Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Ikkinchi nazariya 
plitalar tektonikasi deb nom olgan. Ma’lumki, yer uch 
asosiy qatlamdan - yerning qattiq qobig‘i (litosfera), qovushqoq mantiya 
(astenosfyera) va yadrodan iborat. Yer qobig‘i juda katta bo‘laklardan tuzilgan va 
ular 
plitalar
deb ataladi. 
Bu plitalar qovushqoq mantiya bo‘ylab juda sekin “suzib” harakatlanadilar. 
Mazkur xarakat davomida ular to‘qnashib, bir-biriga ishqalanadi va buning 
natijasida tog‘lar o‘sib, ulkan xududlarda yer ostida katta miqdorda enyergiya xosil 
bo‘lishi jarayoni boradi. 
Markaziy Osiyo mintaqasi shimolga yiliga 5 santimetr tezlikda xarakat 
qilayotgan va Evroosiyo plitasi bilan muttasil to‘qnashuvda bo‘lgan Xind plitasi 
ta’sirida chuqur yer ostidagi yoriqlarda yig‘ilayotgan enyergiya ta’siri natijasidagi 
sodir bo‘ladigan zilzilalar xududida joylashgan. 
ZILZILA
- bu yerning ichki qatlamlarida yig‘ilgan tabiiy qo‘shimcha kuch 
ta’sirida mexanik enyergiyaning elastik seysmik to‘lqin energiyasiga aylanishi va 
atrofga tarqalishi natijasida sodir bo‘ladigan yer silkinishlaridir. 
Yer silkinishlarining paydo bo‘lgan joyi 
ZILZILA O‘ChOG‘I, 
uning 
markazi esa 
GIPOTSENTR
deyiladi. Gipotsentrning yer yuzidagi proektsiyasi 
EPITSENTR
deyiladi. Gipotsentr va epitsentr oralig‘idagi masofa 
ZILZILANING 
CHUQURLIGI
deyiladi. 


132 
QOBIQ
zilzilalariga gipotsentri yer sathidan 70 km chuqurlikkacha 
joylashgan yer silkinishlari kiradi. Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda 
bo‘ladigan zilzilalarning barchasi ushbu gruppaga kiradi. Ularning chuqurligi 
asosan 10-40 km, ayrim hollarda Pomirda 70 km gacha boradi. O‘rta Osiyoda, 
xususan, O‘zbekistonda biz sezadigan zilzilalar o‘chog‘i yer qobig‘ida va qobiq 
ostida ro‘y byeradigan zilzilalardir.
QOBIQ OSTI
zilzilalariga gipotsentri 70 dan 300 km gacha bo‘lgan yer 
silkinishlari kiradi. Ular, asosan Afg‘onistonning Hinduqush tog‘lari ostida sodir 
bo‘lib, ta’sir kuchi O‘zbekistonga ham etib kelishi mumkin.
CHUQUR FOKUSLI
zilzilalar gipotsentri 300 km dan 780 km gacha 
bo‘lgan yer silkinishlari hisoblanadi. Ular, asosan Tinch okeani va boshqa okeanlar 
bilan kontinentlar tutashgan joylarda ro‘y byeradi. Chuqur fokusli zilzilalar 
Markaziy Osiyoda bo‘lmaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin