194
1. Ish o‘rinlarini yoritish sanitariya gigiena me`yorlari asosida ish toifalariga
mos kelishi.
2. Ish olib borilayotgan yuzaga va ko‘zga ko‘rinadigan
atrof muhitga
yorug‘lik bir tekis tushadigan bo‘lishi.
3. Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo‘lmasligi.
4. Ish o‘rinlarida to‘g‘ridan - to‘g‘ri yoki nur qaytishi natijasida hosil
bo‘ladigan yaltirash ishlovchilarning ko‘zini qamashtirmasligi.
5. YOritilish miqdori vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lishi.
6. Ish joyi bilan tevarak atrof bir - biridan keskin farq qilmasligi.
7. YOritgichlardan tushayotgan yorug‘lik nuri to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi va
hokazolar.
Tabiiy yoritish.
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o‘rinlarida sanitariya gigiena me`yoriy
sharoitlarni yaratish maqsadida hamma ishlab chiqarish binolari, ma`muriy
idoralar, maishiy xonalar kunduz kunlari tabiiy yorug‘lik bilan ta`minlanadi.
Ishlab chiqarish binolaridagi ish o‘rinlari tabiiy yorug‘lik bilan ta`minlanganda
ish unumdorligi sun`iy yorug‘likka nisbatan 10-12 % yuqori bo‘lishi aniqlangan.
Ishlab chiqarish binolarini tabiiy yoritishni quyidagi
usullari
mavjud:
1. Korxona binolaridagi ish o‘rinlari deraza yordamida yoritilsa
yon tomondan
yoritish
;
2. Juda katta ishlab chiqarish binolari yuqori
tomondan maxsus qoldirilgan
derazalar, fonarlar yordamida yoritilsa,
yuqoridan yoritish
;
3. Bir vaqtning o‘zida yon tomondan va yuqoridan yoritilishi
aralash yoritish
;
4. Bir vaqtning o‘zida tabiiy va sun`iy
yoritishdan foydalanilsa
birgalikdagi
yoritish
.
Yon tomondan
yoritishning o‘zi qo‘llanilganda ish o‘rinlari notekis yoritiladi,
ya`ni yorug‘lik
derazalar yaqinida yuqori, derazadan uzoqlashgan sari ish
joylaridagi yorug‘lik kamayib boradi. Bu farq esa, uskuna jihozlarni to‘sishi bilan
yanada ortadi.
Ishlab chiqarish binolarini tabiiy yoritish manbai quyosh bo‘lganligi sababli
uning ravshanlik darajasi ko‘pgina omillarga ya`ni:
geografik kenglik, yil fasli,
quyoshning holati, havoning tozalik darajasi, havodagi bulutlarning ko‘p-kamligi,
kunduz kunning vaqti va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun tabiiy
yoritilganlikni me`yorlashtirish uchun olib boriladigan hisoblash ishlarini
bajarishda tabiiy yoritilganlik koeffitsienti kattaligidan foydalaniladi.
Tabiiy yoritish koeffitsienti
foizlarda ifodalanib, quyidagi ifoda (formula)
yordamida aniqlanadi.
195
%
100
*
ташыи
ички
Е
Е
е
(2)
Bu yerda TYOK =
e
- tabiiy yoritilganlik koeffitsientining foizlarda
hisoblangan kattaligi;
E
ichki
- bino ichidagi biror bir M nuqtaning yoritilganligi.
E
tashki
- binoning tashqarisida bir vaqtning o‘zida o‘lchangan yoritilganlik.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsientining me`yoriy qiymatlari SNiP II -4-79
“Tabiiy va sun`iy yoritish. Yoritish me`yorlari”da keltirilgan.
Ishlab chiqarish binolaridan foydalanish jarayonida ish o‘rnidagi
yoritilganlik
darajasi
ancha pasayishi mumkin, chunki deraza oynalarining yuzalari ifloslanishi
oqibatida ularning yorug‘lik o‘tkazish koeffitsienti 45-60 % kamayadi, devorlar va
shiftlarning ifloslanishi ham ularning nur qaytarish koeffitsientlarini kamaytiradi,
shuning uchun ham sanitariya me`yorlarida yorug‘lik
tushadigan deraza oynalari
yuzalarini kam chang ajralib chiqadigan xonalarda yiliga 2 marta, tutun ajralib
chiqadigan xonalarning derazalarini yilida kamida 4 marta tozalash tavsiya etiladi.
SNiP II-4-79 “Tabiiy va sun`iy yoritish. YOritish me`yorlari” ga asosan
ishning aniqlik darajasi
va yoritish turiga qarab, talab qilinadigan tabiiy yoritish
koeffitsienti me`yorlari jadvalga keltirilgan.
3-jadval
Dostları ilə paylaş: