Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
Yorug‘likni o‘lchash
Tajriba mashg‘ulotini o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan asbob va uskunalar

 
5- rasm.
Lyuksmetr YU-116: 
1- fotoelement: 2-Gal’vanometr 3- yutuvchi o‘rnatma “K” 4- yutuvchi o‘rnatma 
“T” 5- yutuvchi o‘rnatma “R” 6- yutuvchi o‘rnatma “M” 


198 
6-rasm.
Sun`iy yoritilganni tadqiq etish uchun tajriba qurilmasini sxemasi: 
1-shtativ; 2- joydagi yoritilganlik yoritgichi; 3,6 – cho‘g‘lanma chiroq; 4-
lyuministsentli chiroq; 5-boks; 7,10- lyuksmetrni fotoelementi; 8- rangli plastinka; 
9-olinadigan panel’; 11-lyuksmetrni gal’vanometri 
Lyuksmetr YU - 116 ning (5 - rasm) gal’vanometri ikkita o‘lchov 
ko‘rsatkichidan iborat bo‘lib, birinchisi (0 - 30), ikkinchisi (0 - 100) lyuksgacha 
bo‘lgan yoritilganlikni o‘lchaydi. Gal’vanometrda ikkita tugmacha mavjud, chap 
tugmacha bosilganda (0 - 30) gacha o‘ng tugmacha bosilganda (0-100) lyuksgacha 
yoritilganlik o‘lchanadi. YU - 116 lyuksmetrning o‘lchashdagi yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan xatolik faqat asbobning mili kichik miqdorda og‘ganda eng katta 
qiymatga ega bo‘ladi. SHu sababli har qaysi shkalada o‘lchashning boshlanishida 
ruxsat etiladigan nuqtalar qo‘yilgan bo‘lib, bu nuqtalar ( 0 - 30 ) ko‘rsatkichi uchun 
20 raqamiga to‘g‘ri keladi. Juda katta miqdordagi yoritilganlikni o‘lchash uchun 
(100 lk dan ortiq) fotoelementga yorug‘likni (M) 10 marta kamaytiruvchi, (R) 100 
marta kamaytiruvchi, (T) 1000 marta kamaytiruvchi, yorug‘likni yutuvchi maxsus 
o‘rnatmalar o‘rnatiladi. YArim sfera shaklidagi yorug‘lik tarqatuvchi K o‘rnatma 
oq plastmassadan yasalgan konussimon moslama bo‘lib yorug‘lik nurini 
fotoelementga xatoliklarini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi. K o‘rnatma M, R va T 
o‘rnatmalarning birortasi bilan birlikda qo‘llaniladi. Agar K va M o‘rnatma 
o‘rnatilganda 10 ga, K va R o‘rnatmasi o‘rnatilganda 100 ga, K va T o‘rnatmasi 
o‘rnatilganda lyuksmetr gal’vanometrining ko‘rsatkichi 1000 ga ko‘paytiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin