128
ta’minlash, ekstremal holatlarda avariya texnika va yong‘inga qarshi
xizmatlarni, qutqarish ishlarini olib boradi.
Bundan
tashqari, tabiiy ofatlar, avariya, xaloqat bo‘lganda qutqarish va
avariyani to‘sish hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi.
FMning moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari qilib korxonaning
ta’minot bo‘yicha boshliq o‘rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs maxsus
jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taalluqli jihozlar bilan ta’minlaydi
va saqlaydi. Yana u boshpanalarni qurish va o‘z qo‘l ostidagi ishchi
xizmatchilarni evakuatsiya qilishni ta’minlaydi.
Korxonada FMning shtabi tuziladi.
Bu shtabda har xil buyruqlar,
bajariladigan choratadbirlar va FMning yuqori tashkilot talabnomalari, ish
rejalari ishlab chiqiladi, uning bajarilish hisobotlari tuziladi.Korxona shtab
boshlig‘i etib, shu korxonaning FM boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
tayinlanadi. FMning shtabi zimmasida ishchixizmatchilarni
va korxona
xodimlari oilalarini kirg‘in qurollar ta’siridan, dushmanning bevakg xujumidan
uz vaqtida ogox qilish vazifasi turadi.
FM shtabi asosida quyidagn xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
• Aloqa va tashviqot; Meditsina;
• Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;
• Jamoat tartibini saqlash;
• Elektr ta’minoti;
• Avariya texnikani ta’mirlash;
• Panada va kochoqlar maskanida xizmat ko‘rsatish;
• Transportda xizmat ko‘rsatish;
• Moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.
Bularga maxsus topshiriklarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yukoridagi
xar bir xizmatga FM boshligi tomonidan rahbar etib, bo‘lim, tsex, smena
boshliklari tayinlanadi.
Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan
tashqari texnika va transport vositalariga maxsus qayta ishlov berishda FMning
bir kator xizmatli qismlari keng ishlarni tashkil etadi.
Jumladan, FM
laboratoriyalari radioaktiv va zaharli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va
kimyoviy tahlil ishlarini olib boradi.Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning
laboratoriyalari
tarkibida tashkil etilib, unga mutaxassislar jalb kilinadi va
kerakli asbob uskunalar bilan jixozlanadi.
Radioaktiv moddalar va biologik vositalar
bilan zaxarlangan odamlarni
to‘lik sanitarkayta ishlovdan utkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi.
Bu maskanlar asosan xammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular
oldindan tayyorlab kuyiladi.Bu maskanlarda kiyim kechaklar, poyafzal va
shaxsiy saqlovchi vositalarni dezaktivatsiya qiluvchi
maydonchalar tayyorlanib
jihozlanadi. Bir yuvinish maskani bir soatda 80 odamni sanitar qayta ishlovdan
o‘tkazadi.
Transport vositalarni degazatsiya, dezinfektsiya va dezaktivatsiya qilish
uchun esa zararsizlantirish shaxobchalari tashkil etiladi. Bu zararsizlantirish
shaxobchalari asosan transportlarni yuvuvchi kismlari tarkibida tashkil etilib,
129
ular 1 soat mobaynida 45 ta yuk avtomashinalarini zararsizlantirish
imkoniyatiga ega.
Demak, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda asosiy rolni favqulodda
vaziyaglar davlat tizimi (FVDT) kuch va vositalari o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: