75
Zaharlanishni bartaraf etish sanitariya texnikasini keng tarqalgan turi,
shamollatish usuli katta ahamiyatga ega.
Unga qo‘yiladigan asosiy gigienik talab-zaharli moddalar mavjud
hududlarda, havo muhitiga tarqalgan taqdirda, sof havo berish yo‘li bilan
miqdorini pasaytirib, kuchsizlantirishdan iborat.
Zaharli moddalar bilan ishlaydigan shaxslar xususida mehnat qonunida ish
kunini chegaralash, ta`tilning davomiyligini ko‘paytirish, nafaqaga birmuncha erta
muddatda chiqarish kabi chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi. Inson organizmiga
zararlanishning xavfli ta`siri yuqori bo‘lgan korxonalarda ayollar va o‘smirlarning
ishlashi qatiyan man etilgan. Ish mintaqasidagi zaharli moddalarning YQM davlat
tomonidan belgilanadi va davlat nazorati olib boriladi.
Zaharlarning ta`sir qilish ehtimoli bo‘lgan bir qator korxonalarda, ishchilarni
qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va maxsus korxona hisobidan ovqatlantirish
ko‘zda tutilishi shart.
Dostları ilə paylaş: