Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

fizik va kimyoviy
bulishi mumkin. Tashqi 
muhitga 
kimyoviy 
moslashuv 
organizmning 
issiqlash 
davrida 
modda 
almashinuvini kamaytirishi va sovishi natijasida modda almashinuvini oshirishi, 
ammo tashqi muhitga kimyoviy moslashuv uning keskin o‘zgarishi borasida tashqi 
muhitga fizik moslashuvga nisbatan ahamiyati katta emas. Organizmning tashqi 
muhitga issiqlik chiqarishi uch yo‘l bilan o‘tishi mumkin: 
-odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali 
havo almashinuvi); 
- tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish (konvektsiya); 
-terining terlab bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning 
bug‘lanishi natijasida. 
Me`yoriy sharoitda, kuchsiz havo harakati bulgan holatlarda harakatsiz odam 
tanasi radiatsiya yo‘li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45 foizini, 
konvektsiya natijasida 30 foiz va terlash orqali 25 foizini yo‘qotishi aniqlangan. 
Bunda teri orqali umumiy issiqlikning 80 foizidan ortig‘i, nafas olish a`zolari 
orqali 13 foiz va taxminan 5 foiz issiqlik ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi. 
Radiatsiya va konvektsiya orqali issiqlikni yo‘qotish faqat tashqi muhit 
harorati tana haroratidan kam bulgan hollarda bulishi mumkin. SHuni aytib o‘tish 
kerakki, tashqi muhit harorati qancha past bulsa, issiqlik 
 
yo‘qotish
 
shuncha kuchli 
buladi. 
Tashqi muhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bulsa, u holda issiqlik 
ajratish terlab bug‘lanish hisobidan buladi. 1 gramm terni bug‘latish uchun 2,5 kJ 
(0.6 kkal) issiqlik yo‘qotiladi. 
Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va 
bajariladigan ish kategoriyasiga bog‘liq. Harakatsiz organizmda, tashqi muhit 
harorati 15°S ni tashkil qilsa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil 


69 
qiladi. YUqori haroratlarda esa (30 °S va undan yuqori), ayniqsa og‘ir ishlarni 
bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi. 
Masalan, issiq paytlarda, og‘ir ishlarni bajarish natijasida terlash miqdori 
soatiga 1 - 1,5 litrga etadi va bu miqdor terning bug‘lanishi uchun 2500-3800 kJ 
(600-900 kkal) issiqlik sarflanadi. 
SHuni aytib o‘tish kerakki, terlash yo‘li bilan issiqlik sarflash faqatgina tana 
yuzasida ter bug‘langandagina amalga oshadi. Terning bug‘lanishi esa havoning 
harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimining matosiga bog‘liq. 
Faqat terlash yo‘li bilan issiqlik yo‘qotilganda havoning nisbiy namligi 75—80 
foiz ortiq bulsa, terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning tashqi muhitga 
moslashuvi buzilishi natijasida issiqlash yuz berishi mumkin. Issiqlashning 
birinchi belgisi tana haroratining ko‘tarilishidir. Kuchsiz issiqlash tana haroratining 
engil ko‘tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli chanqoq, nafas olish va qon 
tomirlar urishining tezlashishi bilan chegaralanishi mumkin. Agar kuchli issiqlash 
yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, bosh qattiq og‘riydi va aylanadi, nutqi 
qiyinlashadi. 
Tashqi muhitga moslashishning bu xildagi buzilishi va tana haroratining keskin 
ko‘tarilishi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin