keyingina tishli uzatmalami almashtirish mumkin.
Tokar va chilangarning ish o‘rinlarini to‘g ‘ri tashkil yetish zarur.
Buni asosiy omillari ustaxonadagi ish o'rinlarini mehnat jarayoniga
moslab tashkil qilish, ixtisoslashtirish, material va asbob-uskunalar
bilan ta’minlash, xavfsiz ishlash shaToitini yaratishdir. Yana asosiy
shartlardan biri - o'quvchilarni mehnat intizomiga va mas’uliyatni his
qilishga o'rgatishdir. Mashg'ulot boshlanguncha ustaxonadagi ish
o‘rinlarida asboblaming to la komplekti, yasaladigan buyum yoki
detaining chizmasi, modeli va texnologik xaritasi tayyor turishi,
topshiriqlar atiiq belgilangan bo'lishi shart. Tokarlik ish о ‘mi da asbob-
uskunalar, stulcha xizmatini M myilipn, texnologik asbob-uskunalar
saqlanadigan tumbochka, zagotovka, tayyor detallar, ko'chma tara,
topshiriq grafigi va detallarni yasash texnologik xaritasi yopishtirib
qo‘yiladigan ekran, mexanizm to ‘xtab turganini bildiradigan 3 xil
rangli signal tizimi, oyoq tagligi, ko'proq ishlatiladigan yordamchi
asbob-anjomlar turadigan taxta, maxsus qirindi qaytargich, o lchov
asboblari
turadigan
maxsus
maydonchali
kronshteyn,
qirindi
tushadigan tarali chuqurcha, qirindini yig'ishtirib oladigan kurakcha va
supurgi, vint yordamida ko'tariladigan o ‘rindiqlar boiishi shart.
Metallarga ba'zan sovuq holda ham ishlov berishga to 'g 'ri keladi.
Bu ishni chilattgarlarbajaradi. Shuning uchun chilangarlaming ish o‘mi
ham zarur tartibda jihozlangan bo'lishi kerak. MaTumki, chilangarning
ish o'm i tiski bilan belgilanadi. Tiski odatda ish o'riga - dastgohning
o'rtasiga joylashtirildi. Bunda o ‘ng qo'l bilan ishlatiladigan asboblar
o'ng tomonga, chap q o i bilan ishlatiladigan asboblar esa chap tomonga
tartib bilan terib qo‘yilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |