Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 SHovqin va titrashga qarshi kurash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

2. SHovqin va titrashga qarshi kurash usullari. 
Shovqin va titrashga qarshi kurash mashina, jihoz, uskuna va texnologik 
jarayonlarning loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlanishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi. 
Korxonalarning bosh rejalarini tuzish jarayonida, albatta shovqinga qashi 
kurash chora -tadbirlar ko‘rib qo‘yilishi shartdir. Bunda asosan, sershovqin 
tsexlarni bar joyga, iloji borcha, ularni ishlab chiqarish hududining chekka 
tomonlariga joylashtirish, sershovqin tsexlarni boshqasidan tovush o‘tkazmaydigan 
to‘siqlar bilan to‘sish, sershovqin binolarning eshik va derazalarini maxsus tovush 
o‘tkazmaydigan maxsus materiallardan tayyorlangan bulishi zarur. 
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi
manbaning o‘zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kerak. 
Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o‘rnatish, o‘z vaqtida ta`mirlash va uning
dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija beradi. 
Ba`zi qurilmalar tovush to‘lqinlari quvvatini tarqatib yuborish xususiyatiga 
ega. Shovqin to‘lqinlari g‘ovaksimon shovqin yutuvchi materiallar yuzasiga 
tushgach, shovqin quvvatini ko‘pgina qismi tor g‘ovakdagi havoni tebranma 
harakatga keltirish uchun sarflanadi. G‘ovaklardagi havo qisilib isiydi va natijada 
shovqin quvvati issiqlik quvvatiga aylanishi natijasida tashqi muhitga tarqalib 
shovqin yo‘qoladi. 
Shovqinga qarshi kurashning yana bir usuli, texnologik jarayonlarni
to‘g‘ri tanlash, mashina, jihoz, uskunalarning va texnologik jarayonlarni quyi 
kuchlanishda ishlashini ta`minlash, ularni sifatli yig‘ish hamda o‘z vaqtida 
ta`mirlash ishlarini bajarish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Titrashga qarshi kurash tadbirlari quyidagilardan iborat: 
Ish joylari, asbob – uskunalari va qurilish konstuktsiyalarini mashina 
jihozlar hosil qilgan tebranish ta`siridan saqlanishning mukammal usullaridan 
biri titrashni to‘sish usuli hisoblanadi. Bu usulda tebranuvchi mexanizm bilan 
uning asosi o‘rtasiga elastik mato o‘ralib, mato tebranishning bir qismini yutishi 


84 
hisobiga asosga o‘tishi birmuncha kamaygan holda, tebranish miqdori sezilarli 
susayadi. 
Titrash to‘siqlari yoki amortizatorlar po‘lat prujina, rezina va boshqa elastic 
materiallardan tayyorlanadi. 
Mashina, jihoz, uskunalarning foydalanish tartib qoidalariga rioya qilmaslik, 
yo‘riqnomalarni qo‘pol ravishda buzilishi natijasida, shovqinsiz ishlovchi 
uskunalarning sershovqin ishlashiga olib keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin