1- rasm. Ikki yaruslab shudgorlash sxemasi: bo‘lgan
A qatlamni
A ′ holatgacha to‘ntarib yotqizadi. Uning orqasida kelayotgan pastki korpus
chuqurligi
a p =20 sm, kengligi
b= 35 sm bo‘lgan
B qatlamni ag’darib,
A ′ ning ustiga chiqarib
tashlaydi. Ba’zan korpuslar
a u =
a p =15 sm qilib ham o‘rnatiladi. Yarusli plugdan so‘ng qoladigan
shudgor devori pog’onasimon ko‘rinishda bo‘ladi.
Demak, yaruslab shudgorlashdagi
A qatlam yuzasidagi begona o‘tlarning qoldiqlari to‘liq va
chuqur ko‘miladi, keyinchalik ularning ko‘karib chiqishi qiyinlashadi. Bu usulning yana bir
afzalligi shundaki, o‘rib olinmagan g’o‘zapoya va boshqalarning chuqur ko‘milishini ta’minlaydi.
Korpus ta’sirida tuproq palaxsasi to‘liqroq ag’darilishi uchun korpus qamrov kenligi
b shudgorlash chuqurligiga
a ga nisbatan kamida 1,3 barobar katta bo‘lishi (
b/a >1,3) kerakligini
hisobga olsak. Ikki yaruslab shudgorlashda esa
b/a u = 1,5 ustki korpusga; pastki korpus uchun
b/a p = 1,75, ya’ni 1,3 dan ko‘p bo‘lishi palaxsalarning o‘ta sifatli ag’darilishiga asos bo‘ladi [3].
2-rasmda disk tomonidan kesib olingan palaxsani ag’darilish jarayoni tasvirlangan. Bunda
palaxsa deformatsiyalanmaydi va o’z shaklini o’zgartirmaydi deb qaralgan. Lekin aslida esa
ag’darilayotgan palaxsa uvalanish natijasida, u disk ish sirtida bo’laklarga bo’linib
harakatlanadi[4, 5].
2-rasm. Oddiy diskli plug korpuslari tomonidan palaxsalarning ag’darish sxemasi. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi.