Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 19
~ 10 ~
O`QUVCHILARNI MA`NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA
O`QITUVCHILARNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI
Usmonova Dilobar
Qashqadaryo viloyat PYaMO’MM
Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7698854
Annotatsiya.
Maqolada
o`quvchilarni
ma`naviy-axloqiy
tarbiyalashda
o`qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari haqida
ma’lumotlar bayon etilgan. Shu bilan birga zamonaviy darslar va bu darslarni tashkil
etish yo’llari bayon etilgan.
Kalit so’zlar.
Ta’lim tizimi, darslar, zamonaviy darslar, didaktik o’yinlar, ijodiy
imkoniyatlar, interfaol usullar, o’qituvchi mahorati.
Abstract.
The article describes the methods of teachers' use of modern Q 50%
pedagogical technologies in the spiritual and moral education of students. At the same
time, modern lessons and ways of organizing these lessons are described.
Keywords.
Educational system, lessons, modern lessons, didactic games, creative
methods, possibilities, interactive teaching skills.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan vaqt
mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta
yutuqlarga erishdi. Ba’zan tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan
bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan
intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li ilk samarasini ko’rsatayotgan, yangicha
tafakkur, g’ayrat va shijoat bilan yangi avlod vakillari maydonga kirib kelayotgan
O’zbekiston zaminida mustaqillikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash,
tinchlik va barqarorlikni asrab – avaylashga ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada
kuchaymoqda.
Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning
falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi.
Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va
tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti–
harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–
istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki
olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq bo’lib bir-birini
to’ldiradi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 19
~ 11 ~
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, balki
ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O’zbekistron
Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda
ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Bugungi kun ta`lim tizimining maqsadi o`zgarishlar, yangilanishlar sharoitida
mustaqil holda o`ziga to`g`ri yo`l topa oladigan, barcha imkoniyatlarning yuzaga
chiqara oladigan erkin ijodkor shaxsni-barkamol yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Bu
esa o’z navbatida, ta’lim tizimida ham yangilanishlar zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Bugungi kun talabiga javob bera oladigan zamonaviy darslarning asosiy shartlari
uning qiziqarli o’tilishi, o’quvchilarni zerikmasligidir. Bilim oluvchini mustaqil o’qib-
o’rganishiga undaydigan bunday darslarda ta’limiy o’yinlardan foydalanish katta
ahamiyatga egadir. O`yinlar orqali o’quvchining faolligi ortadi, ijodiy imkoniyatlari
ro’yobga chiqadi. Didaktik o’yinlarning asosiy turlari; aqliy harakatli va aralash
o`yinlaridan iborat. Bular o`quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma`naviy,
psihologik,estetik, badiiy ko`nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O`yinlar
o`quvchilarni ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga o`ylashga, erkin fikr yuritishga,
muloqotga,ijodkorlikka undaydi.
Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy rolli, ishchanlik va boshqa
yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda taxlil qiliosh, mantiqiy fikrlash,
tatqiq qilish , hisoblash, o`lchash/ yasash,kuzatish, hulosa chiqarish, solishtirish,
mustaqil qaror qabul qilish, nutq o`stirish, til o`rganish va yangi bilimlar olish
faoliyatini rivojlantiradi.
Didaktik o`yinlar turlarini tanlashda o`qituvchi quyidagi mezonlarga rioya qilishi
zarur:
- ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha (o`gil bolalar, qizlar yoki aralash);
- O`quvchilarning soni bo`yicha (yakka, guruxli,juftlik, kichik gurux va hk);
- O`yin jarayoni bo`yicha (fikrlash, o`ylash, topag`onlik,harakatlar,musobaqa,
berlashuv)
- Vaqt meyori bo`yicha (dars davomida, ma`lum vaqt oralig`ida, g`olib
aniqlanguncha va hk).
O`yinlarni qo`llashdan oldin o`qituvchi o`quvchilarga uning shartini tushuntirishi
va imkon qadar birgalikda bajarishi lozim. Buning uchun o`qituvchining o`zi o`yin
shartini obdon o`rganishi, uni o`quvchilarga taqdim etish usullarini oldindan bilishi
kerak. Qaysi darsda, qaysi mavzuda qanday o`yindan foydalanishiga etibor berish
shart. Interfaol usullar ta`lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining
faolligiga, erkin va mustsqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda
bilim olish qiziqarli mashg`ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo`llanilganda mustaqil
ishlash ko`nikma va ma`lakasi rivojlanadi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 19
~ 12 ~
Ma`lumki, hozirgi kunda intrfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo`lib,
ularning aksaryati tajriba- sinovidan o`tib, yaxshi natija bergan. Eng asosiylaridan biri-
bu kichik guruxlarda ishlash. Ta`lim jarayoni qatnashchilari kichik guruxlarga
bo`lingan holda ishlaydi, o`quv topshiriqlari alohida bir o`quvchiga emas, balki kichik
guruxning barcha azolariga beriladi. Guruxlarning har bir a`zosi topshiriqni bajarishga
o`z hissasini qo`shishga harakat qiladi.
Pedagogik texnologiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim
hayotiy yutuq va muammolarga o`z munosabatlarini bildirishga intilishlarini
tarbiyalab, ularni fikrlashga, o`z nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Innavatsion texnalogiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi
faoliyatiga yangilik o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
usullardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o`qituvchi o`quvchilarning faoliyatini dars
maqsadiga yo`naltiradi. Bu usullarning o`ziga hosligi shundaki, ular faqat pedagog va
o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday
pedagogik hamkorlik jarayoni o`ziga hos hususiyatlarga ega bo`lib, o`quvchining dars
davomida befarq bo`lmasligi, mustaqil fikrlashi, ijod va izlanishga jalb etilishi, ta`lim
jarayonida fanga bo`lgan qiziqishlari doimiylagi ta`minlanishi, o`qituvchi va
o`quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatining doimiy ravishda tashkil etilishini
ta`minlaydi.
Har bir o`qituvhi o`quvchilarning yaxshi o`qishlarini, darslarga ishtiyoq bilan
yondashishlarini istaydi. O`quvchi darsga qiziqmasa, o`qituvchining shijoatini
so`ndiradi.Bu, albatta, pedagogik jarayonda bir qator muammolarni vijudga
keltiradi.Zero, V. Suxomlinskiy aytganidek, ”Agarda o`quvchida o`qishga qiziqish
bo`lmasa, barcha izlanishlarimiz- u o`ylagan niyatimiz puchga chiqadi”.
O`quvchi darslarga befarq bo`lib, unga qiziqmasa va extiyoj sezmasa, samarali
o`qitishga erishish mushkul. Shu sababli o`qituvchi oldida o`quvchini o`quv
jaroyoniga qiziqtirish vazifasi turadi.
Bolalarni darslarga qiziqtirishda boshlang`ich sinfdayoq jiddiy muammolarga
duch kelinadi. Chunki bolalar ko`p chalg`ishadi, shovqin- suron qilishadi, o`qituvchini
tinglashmaydi, sinfdagi mashg`ulotlar va uy vazifalarini bajarishga qunt qilishmaydi.
O`quvchi ulg’aygan sari ba’zan ularning fe’l-atvorida o’qishga qiziqmaslik bilan
bog’liq sabablar ham ko`payib boradi. O`quv faoliyatini jonlantirishga intilishning
an`anaviy usuli bu – yomon baxolar bilan ”siylash” hisoblanadi. O`quvchi yomon
baxodan ta`sirlanadi, ammo bu xam har doim ijobiy samara bermaydi.
Bolada o`qishga bo`lgan qiziqishni oshirish uzoq muddat davom etadi, aniq
maqsadga yo`naltirilgan va o`ta mashaqqatli mexnat ta`lab qiladi. Boshlang`ich
ta`limda bolalarni o`quv faoliyatiga qiziqtirish ”Dars- sayoxat”, ”Dars-o`yin”,
”Yozuvchilar bilan uchrashuv”, Syujetli dars, ”Dars- musobaqa’,”Dars-
tatqiqot”,”Ijodiy ishlar himoyasi” kabi dars turlarini tashkil etish orqali amalga
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
UIF-2023: 8.2 | 2181-3035 | № 19
~ 13 ~
oshiriladi. Darsning tirli bosqichlarida qiziqtirishning har xil usul va yo`llarini qo`llash
o`quvchilarning o`qishga bo`lgan intilishini mustahkamlaydi.
Bu o`rinda ko`p narsa pedagogning mahorati, uning o`quv- tarbiya ishini tashkil
eta olish qobilyati, ijodi va doimiy izlanishiga bog`liq. Qaysidir ma`noda standart
darsdan yiroqlashish, o`quvchilar e’tiborini tortish, ular faoliyatini jonlantirish, ularni
fikrlash, izlanish va harakat qilishga undash uchun yangi dars o`tish jarayonlari kerak
bo`ladi.
O`quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma xil metodlardan foydalaniladi:
Birinchidan, maktabdagi o`qish jarayoni yuksak darajada uyishtirilishi kerak. Buyuk
nemis pedagogi A.V. Disterveg takidlaganidek, yaxshi o`qitish bilangina o`qituvchi
o`quvchini yaxshi tarbiyalay oladi.
Ikkinchidan, axloqiy tarbiya jarayonining muvofaqqiyati o`quvchilar va
o`qituvchilar jamoasining saviyasiga bog`liq. Jamoa axloqli bo`lsa, bolalar intizomli
bo`ladi.
Uchinchidan, tarbiyaviy ishlarni rejali bo`lishi va hamjihatlik bilan amalga
oshirilishi axloqiy tarbiyaning muvafaqqiyatini taminlaydi. A.S.Makerenko 10 ta
yuqori malakali o`z holicha ishlaydigan o`qituvchidan malakasi past, ammo bir
yoqadan bosh chiqarib ishlaydigan 5 ta o`qituvchi afzal- degan edi.
To`rttinchidan, maktabdan ijobiy emotsional sharoit yaratish axloqiy tarbiya
jarayonida muvaqqiyatli ta’sir ko`rsatadi.
Beshinchidan, barcha o`quvchilarning maktabdagi umumiy tartib, hayot rejimiga
amal qilishga erishmoq darkor.
Bugungi kunda ajdodlar ma`naviy merosini ularning yurtimiz tarixi,
madaniyatiga qo`shgan hissasini o`rganish ular ilgari surgan ma`rifatparvarlik
g`oyalarini ilmiy asosda talqin etish va ta`lim- tarbiya sohasida keng foydalanish
hamda yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk allomalarimiz takidlaganlaridek insondagi komillik eng avvalo, uning fikrlash
ko`lami, tafakkuri va amaliy faoliyati bilan bog`liqdir. Insonning o`z o`zini bilishi,
anglashi, boshqalar oldidagi mas`uliyat va majburiyatini his qilishi uning tarbiyasi
bilan bog`liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1
. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.- T.: - Sharq.
2000 y.
2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent,
TDPU, 2003.
3. Ishmuhammmedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim
samaradorligini oshirish yo’llari. - Т.: TDPU, 2005.
4. Ishmuhammmedov R. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar. - Т., 2010.
Dostları ilə paylaş: |