184
katta axamiyatga ega. Agar chang zaxarli bo‘lmasa va uning hujayralarga ta’siri
ularni mexanik yalliqlantirishdangina iborat bo‘lsa, bunday changning hujayra
suyuqliklarida yaxshi erishi maqbul omil hisoblanadi. Zaxarli changning hujayra
suyuqliklarida yaxshi eruvchanligi esa zararli omil bo‘ladi.
Chang asosan nafas olish yo‘llariga zararli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ularning
yuqorigi bo‘limlarini ham. o‘pkani ham kasallantiradi, shuningdek teri va ko‘zga
ta’sir qiladi. Nafas olganda nafas yo‘llariga kiradigan 5 mk li va undan katta chang
zarrachalarining hammasi yuqorigi nafas olish yo‘llarida, birinchi navbatda, burun
bo‘shlig'ida ushlanib qoladi. Buning oqibatida shilliq parda shikastlanadi va
yallig'lanadi. Bu holning oldi olinmasa, u zo‘rayib, hatarga aylanadi burun
bo‘shlig'ining tozalash (filtrlash) xususiyati pasayadi. 5 mkdan kichik chang
zarrachalari o‘pkagacha kirib boradi. O‘pkadan chang turli yo‘llar bilan, masalan,
limfatik yo‘llar-yuvish yo‘li bilan chiqarib yuboriladi (tozalanadi). Nafas olish
yo‘llariga chuqur kirib borib, u erda uzoq vaqt turib olgan chang pnevmokoniozlar
kabi og'ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kasalliklar turlariga qarab
ajratiladi. Silikoz - tarkibida erkin kremniy (IV) oksid 5102 bo‘lgan changing
ta’siri natijasida kelib chiqadi (bunday chang qurilish materiallari karerlarida,
temir-beton va uysozlik kombinatlarida bo‘ladi). Silikatoz - tarkibida bog'langan
holatdagi kremniy (IV) oksid bo‘lgan changning ta’sirida kelib chiqadi (silikatlar -
qurilish materiallar chiqariladigan korxonalarda bo‘ladi). Antrakoz - ko‘mir changi
ta’sirida paydo bo‘ladi.
Sideroz - temir changi ta’sirida kelib chiqadi. Qurilishda shlaydigan kishilar
o‘pka shamollashi, dermatitlar. ekzemalar kabi kasalliklarga duchor bo‘lishlari
mumkin. Ekzemalar sintetik smolalar, ohak changi ta’sirida paydo bo‘ladi.
Serchang havoda teriga tushgan chang zarrachalari yo‘q va teri bezlariga kirib
ularni berkitib qo‘yishi va ularning mikroblar kirishiga qarshilik ko‘rsatish
qobiliyatini pasaytirishi mumkin. O‘tkir qirrali chang zarrachalari ko‘zni
shikastlashi mumkin. Ko‘zga tez-tez chang lushishi ko‘z jildining yalliqlanishi va
ko‘z pardasining o‘zgarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: