2-Amaliy mashg‘ulot: Hayot faoliyati xavfsizligining komfort sharoitlari, ishchi o‘rnini ergonomikasini o‘rganish Ishning maqsadi: 1. Talabalarga xavf-sabab-oqibat ketma-ketligi haqida o‘rgatish.
2.Talabalarga baxtsiz hodisalarning asosiy sabablarini tahlil qilishni o‘rgatish.
3
. Ishlarni og‘irlik va xavflilik-zararlilik darajasi bo‘yicha tafsiflanishi o‘rgatish.
Ishlab chiqarishda kasb- kasalliklarining oldini olish va ishlab chiqarish
jarohatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz xodisalarni chuqur tahlil qilish asosida
ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli
omillarni puxta o‘rganish muhim rol o‘ynaydi.
Baxtsiz xodisalarning sabablari asosan 4 guruhga bo‘linadi.
1.Texnikaviy;
2.Sanitar-gigiyenik
3.Tashkiliy;
4.Psixofiziologik.
Sanitar –gigiyenik sabablarga: mehnat gigiyenasi, sanitar normalar va
qoidalarga amal qilmaslik, yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning
harakatlanish tezligi,havoning bosimi kabi ko‘rsatkichlarni chetga chiqishi, yuqori
miqdordagi shovqin, havoning changlanganligi yoki gazlanganligi kiradi.
Tashkiliy sabablarga: ishchi rejimi va dam olish rejimini noto‘g‘ri tashkil
etilganligi, ishchilarni xavfsizlik qoidalari bo‘yicha o‘qitilmaganligi, insruksiyalarni
bo‘lmaganligi yetarli darajada mehnatni muxofaza qilish talablarini nazorat qilish
bo‘lmaganligi, ishchi joylarida ogohlantiruvchi belgilarni bo‘lmasligi, jamoa bo‘lib
ishlayotgan joylarda ishni tashkillashtirishdagi kamchiliklar, mo‘taxassislik bo‘yicha
ishga qabul qilmaslik, maxsus kiyim boshlar va shaxsiy himoya vositalari bilan
ta’minlanmaganlik, asbob va uskunalardan noto‘g‘ri foydalanishlar misol bo‘la
oladi.
Psixofiziologik sabablarga –bajarilayotgan ishga e’tiborsiz qaralishi,
ishchining o‘z faoliyatiga bo‘lgan nazoratning bo‘shligi, jismoniy yoki asabiy
toliqishlar misol bo‘la oladi..