Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


-amaliy: Ishlab chiqarishdagi tabiiy va sun’iy yorug‘likni hisoblash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
5-amaliy: Ishlab chiqarishdagi tabiiy va sun’iy yorug‘likni hisoblash usullari. 
 


193 
I.
 
Ishning maqsadi
: Tabiiy va sun’iy yoritilganlikni aniqlash va hisoblash.
Kerakli jihozlar: 
1. Lyuksimetr YU-16, YU-116. 
2. Maxsus yasalgan qog‘oz filtrlar. 
3. Stol yoritgichi. 
II. Mashg‘ulotning maqsadi:
Ishlab chiqarish korxonalarida, ish o‘rinlarida yoritilganlikni me`yor-lash va 
o‘lchash tartibi hamda usullari bilan tanishish. 
1.
Yoritilganlik turlari haqida tushuncha. 
2. Ish o‘rinlarida yoritilganlikni me`yorlash.
3. Yoritilganlikni o‘lchash tartibi va usullari. 
4. Yoritilganlikni o‘lchashda qo‘llaniladigan asboblar.
III.Amaliy mashg‘ulotini bajarish uchun kerakli asboblar, jihozlar va 
ko‘rgazmali qurollar.
III. Amaliy mashg‘ulotini bajarish tartibi haqida umumiy tushunchalar. 
IV. O‘tkazilgan amaliy mashg‘uloti yuzasidan talabalarning hisoboti. 
Inson hayot faoliyati uchun yorug‘lik katta ahamiyatga ega bo‘lib, kishi
o‘zini o‘rab turgan muhit to‘g‘risidagi ma`lumotlarning 90 % dan ko‘prog‘ini
ko‘rish organlari yordamida oladi.
SHuning uchun ham korxonalardagi uskuna, jihozlarni boshqarish va 
nazorat qilishda ish o‘rinlari me`yoriy yoritilishi natijasida sifatli mahsulot
ishlab chiqarish bilan birga ish sharoitlari yaxshilanadi, ishchilarni
charchashdan saqlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi va shu bilan birgalikda 
shikastlanishlarning oldini olishga, yaroqsiz mahsulot-larni ishlab chiqarishni 
kamayishiga olib keladi hamda kasb kasalligi, shabko‘rlikni oldini oladi. 
Ishlab chiqarish korxonalari yorug‘lik manbaining turiga qarab, ikki xil usulda 
yoritiladi .
 
1. Tabiiy yoritish
- quyosh yorug‘ligi yordamida (bunda quyosh tarqatadigan 
nurdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta`siridan 
yorug‘lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug‘ligidan foydalaniladi). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin