86
Agar manbaning o‘zida tebranishni pasaytirish iloji bulmasa, u holda
manba asosi bilan uning poydevori o‘rtasida titrashni so‘ndiruvchi
rezina yoki
prujina yoki amartizatorlar qo‘yib pasaytiriladi.
Titrashni pasaytirishda eng samarali usul, tebranuvchi jihozlarni o‘ta
takomillashgan tebranmaydigan yoki kam tebranadigan dastgohlar bilan
almashtirishdir. Masalan, temir beton ishlab chiqarish sexida betonni tebranish
yo‘li bilan zichlovchi
uskunani takomillashtirilsa, ya`ni uning korpusini ostidagi
mustaqil tebranuvchi bir guruh mitti amartizatirlar o‘rnatilsa, bino polini umumiy
tebranish darajasini va undan chiqadigan shovqinni ham keskin kamaytirish imkoni
tug‘iladi.
Muhandislik tajribasida ko‘pincha dastgohlardan tarqalayotgan titrash
ta`sirini pasaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq qilishga to‘g‘ri keladi. Bu
borada
tebranishni pasaytirish uchun, tebra-ixota, tebro-so‘ndirgich va tebro-
qaytargich vositalaridan samarali foydalaniladi.
a) Tebraixota ikki xil, passiv va faol ko‘rinishda buladi.
b) Tebroso‘ndirgich, tebranish manbalaridan
polga va u orqali binoning
boshqa qurilmalariga ta`sirini oldini olishda, tebro-so‘ndirgichni poydevorga
o‘rnatishdir.
v) Tebroqaytargich, buni demfirlash usuli ham deyiladi va to‘siqlar ustidan
rezina, plastika yoki mastikalarda ixota qilinadi.
Dostları ilə paylaş: