193
I.
Ishning maqsadi
: Tabiiy va sun’iy yoritilganlikni aniqlash va hisoblash.
Kerakli jihozlar:
1. Lyuksimetr YU-16, YU-116.
2. Maxsus yasalgan qog‘oz filtrlar.
3. Stol yoritgichi.
II. Mashg‘ulotning maqsadi:
Ishlab
chiqarish korxonalarida, ish o‘rinlarida yoritilganlikni me`yor-lash va
o‘lchash tartibi hamda usullari bilan tanishish.
1.
Yoritilganlik turlari haqida tushuncha.
2. Ish o‘rinlarida yoritilganlikni me`yorlash.
3. Yoritilganlikni o‘lchash tartibi va usullari.
4. Yoritilganlikni o‘lchashda qo‘llaniladigan asboblar.
III.Amaliy mashg‘ulotini bajarish uchun kerakli asboblar, jihozlar va
ko‘rgazmali qurollar.
III. Amaliy mashg‘ulotini bajarish tartibi haqida umumiy tushunchalar.
IV. O‘tkazilgan amaliy mashg‘uloti yuzasidan talabalarning hisoboti.
Inson hayot faoliyati uchun yorug‘lik katta ahamiyatga ega bo‘lib, kishi
o‘zini o‘rab turgan muhit to‘g‘risidagi ma`lumotlarning 90 % dan ko‘prog‘ini
ko‘rish organlari yordamida oladi.
SHuning uchun
ham korxonalardagi uskuna, jihozlarni boshqarish va
nazorat qilishda ish o‘rinlari me`yoriy yoritilishi
natijasida sifatli mahsulot
ishlab chiqarish bilan birga ish sharoitlari yaxshilanadi,
ishchilarni
charchashdan saqlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi
va shu bilan birgalikda
shikastlanishlarning oldini olishga, yaroqsiz mahsulot-larni
ishlab chiqarishni
kamayishiga olib keladi hamda kasb kasalligi, shabko‘rlikni oldini oladi.
Ishlab chiqarish korxonalari yorug‘lik manbaining turiga qarab, ikki xil usulda
yoritiladi .
1. Tabiiy yoritish
- quyosh yorug‘ligi yordamida (bunda quyosh tarqatadigan
nurdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta`siridan
yorug‘lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug‘ligidan foydalaniladi).
Dostları ilə paylaş: