Kirish. Jahonda qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish uchun dalalarni ekishga
tayyorlashning resurstejamkor texnologiyalari va ularni amalga oshiradigan texnika vositalarining
yangi ilmiy-texnikaviy asoslarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borilmoqda
. Ushbu yo‘nalishda ish organlari ilgarilanma va aylanma harakatlanadigan tuproqqa
ishlov beradigan mashinalarni ishlab chiqish va ular ishchi qismlarining tuproq bilan o‘zaro
ta’sirlashish jarayonida resurstejamkorlikni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ilmiy izlanishlarni olib
borish muhim masalalardan hisoblanadi [1]. SHu jihatdan ish organlari sferik disk ko‘rinishida
bo‘lgan ikki yarusli diskli pluglarni ishlab chiqish zarur hisoblanmoqda. Respublikamiz qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnat va energiya sarfini kamaytirish, resurslarni tejash, qishloq
xo‘jalik ekinlarini ilg‘or texnologiyalar asosida etishtirish va yuqori ish unumiga ega bo‘lgan
qishloq xo‘jalik mashinalarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga
oshirilib, jumladan dalalarni shudgorlashda kam energiya sarflab, texnologik jarayonlarni sifatli
bajarilishini ta’minlaydigan texnika vositalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Masalaning qо‘yilishi va tadqiqot usuli. Ushbu ta'kidlanganlar asosida Qishloq xo’jaligini
mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI)da don, takroriy va boshqa qishloq
xo'jaligi ekinlarini yetishtirish uchun yerlarga asosiy ishlov berish(shudgorlash)da qo'llaniladigan
diskli plug ishlab chiqilgan[2] va uning mintaqamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos parametrlarini
asoslash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilgan.
Yaruslab shudgorlaydigan ag’dargichli plug
bu usulda shudgorlash uchun ramaga qamrov
kengliklari bir xil bo‘lgan (
b =35 sm) ustki
1 va pastki
2 korpuslar bir-biriga nisbatan 450-550 mm
masofada ketma-ket o‘rnatiladi.
Gorizontal tekislikda ustki korpus pastkiga nisbatan haydalmagan chap tomonga 130 mm ga
surilib o‘rnatilgan (1-rasm). Ish jarayonida ustki korpus chuqurligi
a u =10 sm, kengligi
b =35 sm
113
1 – ustki; 2 – pastki yarus korpuslari; A, B – ustki, pastki yarus palaxsalari.