Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Nazorat savollari 
1.
Changning zararliligini baholash tartibini tushuntiring? 
2.
Changdan him oyalash usullari va vositalari haqida ma’lumot bering? 
3.
Havoda zaxarli moddalar miqdorini aniqlash, usularning yo‘1 
qo‘yilgan chegaraviy miqdori haqida ma’lumot bering. 
4-Amaliy. Ishlab chiqarishdagi shovqin va vibratsiyani hisoblash. 
Ishning maqsadi
: Talabalarga har xil joylardagi manbalar-dan hosil 
bo‘ladigan shovqin va titrash kuchini aniqlashni o‘rgatish, shuning-dek, shovqin va 
titrashdan kishilarni muhofaza qilish qoidalari haqida tushuncha hosil qilish. 
Ish ucnun kerakli jihozlar:
Shovqin o‘lchagich (shumomеr) (ШУМ –
IM30), VZV-003m2, SH- 
1m30, SH-71 yoki ISHV-1 shovqin va titrashni o‘lchash asbobi. 
Ishning borishi
: Fan-tеxnika taraqqiyoti tufayli sodir bо`lgan shovqin va 
uning ta'siridan aholini
muhofaza qilish hozirgi zamon-ning dolzarb masalalaridan biri bо`lib qoldi. 
Shovqinning paydo bо`lishi biror qattiq jismning tеbranma harakati 
oqibatida ovozli tо`lqinlarni kеltirib chiqaradi. Shovqinning paydo bo‘lishi asosan 
biror-bir qattiq jismning tebranma harakati oqibatida tovushli to‘lqinlarni keltirib 
chiqaradi.
Odamning eshitish a'zolari 16 dan 20000 Gts gacha tеbranish tо`lqinini hosil 
qiladi. Yosh о`tishi
bilan odamning tovushni eshitish qobiliyati kamayib boradi. 
Shaharlarda shovqinni kuchayib borishi insonlar orasida asab tizimini 
buzilishiga kеyinchalik yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va boshqa a'zolarini 
ishini buzilishiga olib kеladi. Shuning uchun har xil joylardagi shovqin kuchini 
aniqlash va undan kishilarni muhofaza qilish kеrak. 
Qadimgi Xitoyda og‘ir jinoyat sodir etgan kishilar “musiqa azobiga” hukm 
qilingan. To‘xtovsiz


188 
davom etuvchi musiqa ovozi kishiga og‘ir qiynoq azobini berar ekan. Qadimda 
shovqinning kishiga zararini bilib, undan insonlarni asrash choralarini ham 
ko‘rganlar. 
Eramizdan oldingi 50 yillarda podshoh Yuliy Sezar kechasi aholini tinch 
uxlasin deb, Rim ko‘chalarida har qanday aravalarni yurishini ta’qiqlab qo‘ygan. 
Angliya qirolichasi Yelizavetta I (1533 –1603 yillar) odamlarni oromini buzmaslik 
maqsadida kechasi soat 22 dan so‘ng, xatto er-xotinlar janjalini
qonunlar asosida ta’qiq-lagan.
Ma’lumki, atmosferada har xil tovushlar mavjud: momaqal-diroq, transport 
vositalaridan (samolyot, avtomobil, poyezd), har xil korxonalar dastgohlaridan, 
radio, televideniya eshittirishlari, telefon qo‘ng‘iroqlari, odam va hayvonlarning 
ovozi, musiqa asboblaridan chiqqan tovushlar va hakozo. Bu xilma - xil 
tovushlarni insonlar doimo eshitib turadilar va ular bu tovushlardan ta’sirlanadilar. 
Albatta, hamma tovushlar ham kishiga zararli ta’sir etavermaydi. Qushlarning 
sayragandagi ovozi, suvning shildirashi, daraxt barg-larining shitirlashi, yoqimli 
musiqa kishini charchog‘ini yo‘qotib, kayfiyatini yaxshilaydi. 
