191
Shovqin kuchini ishlatish tartibi:
Avvalambor talabalarni shovqin o‘lchagichni tuzilishi bilan tanishtiriladi.
Shovqin ulagich ish tartibini boshqaradigan ikki asosiy buragich, (1,2) volt-
ampеrmеtr shkalasi (3), turbo (tеzkor) usulda hlash uchun knopka (4) va
ampеrmеtr yoritgichini qо`shadigan knopkalar (15) va tovush qabul qiladigan
moslamadan iborat.
1. Shovqin ulagichni ishlatish oldidan, uni tashqi muhit sharoitida (haroratida) 10-
15 minut saqlanadi.
2. (2) buragich yordamida kolibrovka holatiga о`rnatiladi, (1) buragichni esa “0”
ga о`rnatiladi.
Ampеrmеtr shkalasidagi strеlka “0” ga kеlishi kеrak. Strеlka oldin siljigan bо`lsa,
unda strеlkani buragich yordamida “0” ga kеltiramiz.
3. Kolibrovka qilib bо`lgach, shovqin ulagich ishga tayyor. Sо`ng 2 chi buragich
yordamida ish holatiga о`tkaziladi. (A,V,S)
A-holat past tovushlarni о`lchaydi.
V-holat normal tovushni о`lchaydi.
S-holat shovqin tovushni о`lchaydi.
4. 2 buragichni A holatga qо`yib, 30-200 Gts gacha bо`lgan 1 buragich yordamida
о`lchashni boshlash lozim. Kо`rsatgichi 50 Gts qо`yilgan bо`lsa, ampеrmеtr
kо`rsatgichi 10 ni kо`rsatsa unda tovush kuchi 60 Gts ni tashkil etgan bо`ladi.
Laboratoriya
ishi davomida auditoriya, koridor, tashqaridagi dars va tanaffus
paytida shaharda mashinalar sеrqatnov bо`lishi kо`chalarni shovqin kuchini
о`lchab, jadvalga yozib boriladi.
Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari
.
Titrash ta`siridan
himoyalanish, loyihalash bosqichlaridayoq boshlanib,
barchajihozlar,
asbob-uskunalarni
pasportlaridagi
shovqin
va
titrash
ko‘rsatkichlariga qarab, eng qulaylarini tanlab olinadi.
192
Bunda tebranuvchan va shovqinli dastgohlar mavjud bulgan binolarni,
alohida ajratib shamol yo‘nalishi buylab hudud chekkasiga joylashtirish maqsadga
muvofiq buladi. Manbalardagi titrashlarni ararli ta`sirini kamaytirish usullarini
ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi manbalardagi titrashni qo‘zg‘atuvchi
kuchlarni
pasaytirish bulsa, ikkinchisi ularning poydevori bilan va boshqa
dastgohlar hamda qurilish konstruktsiyalari bilan bog‘langan joylarida titrashni
pasaytirishdir.
Manbalardagi titrashlarni pasaytirishda mashina, jihoz, aslahalarni to‘g‘ri
o‘rnatish, ularni o‘z vaqtida sifatli ta`mirlash,
moylab turish, ish tartibini to‘g‘ri
tashkillashtirish va ularni zo‘riqtirmasdan me`yorida ishlashini ta`minlash,
jihozlarni masofadan turib boshqarish hamda shaxsiy muhofaza qurollari va
kiyimlaridan o‘rinli foydalanish kutilgan samaraga erishish imkoniyatini yaratadi.
Agar manbaning o‘zida tebranishni pasaytirish iloji bulmasa, u holda manba
asosi bilan uning poydevori o‘rtasida titrashni so‘ndiruvchi rezina yoki prujina
yoki amartizatorlar qo‘yib pasaytiriladi.
Titrashni pasaytirishda eng samarali usul, tebranuvchi jihozlarni o‘ta
takomillashgan tebranmaydigan yoki kam tebranadigan
dastgohlar bilan
almashtirishdir. Masalan, temir beton ishlab chiqarish tsexida betonni tebranish
yo‘li bilan zichlovchi uskunani takomillashtirilsa, ya`ni uning korpusini ostidagi
mustaqil tebranuvchi bir guruh mitti amartizatirlar o‘rnatilsa, bino polini umumiy
tebranish darajasini va undan chiqadigan shovqinni ham keskin kamaytirish imkoni
tug‘iladi.
Muhandislik tajribasida ko‘pincha dastgohlardan
tarqalayotgan titrash
ta`sirini pasaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq qilishga to‘g‘ri keladi. Bu
borada tebranishni pasaytirish uchun, tebra-ixota, tebro-so‘ndirgich va tebro-
qaytargich vositalaridan samarali foydalaniladi.
a)
Tebraixota ikki xil, passiv va faol ko‘rinishda buladi.
b) Tebroso‘ndirgich, tebranish manbalaridan polga va u orqali binoning
boshqa qurilmalariga ta`sirini oldini olishda, tebro-so‘ndirgichni poydevorga
o‘rnatishdir.
v) Tebroqaytargich, buni demfirlash usuli ham deyiladi va to‘siqlar ustidan
rezina,
plastika yoki mastikalarda ixota qilinadi.
1. SHovqin va titrash haqida umumiy ma`lumotlar.
2. SHovqin va titrashga qarshi kurash usullari.
3. SHovqindan himoyalanish usullari va vositalari.
4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.
Dostları ilə paylaş: