Nazorat savollari
1. Insonga zararli omillar qanday yo‘l bilan ta`sir qiladi?
2. Ishlab chiqarishdagi zararli moddalar va ularning organizmga ta`sirini ayting.
3. Ishlab chiqarish changlari va ularni organizmga zararli ta`sirini ayting.
71
4. Changlarni zararli ta`sirini kamaytirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish
kerak?
9-Ma’ruza. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson
organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora-tadbirlar
Reja.
1. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri.
2. Zaharli gazlar va ularning ta`sir turlari.
3. Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri.
4. Zaharli moddalarga yo‘l qo‘yilgan miqdorlar me`yori.
5. Zaharli moddalar ajralishini bartaraf etish.
Tayanch iboralar
Zaharli
moddalar,
gigiena,
zaharli
gazlar,
baxtsiz
hodisalar,
jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar,
1. Ishlab chiqarish changi va uning insonga ta`siri.
Ishlab chiqarishdagi ko‘p ishlarni bajarishda chang hosil bo‘ladi. Ular kelib
chiqish manbalariga ko‘ra, tabiiy va sun`iy changlarga bo‘linadi.
a) Tabiiy changlar - inson ta`sirisiz hosil bo‘ladi. Bunday changlar turkumiga
shamol va bo‘ronlar ta`sirida qum hamda tuproqning erroziyalangan qatlamlari
uchishi, o‘simlak va hayvon olamida, vulqonlar otilishi boshqa hollarda paydo
bo‘ladigan changlarni kiritish mumkin.
b) Sun`iy changlar – ishlab chiqarish korxonalari va qurilishlarda insonning
bevosita ta`siri natijasida hosil bo‘ladi.
Kelib chiqish xususiyati bo‘yicha organik, mineral va aralashma changlarga
farqlanadi. Changlarning zararli ta`siri uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Changning kattaligi, uch guruhga bo‘linadi:
-kattaligi 10 mkm.dan katta bo‘lgan changlar. Bunday changlar o‘z og‘irligi
ta`sirida erga qo‘nadi;
-kattaligi 10 mkm.dan 0, 25 mkm.gacha bo‘lgan changlar. Ular erga juda
sekinlik bilan tushadi va mayda changlar deb yuritiladi.
-kattaligi 0,25 mkm.dan kichik bo‘lgan changlar, ular erga qo‘nmay havoda uchib
yuradi.
Changning inson organizmiga ta`siri, eng avvalo, nafas olganda yuzaga keladi.
Bunda havo bilan nafas olish, asosan, nafas organlarini zararlanishi: bronxit,
pnevmokonioz yoki umumiy reaktsiya (zaharlanish, allergiya) rivojlanishini
vujudga keltirishi va changning o‘pka yo‘liga kirishi pnevmaniya, sil, o‘pka
rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. Qo‘rg‘oshin, mis va boshqa
metallarning changi inson organizmiga zaharlovchi modda sifatida salbiy ta`sir
ko‘rsatadi. Changning hosil bo‘lishi va tarqalishiga qarshi kurashda texnologik
72
jarayonlar avtomatik usullarga o‘tkazilgan halda jihozlarning zichligi oshirilib,
ma`lum masofadan turib boshqarish tizimlariga o‘tish muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |