Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Nazorat savollari 
1. Radioaktiv nurlarning asosiy xavfliligi nimada? 
2. Radioaktivlik nima? 
3. Nurlanishlarning qaysi turlarini bilasiz va ularning farqi nimada? 
4. Ionlashtiruvchi nurlanishlar inson organizmiga qanday biologik ta`sir
ko‘rsatilishi mumkin? 
5. Ichki va tashqi nurlanishlarni qanday me`yoriga keltirish mumkin? 
6. Ionlashtiruvchi nurlanishlarni qanday me`yoriga keltirish mumkin? 
7. Nurlanuvchilar qaysi toifalarga bo‘linadi? 


95 
8. Nurlanishning ruxsat etilgan dozasini qanday aniqlash mumkin? 
9. α, β, γ va rentgen nurlardan qanday muhofazalanish mumkin? 
10. Radioaktiv nurlarni qanday o‘lchash mumkin? 
 
 
13-Ma’ruza. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizlik asoslari
 
Reja. 
1.
Inson tanasiga elektr tokini ta’siri. 
2. Inson tanasini elektr tokiga ko‘rsatayotgan qarshiligi. 
3. Elektr tokidan shikastlanishning asosiy sabablari. 
7. Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam. 
Tayanch iboralar:
elektr toki, kuchlanish elektr energiyasi, elektr jarohat,
termik ta’sir, elektrolitik ta’sir, biologik ta’sir, elektr jarohatlanishi, mehanik 
jarohatlanish, shikastlanishi, elektrdan kuyish, elektr metallanish, yerga ulash
tizimi, elektr izolyatsiya, nollanish, erga ulash, inson tanasining elektr qarshilik,
sun’iy nafas berish va yurakni uqalash. 
Elektr tokini insonga ta’sirini XVII asrni oxirgi choragida aniqlangan.
Baland voltli elektrkimyo kuchlanishlarini manbaini xatarliligini birinchi bo‘lib 
V.V.Petrov aniqlagan. Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarini ancha keyin: 1863
yilda o‘zgarmas va 1883 yilda o‘zgaruvchan tokni ta’siri urganilgan. 
Sanoatda elektr energiyasidan keng qo‘lamda foydalanish yo‘lga
qo‘yilganligi sababli elektr toki tasirida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan bahtsiz 
xodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr
toki tasirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati
yo‘q. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-
tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan taminlash, shaxsiy va jamoa muhofaza 
tizimlarini o‘rnatish nihoyatda muhim. 
Umuman elektr toki tasiri faqat birgina biologik tasir bilan chegaralanib
qolmasdan, balki elektr yoki ta’siri, magnit maydoni tasiri va statik elektr 
ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy 
ma’lumotlar jumlasiga kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin