Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Lokal favqulodda vaziyat 
— biror ob’ektga taalluqli bo‘lib, uning 
mikyosi o‘sha ob’ekt xududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 
dan ortiq bo‘lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo‘lmagan odamning 
hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat 
pavdo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish xaki miktsorining 1 ming baravaridan 
ortiq bo‘lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu 
ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi. 
Maxalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat — 
aholi yashaydigan xudud 
(aholi punkti, shaxar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat 
natijasida 10 dan ortik, biroq 500 dan kam bo‘lmagan odamning hayot faoliyati 
sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo‘lgan 
kunda eng kam oylik ish haqi mikdorining 1 ming baravaridan ortikni, biroq O,5 
million baravaridan ko‘p bo‘lmagan mikdorni tashkil etgan hisoblanadi. 
Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat 
deyilganda — 
favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning xayot faoliyati sharoitlari 
buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo‘lgan kunda eng kam oylik ish haqi 
mikdorining 0,5 million baravaridan ortig‘ini tashkil etadigan, xamda FV 
mintakasi viloyat chegarasidan tashkariga chiqadigan, respublika miqyosida 
tarqalishi mumkin bo‘lgan FV tushuniladi. 


127 
Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat 
deyilganda 
esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan 
va O‘zbekiston xududiga dahldor holat tushuniladi. 
Bunday faloqat oqibatlari xar bir mamlakatning ichki kuchlari va mablagi 
bilan xamda xalkaro xamjamiyat tashkilotlari mablaglari xisobiga tugatiladi. 
Masalan, Orol muammosi nafakat O‘zbekiston davlati uchun, balki unga 
chegaradosh bo‘lgan Turkmaniston, Qozogiston va boshka davlatlar uchun xam 
faloqat keltiruvchi vaziyatdir. SHuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini 
ham qilishga O‘zbekiston davlatinig kuch va mablag‘idan tashqari butun jahon 
hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, Yunep va boshk.) mablag‘lari, kuchlaridan 
foydalanilmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin