Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

3. Ishlab chiqarishda zaharlanishning inson organizmiga ta`siri. 
Ishlab chiqarishda zaharlanish inson organizmiga, nafas yo‘llari, me`da 
ichak yo‘llari, teri qoplamalariga, terining shikastlangan qismi orqali o‘tadi. 
Zaharlanishning ko‘p turlari nafas olganda gaz, bug‘, tumanli aerozollarni yutish 
natijasida yuzaga kelib, bir xil zaharlar bilan surunkali yoki o‘tkir zaharlanishda 
organizm turlicha shikastlanadi. Bunda o‘pka to‘qimasi sathining kattaligi, 
zaharning qonga tez tushishi va havodan nafas olganda turli organlar va tizimlarga 
o‘tish yo‘lida qo‘shimcha to‘siqlarsiz yutilishi sabab bo‘ladi. 


73 
Ayrim zaharli moddalar o‘pkadan arterial qonga o‘tib, so‘ng boshqa organlar 
va to‘qimalarga tashiladi hamda tez reaktsiyaga kirishadigan deb nomlanuvchi bu 
moddalar, qisqa vaqt ichida butun organizmga tarqaladi.
Sekin reaktsiyaga kirishadigan zaharli moddalar arterial qon to‘qimalaridan 
bir muncha sekinlik bilan o‘tib, ulaning arterial qondagi miqdori venadagiga 
nisbatan yuqori bo‘lib turadi. To‘qimalar to‘yina borgan sari bu tafovut yo‘qoladi 
va zaharli moddalarning nafas bilan chiqariladigan havodagi miqdori uning nafas 
bilan oladigan miqdoriga yaqinlashadi. 
Havoda bo‘lgan zaharli gazlar va bug‘lar teri orqali so‘rilishi mumkin, 
chunki teri 
nafas olish jarayonida qatnashadi. Bundan tashqari havodagi zaharli bug‘lar va 
gazlar teridagi yog‘ qatlamida erib, keyinchalik u orqali so‘rilishi mumkin. 
Yog‘simon moddalarda eruvchan zaharli moddalar, xususan, uglevodlar, aromatic 
aminlar, benzol, anelin kabi birikmalar teri orqali o‘tish xususiyatiga ega. Ishlab 
chiqarishdagi zaharlarning teri orqali o‘tish xususiyatini gigienik me`yorlarda va 
sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda hisobga olinadi: bunday moddalar uchun 
havodagi yo‘l qo‘yiladigan miqdor birmuncha past belgilanadi, teri qoplamalarini 
himoya qilish choralari ko‘zda tutilgan holda, ishdan keyin, albatta, yuvinish 
tavsiya etiladi.
Zaharlar ovqat hazm qilish organlariga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya 
qilmaganda: iflos qo‘l bilan ovqatlanishda, chekishda tushadi. Zaharli 
moddalarning me`daga tushishi, uni shilliq pardasi zararlanishi, sekretsiya bezlari 
faoliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Organizmga tushgan zaharning qon oqimi 
bilan to‘qimalarda, oqsil hujayralari va to‘qimalararo muhitning boshqa tarkiblari 
bilan o‘zaro fizik-kimyoviy ta`sirlashuvi ro‘y beradi, Bu jarayonlarning biologik 
yo‘nalishi organizmning zaharlarga qarshi kurashidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin