179
nurlar,yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik
darajasining meyoridan chetga chiqish kabi omillar kiradi.
Kimyoviy omillarga-
ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan yoki ajralib
chiqadigan turli xil kimyoviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta’sir etish
xususiyatiga
qarab
quyidagi
guruhlarga
ajratish
mumkin:
umumiy
zaharlovchi,ko‘payish funksiyalariga ta’sir etuvchi, inson a’zolariga kirish yo‘li
orqali esa: nafas yo‘li orqali ta’sir etuvchi, hazm yo‘li orqali, teri orqali ta’sir etuvchi
omillarga bo‘linadi..
Biologik omillar-
har xil jaroxatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikro-
organizmlar, bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, zamburug‘lar har xil zaharli
o‘simliklar va hayvonlar kiradi.
Psixofiziologik omillar
- jismoniy va asabiy zo‘riqishlar misol bo‘la oladi.
Jismoniy zo‘riqishlar statik, dinamik va gipodinamik holda bo‘lishi mumkin.
Asabiy zo‘riqish esa kuchli aqliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko‘rinishida
bo‘lishidan, kuchli hayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo‘ladi.
Ishlarni og‘irlik va xavflilik-zararlilik darajasi bo‘yicha tafsiflanishi:
Barcha jismoniy ishlar 3 ta kategoriyaga ajraladi:
1.
Yengil ishlar
2.
O‘rtacha og‘irlikdagi ishlar,
3.
Og‘ir ishlar.
Yengil ishlarni bajarishga – 172 j/s, o‘rtacha ishlarni bajarishga– 172, 293gacha
j/s,og‘ir ishlarni bajarishga 293 j/s.dan ortiq energiya sarflanadi. Umuman, ishlarni
og‘irlik darajasi bo‘yicha guruhlashda 50 ga yaqin mezon («kriteriya») hisobga
olinishi mumkin.
Ishlar xavflilik va zararlik darajasiga qarab esa zararli, xavfli va o‘ta xavfli
guruhlarga ajratiladi.
Zararli ishlarga nomaqbul iqlim sharoitida bajariladigan ishlar (kuchli shamol,
past yoki yuqori harorat, namlik, yuqori darajada shovqin, titrash, har xil nurlar
ta’sirida ishlash).
Xavfli ishlarga «montajchilar», o‘t yoquvchilar, elektriklar misol bo‘la oladi.
O‘ta xavfli ishlarga esa yong‘inni o‘chirish va uni oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar
davrida avariya –tiklash ishlarini olib borish misol bo‘ladi. 6 iyun 1997 yil Vazirlar
Mahkamasining 286 – sonli qarori bilan tasdiqlangan
Dostları ilə paylaş: