Nazorat savollari.
1. Shovqin va titrash haqida umumiy ma`lumotlar.
2. Shovqin va titrashga qarshi kurash usullari.
3. Shovqindan himoyalanish usullari va vositalari.
4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.
5. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.
12-Ma`ruza. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning hususiyatlari
va inson organizmiga ta’siri
Reja.
1. Ionlashuvchi (radioaktiv) nurlanishlar, ularning turlari va asosiy xossalari.
2. Ionlashuvchi nurlanishlarning inson organizmiga biologik ta`siri.
3. Ionlashuvchi nurlanishlarni me`yorlash (normalash)
4. Ionlashuvchi nurlanishlardan muhofazalanish chora-tadbirlari.
1. Ionlashuvchi (radioaktiv) nurlanishlar, ularning turlari va asosiy ossalari
88
Bir qancha ilmiy tekshirish muassasalarida va sanoat korxonalarida har xil
maqsadlar uchun radioaktiv moddalardan foydalaniladi.
Masalan, mashinasozlik sanoatida radioaktiv moddalardan quyma
detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning
sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi.
Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish
jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioaktivnurlar yaxshi
natija beradi.
Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta`sir ko‘rsatib, og‘ir
kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Uning ta`sirida inson
og‘ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri
kasalliklariga duchor bo‘lishi mumkin. SHuningdek ionlashgan nurlar ta`sirida
genetik ta`sirlanish, ya`ni keyingi avlodlarga ham ta`sir ko‘rsatuvchi nasliy
kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Radioaktivnurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu
kasallik yaqqol namoyon bulguncha hech qanday belgiga ega bo‘lmaydi.
Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda og‘ir bo‘lishi va ko‘pincha o‘lim
bilan tugashi mumkin.
Radioaktivmoddalar bilan ishlaganda ishni to‘g‘ri tashkil qilish va muhofaza
chora-tadbirlar qo‘llash xavfsizlikni ta`minlaydi.
Radiaktivlik-atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida
boshqa bir atom yadrolarining hosil qilishidir.
Radioaktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar
ta`sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil buladi. Bunday
ionlovchi nurlanishlarga rentgen nurlari, radio va gamma nurlari, al’fa va beta
nurlari, shuningdek neytron oqimlari kiradi.
Al’fa nurlari katta ionlashtirish xususiyatiga ega bulgan, harakat doirasi
katta bulmagan geliy atom yadrosining musbat zaryadlangan zarrachalari
hisoblanadi. Harakat doirasi katta bulmaganligi sababli inson teri qavatigagina
ta`sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha zararli emas.
Beta nurlari radioaktivmoddalarning atom yadrolari tarqaladigan elektron
yoki pozitron oqimidir. Bu nurlarning harakat doirasi ancha keng va yorib kirish
qobiliyatiga ega. SHuning uchun ham inson uchun xavflidir.
Gamma nurlarining ionlash qobiliyati katta bulmasada katta yorib kirish
kuchiga ega bo‘lib, yadro reaktsialari va radioaktiv parchalanish natijasida
vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlari hisoblanadi.
Rentgen nurlari moddalarni elektron oqimlari bilan bombardimon qilganda
ajralib chiqadigan eletromagnit nurlaridir.
Har xil radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta`siri ularning ionlovchi va
kirib boruvchi xususiyatiga bog‘liq. Har xil nurlar bir xil dozada yutilganda
biologik ta`siri bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun radiatsiya xavfini aniqlash
maqsadida doza ekvivalenti birligi ber kiritilgan (radaning biologik ekvivalenti).
1 ber-har qanday ion nurlanishlarining biologik hujayralarda rentgen va gamma
nurlanishlarining 1 rad ga teng keladigan biologik ta`siridir.
|