Xalqaro kelishuvga binoan tovush intevsivligi detsebal bilan o‘lchanadi 
(detsi - lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, bir degan ma’no-ni bildiradi, bel telefonni 
yaratgan Aleksandr Belle sharafiga qoyil-gan). Tovushning intevsivligi 0 db-dan 
boshlanib, 130db ga yetgan-da uning ta’sir kuchidan kishining qulog‘ida og‘riq 
paydo bo‘ladi. 
0 dan 50 db gacha normal tovush (suvning shildirashi, daraxt barglarining 
shitirlashi, yoqimli musiqa va qushlarning sayrashi). 
60 - 90 db gacha yoqimsiz tovush (pelesos- chang yutgich, mototsikl). 
100 - 120 db gacha zararli tovush (temir yo‘l, ko‘cha transporti). 
130–200 db gacha o‘ta xavfli (portlashlar, reaktiv samolyot-lar, havo 
trevogasi) hisoblanadi. Mamlakatimizdagi yirik shaharlar aholisining 60% idan 
ortig‘i shovqinning yomon ta’siridan shikoyat qiladi. Bugungi kunda shovqin 
kishilarga o‘zining salbiy ta’siri jihatidan ifloslangan suv yoki havodan, silitra 
berib to‘yintirilgan poliz yoki sabzavot mahsulotlaridan kam bo‘lmagan tashqi 
muhit omiliga aylandi. 
Shahrimizdagi ko‘p korxonalarda ish jarayonida shovqin yuqori bo‘ladi. 
Masalan, tikuv fabrikasi,
yog‘ochni qayta ishlash, temir – beton zavodlari ba’zi korxonalar tokarlik 
sexlarining dastgohlaridan chiqqan shovqindan o‘sha joyda ishlovchi ishchilar 
aziyat chekishadi. Bunday korxonalarda ishlovchi kishilarning asab 
qo‘zg‘aluvchanligi oshib, kayfiyati yomonlashadi, ish unumdorligi pasayadi. 
Muntazam
ravishda kishiga shovqin ta’sir etaversa, quloqlari bitadi, u yomon eshitadigan va 
hatto butunlay kar bo‘lib qolishi mumkin. Shovqin quloq orqali bosh miya 
faoliyatiga ham ta’sir etadi. Odamning boshi og‘riydi, aylanadi, ishtahasi buziladi, 
kechasi yaxshi uxlay olmaydi. Shovqin ta’siri bosh miya orqali ichki organlar 
faoliyatiga ham o‘tadi: bunda insonning yuragi og‘riydi, qon bosimi oshadi, modda 
almashinuvi kuchayadi, oshqozon – ichak kasalliklari sodir bo‘ladi va zo‘rayadi. 


189 
Aniqlani-shicha, shovqin kishining ko‘rish qobiliyatini 26% ga qadar kamay-tirar 
ekan. 
Kuchli tovushlar asosan og‘ir mashinalar va avtobuslardan, mototsikl, yengil 
mashinalardan chiqadi. Mashinalardan chiqqan shovqinning ta’siri ayniqsa, 
shahrimizning O‘zbekiston, Amir Temur, Nasaf ko‘chalarida, bozor, vokzal 
atroflarida ancha sezilarli darajada. 
Shovqinning inson organizmiga ta’siri uning yoshiga, jinsiga, salomatligiga, 
kasbiga, individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Yigit-lik yoshdagi sog‘lom 
kishilarga shovqinning ta’siri unchalik bilin-maydi. Kasalmand, keksa kishilar 
biroz shovqinni ham sezishadi, undan kayfiyatlari buziladi. Shuningdek, 
kasalmand kishilarni shovqinli muhitda kasallikdan tuzalishi ham qiyin o‘tadi. 
Ayniqsa, yurak – qon tomirlari, nerv, qalqonsimon bez kasalliklari bilan 
og‘riganlarga shovqinning ta’siri ko‘proq bilinadi. 
Aqliy 
ish 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
kishilarga 
jismoniy 
ish 
bilan 
shug‘ullanuvchilarga qaraganda shovqinning ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Bu kasbdagi 
kishilarning shovqinli muhitda avvalo ish qobiliyati pasayadi, keyinchalik butunlay 
yo‘qolishi mumkin. Shuning uchun ham ijodiy ish bilan shug‘ullanuvchi kishilar 
hilvat, sokin joylarda ishlashni yoqtiradilar. 
Kishi o‘zi yaratayotgan shovqinning (musiqachilar, shofyor-lar, dastgohda 
ishlovchi ishchi) ta’sirini go‘yo yengil o‘tkazadi. Chunki bu ishga qiziqish kuchli, 
ya’ni bu ish uning kelgusidagi ravnaqini belgilaydi. Ammo bu shovqinli tovushlar 
bora - bora salomatligini yemirib, uni kasallikka duchor etadi. 
Shovqinning kishi jismiga salbiy ta’sirini bartaraf etish maqsadida 
Germaniyaning Gannover shaharchasidagi konstruktor-lar byurosining binosini 
tashqaridan hech qanday tovush o‘tmaydi-gan qilib qurishgan. Ya’ni derazalari uch 
qavatli oyna, devorlari tovushni to‘suvchi maxsus paneldan qurilgan. Ammo 
bunday tinch xonalarda ishlovchi xodimlar bir hafta o‘tar – o‘tmas asabiylashib, 
ish qobiliyatlarini 
yo‘qotganlar. Korxona ma’muriyati magnitafon lentasiga ko‘cha shovqinini yozib 
vaqti – vaqti bilan pastroq holda eshittirganda xodimlarning ish qobiliyati yana 
yaxshilangan. Bu tajriba shuni ko‘rsatadiki, evolyutsion taraqqiyot jarayonida 
tabiiy sharoitda kishining qulog‘iga har xil tovushlar (qushlarning sayrashi, 
hayvonlar ovozi, suvning shildirashi, daraxt barglarining shitirlashi va boshqalar) 
doimo eshitilib turgan. Eshituv organlari va uning miyadagi markazi bu ovozlarni 
doimo qabul qilishiga o‘rganib qolgan. Agarda doimo quloqqa eshitilib turgan 
tovushlar-ning keskin to‘xtatsak, eshituv organlari va bosh miyadagi uning 
markazining faoliyati pasayib, kishining ish qobiliyati susayib, asabiylashib 
qolarkan. Shuning uchun inson kundalik turmushda eshitadigan o‘rtacha kuchdagi 
tovushlarni eshitib turishi lozim. 
Ma’lumki hozirgi paytda texnika tararqqiyoti tufayli xilma-xil mashinalar, 
korxonalarda turlicha dastgohlar, kuchaytirgichlar orqali ishlaydigan radio, vedio 
magnitafonlar, televizorlar ko‘plab ishlab chiqilmoqda. Bular kelgusida 
shovqinning yanada kuchayi-shiga, odamlarning undan yana ham ko‘proq 
jabrlanishiga olib keladi. Shuning uchun hozirdan boshlab shovqinga qarshi kurash 


190 
olib borish lozim. Shovqinning zararli oqibatlari haqida maktab va o‘quv 
yurtlarida, mahallalarda, korxonalarda barcha yoshlar va keng aholi o‘rtasida 
tushuntirish ishlari olib borish va uning oldini olish choralarini ko‘rish har
bir ma’lumotli kishining insoniy burchidir. Avvalo har bir kishi o‘z uyida tinchlik 
saqlab (radio, televizorlarini baland qo‘ymasdan, baqirib chaqirmasdan va hokazo) 
qo‘shnisini oromini buzmaslik to‘g‘risida o‘ylashi kerak. Joylarda shovqinsiz 
muhit yaratish uchun unga qarshi kurash olib borish bu bir ermak yoki injiqlik 
emas. Aholining yashash va ishlash joylarida ular osoyishtaligini ta’minlash 
odamlar sog‘lig‘ini muhofaza etishning muhim omili hisoblanadi. 
A.
B. V. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin