92
Muhofaza ekranlarining puxta ishlayotganligi o‘lchash asboblari yordamida
tekshirilib turiladi. YOpiq holdagi nurlanuvchi moddalar bilan ishlaganda
asosan tashqi nurlanishlarga qarshi muhofaza aslahalaridan foydalaniladi.
Sanoat korxonalari sharoitida ishchilar metall va kristallarning tarkibi
tahlilini o‘tkazayotgan vaqtda rentgen nurlanishlariga yoki lampa generatorlar
ta`siriga tushib qolishlari mumkin. Ishchilarning rentgen nurlari ta`sirida
kasallikka chalinib qolmasliklarini taminlash uchun ish bajariladigan xonalarni
rentgen nurlarini o‘tkazmaydigan materiallardan
tayyorlangan ekranlar bilan
to‘sish lozim. Qo‘rg‘oshin plastinkalari, qo‘rg‘oshinlashtirilgan rezina
materiallari bunday nurlarni yutish qobiliyatiga ega.
Rentgen qurilmalarini quruq, yog‘och polli xonalarga o‘rnatish kerak. Bu
xonalarning shamollatish darajasi 3-5 dan kam bulmasligi kerak.
Ochiq holatdagi radioaktiv moddalar bilan faqat bosimi kamaytirilgan,
mustahkam
yopiladigan shkaf, boqs va kameralarda ish bajarish kerak.
Qurilmaning mustahkam berkitilganligi tekshirib turiladi.
Ish bajarish joylariga qo‘lqoplar o‘rnatib qo‘yilgan buladi. Bunday
qurilmalar uchun bosim kamaytirilishi 200 Pa dan kam bulmasligi va bu
tekshirib turilishi kerak.
Izotoplar bilan bajariladigan har xil operatsiyalarni boqslarda bajarish
tavsiya etiladi. Boqslar pleksiglaz,
alyuminiy, zanglamaydigan po‘lat bilan
qoplangan berk kameralardan iborat bo‘lib, unga rezina qo‘lqop yoki
manipulyatorlar o‘rnatilgan buladi. Boqs ichidagi bosim ma`lum miqdorda
kamaytirilgan bo‘lib, bosim o‘lchash asboblari bilan tekshirib turiladi.
Bu qurilmalar radioaktiv moddalar yordamida turli vazifalarni bajarish
imkoniyatini beradigan qurilmalar bilan jihozlanadi.
Radioaktiv moddalar bilan ish bajariladigan binolarning devorlari, pol, shift
va eshiklari tekis va silliq bo‘lishi kerak. Hamma burchaklar,
radioaktiv
moddalardan tozalanishi oson bo‘lishi uchun yarim aylana shakliga keltirildi.
Xonalarda shaxsiy muhofaza vositalari uchun havo berish tizimlari tashkil
qilinadi.
Bino maxsus sanitariya-gigiena jihozlariga ega bo‘lishi kerak. Bular
yuvinish qurilmalari, dush xonalari, suv ichish favvoralari va boshqalardir. Bu
qurilmalar tuzilishiga ko‘ra shunga o‘xshash sanitariya-texnik qurilmalaridan bir
muncha farq qiladi. Masalan, qo‘l yuvish qurilmalarida kran o‘rniga
pedal
o‘rnatiladi. SHuningdek, bu xonalarda albatta issiq suv ta`minoti bo‘lishi shart.
Kanalizatsiya tizimlari zararsizlantirish qurilmasiga ega buladi.
Radioaktiv moddalar maxsus zich yopiladigan idishlarda saqlanadi.
Radioaktiv moddalar bilan ish bajariladigan va ular saqlanadigan binolarni
eshiklariga radioaktiv xavf belgisi qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: